Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 8 19
2 Nasaf 8 18
3 Bunyodkor 8 15
4 Dinamo 7 15
5 Neftchi 7 12
6 Qo‘qon-1912 8 12
7 Navbahor 8 11
8 Surxon 8 10
9 Qizilqum 7 10
10 Mash’al 8 10
11 Paxtakor 8 9
12 Andijon 8 9
13 Xorazm 7 8
14 So‘g‘diyona 8 7
15 Buxoro 8 6
16 Sho‘rtan 8 1

O'tgan o'yinlar.

8-тур Xorazm 1-1 Nasaf
8-тур Bunyodkor 1-2 Qo‘qon-1912
8-тур Buxoro 1-2 Mash’al
8-тур OKMK 4-3 Andijon
8-тур Surxon 2-1 Paxtakor
8-тур Neftchi 2-1 So‘g‘diyona
8-тур Qizilqum 3-2 Navbahor
8-тур Sho‘rtan 1-3 Dinamo

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 06.05.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бохум".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Магдебург" - "Пройссен Мюнстер".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Вольфсбург".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Дармштадт 98" - "Гамбург".
      15:20 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Бавария Мюнхен".
      17:25 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бохум".
      19:30 Новости футбола.
      19:35 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      20:35 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Магдебург" - "Пройссен Мюнстер".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Вольфсбург".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Германии. "РБ Лейпциг" - "Бавария Мюнхен".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Дармштадт 98" - "Гамбург".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 06.05.2025

      05:05 "География спорта". Красноярск.
      05:35 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Дзюдо. "Большой шлем" Душанбе в Таджикистане. День 1.
      09:35 Фестиваль экстремальных видов спорта "Прорыв".
      10:20 Спортивная акробатика. Кубок Владимира Гургенидзе в Одинцово, Россия.
      12:15 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      15:00 "Непобедимый".
      15:30 "География спорта". Республика Алтай.
      15:55 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Сальвадор - Италия. Прямая трансляция.
      17:25 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Сенегал - Чили. Прямая трансляция.
      18:45 Д/ф "Стадион".
      19:25 "Лучшие из лучших".
      19:55 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Оман - Бразилия. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Таити - Испания. Прямая трансляция.
      22:45 Дзюдо. "Большой шлем" Душанбе в Таджикистане. День 1.
      00:25 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Женщины. Гундерсен. Масс-старт 5 км.
      00:55 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Женщины. Прыжки на лыжах с трамплина. HS 102.
      01:50 "Страна спортивная".
      02:05 "Непобедимый".
      02:30 Спортивная акробатика. Кубок Владимира Гургенидзе в Одинцово, Россия.
      04:25 "География спорта". Республика Алтай.
      04:55 Плавание. Чемпионат России в Казани.
  • MATCH-TV
    • Sana: 06.05.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Дзюдо. "Большой шлем" Душанбе в Таджикистане. День 1.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Вопреки всему".
      13:30 Смешанные единоборства. ACA 184 в Москве. Павел Витрук против Жосиеля Силвы.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Пляжный футбол. Чемпионат мира в Сейшельских Островах. Сальвадор - Италия. Прямая трансляция.
      17:15 "Магия большого спорта". "Кёрлинг".
      17:45 Новости.
      17:50 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:50 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/2 финала. "Трактор" (Челябинск) - "Динамо" (Москва). 5-й матч. Прямая трансляция.
      21:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. 1/2 финала. ЦСКА (Москва) - УНИКС (Казань). 1-й матч. Прямая трансляция.
      23:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Сергей Павлович против Александра Волкова.
      02:30 Эль-Класико. Стратегия и тактика.
      03:00 Д/ф "Светлана Ромашина. На волне мечты".
      04:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. 1/2 финала. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар). 1-й матч.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 06.05.2025

      06:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 16. Ливиньо - Санта-Кристина-Вальгардена.
      10:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      11:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      12:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 2.
      13:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 16. Ливиньо - Санта-Кристина-Вальгардена.
      14:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 3 в Шанхае, Китай.
      16:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 16. Ливиньо - Санта-Кристина-Вальгардена.
      18:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 2.
      18:35 LIVE Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 3. Прямая трансляция.
      20:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 16. Ливиньо - Санта-Кристина-Вальгардена.
      21:30 Велоспорт. "Велошоу".
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 1 в Кобэ, Япония. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 2. Jin Shan Ling Great Wall Trail в Китае. Обзор.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      00:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 1.
      01:00 Автоспорт. Формула E. Этап 5 на трассе Монако, Монако. Обзор.
      02:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 1 в Ландсхуте, Германия. Обзор.
      03:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 2.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 17. Сельва-ди-Валь-Гардена - Пассо-дель-Брокон.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Supermodellardan tortib, qiroligacha yoki eng mashhur muxlisalar haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol aqlli va go‘zal, eng asosiysi, mashhur hurliqolarni ham o‘ziga maftun etgan. Bunga yetarlicha misollar keltirish mumkin. Italiya, Ispaniya, Angliya, umuman, ko‘plab mamlakatlardagi futbol klublariga ko‘ngil qo‘ygan taniqli ayollardan uzun ro‘yxat tuzish mumkin. Demak, bu safargi fotojamlanmamiz (manba: soccer.ru) nozanin va mashhur muxlisalarga bag‘ishlanadi.

Aktrisa Kira Naytli - «Vest Xem». «Karib dengizi qaroqchilari» filmida Elizabet Suonn rolini maromiga yetkazib ijro etgan va 2 marta «Oskar» mukofotiga loyiq topilgan aktrisa boshqa ishlari bilan ham mashhur. Deylik, u ba’zan Los-Anjelesdagi uyida ertalabki soat 4-6da uyqudan turib, darhol televizorni yoqadi - «Vest Xem» o‘yinini ko‘rish uchun. Bordiyu, sevimli jamoasi uchrashuvi ish vaqtiga to‘g‘ri kelsa, natijaga qiziqib turadi va keyinchalik videoyozuvga murojaat qiladi. Kirada futbolga nisbatan muhabbat otasi - Uill Naytli ta’sirida uyg‘ongan. Alohida aytish joiz, u qiziga rus figurachisi Kira Ivanovaga havas qilib, ism tanlagan ekan. Umuman, sport emas, kino olamida o‘z o‘rnini topgan Kira futbolda ko‘p narsalarni tushunadi, deylik, tahliliy ko‘rsatuvlarni muntazam kuzatib boradi.

Model Sara Sampayo - «Portu». Ayrimlar bu hurliqoni tanimasliklari ham mumkin, ammo «Ins-tagram» tarmog‘ida naq 7,2 mln. obunachisi (!) borligi Victoria~s Secret yulduzining naqadar mashhurligidan dalolat. Qolaversa, Sara shunchaki, yetakchi brendlardan birining nav-batdagi yosh modeligina emas, uning qallig‘i - britaniyalik multimillioner Oliver Ripli. Otasi esa futbolning ashaddiy fanati. Xullas, Portuda tug‘ilgan Sara shu shahar nomidagi jamoa muxlisasidir. Sampayolar oilasida hattoki, Rojdestvo kostyumlari ham futbol va Yevropa kubogini eslatib yuboradi.

Qirolicha Yelizaveta Vindzor - «Arsenal». Aytishlaricha, 92 yoshli qirolicha muhtasham Bukingem saroyida atrofidagilarga Yelizaveta II emas, balki Yelizaveta IV ekanligini uqtirib kelar ekan. Bu borada hazilomuz gaplar ham bor: «Arsenal»ning sevimli o‘rni aynan to‘rtinchi qator-da...». Jiddiy aytganda, qirolicha deyarli butun hayoti davomida London klubini qo‘llab-quvvatlab kelganini hech qachon yashirgan emas. Darvoqe, bu muhabbat unga onasidan o‘tgan. Aslida qirollik oilasining ko‘plab vakillari Angliyada yetarlicha g‘alaba qozongan klublarga ko‘ngil berishgan. Faqat Yelizavetaning buvisi va nabirasi (Garri) «gunnerlar» («Arsenal»ning yana bir laqabi)ga sodiq qolgan. Ma’lumot uchun aytish kerak, Yelizaveta II birinchi jahon chempionatidan 4 yil muqaddam tug‘ilgan, ilk Yevropa birinchiligi vaqtida esa Fransiyaga Buyuk Britaniya qirolichasi sifatida tashrif buyurgan. Endi qariya xonim nechta o‘yin ko‘rganini o‘zingiz o‘ylang...!

Model Emili Ratakovski - «Yuventus». Deyarli bir asrlik «staj»ga ega tajribali muxlisa o‘z yo‘liga, futbolga endi-endi oshufta bo‘layotgan hurliqolar safi ham juda keng. Masalan, model Ratakovski Londonda ziyoli amerikaliklar oilasida tug‘ilgan. Familiyasi inglizcha emasligi boisi shu. Qizaloq otasi izidan ilm sohasiga bosh suqishni istamadi va yoshligidan modellikka qiziqdi, keyin aktrisalikni ixtiyor etib, filmlarda ham suratga tushdi. Umuman, u harakatdan aslo to‘xtamaydi. Qarang, Emili hattoki, «Yuventus» bilan do‘stlashishga ham vaqt ajrata oldi. Xususan, Paulo Dibala bilan ancha inoqlashgan Ratakovski endilikda Turin klubi brendini butun dunyo bo‘ylab ko‘z-ko‘z qilmoqda, yangi logotipi namoyishida bevosita ishtirok etdi. Ehtimolki, u futbolni uncha yaxshi tushunmas, lekin «Yuve»ga aslo befarq emas. Qolaversa, hurliqo muxlisa uchun o‘yin qoidalarini to‘liq bilish shart bo‘lmasa kerak...

Teleboshlovchi Reychel Rayli - «MYU». Oksford universitetining matematika fakultetida tahsil olgan Reychel kvant mexanikasini o‘rgangan va efirda tekstni fenomenal darajada tez o‘qiydi. U Buyuk Britaniyada ko‘ngilochar ko‘rsatuv orqali shuhrat qozondi. Rayli dasturni taniqli komik Jimmi Kerri bilan birga olib boradi va turli mavzularni kulguli tanqid vositasida muhokama markaziga tashlaydi. U shuningdek, futbol TVda ham ko‘rinish berdiyu, uzoq ushlanib qololmadi. Gap shundaki, «MYU»ni yoqtirmaydigan fanatlardan e’tiroz do‘ldek yog‘ilgandi. Darvoqe, Reychel «qizil iblislar» o‘yinlarini ko‘pincha rossiyalik raqqos Pavel Kovalyov bilan birga tomosha qiladi.

Xonanda Adel Edkins - «Tottenxem». «Xellou»! Britaniyalik xonanda ijrosidagi xit. Ushbu qo‘shiq ijtimoiy tarmoqlarda 2,4 mlrd. marta tinglangan va tomosha qilingan. Ha, «Tottenxem» futbolchilari o‘z o‘yin-lari vositasida shunday mashhur xonandani rom etishgani bilan maqtanishlari mumkin. Bo‘lajak yulduz va dunyodagi eng boy yosh xonimlardan biri Shimoliy Londonda tug‘ilgan. Adel 8 yoshga to‘lishiga qadar «Tottenxem»ning uy arenasiga yaqin hududda yashagan va haligacha imkon tug‘ilishi bilan futbol tomoshasiga oshiqadi. U ayniqsa, stadionda «shporlar» timsoli bilan suratga tushishni xush ko‘radi. Qiziq, Adel eng sevimli o‘yinchisi sifatida kimni ko‘rsatarkin? Variantlar yetarli - Kristian Eriksen, Dele Alli, Garri Keyn, Son Xyun Min...

Aktrisa Monika Beluchchi - «Roma». Italiyalik aktrisaning jahon kinosidagi roli beqiyos. Har holda, u turli filmlarda turli obrazlarni mukammal holatda ko‘rsatib bergan - Persefona («Matrisa»), Kleopatra («Asteriks va Obeliks»), Malena («Malena»). Qisqasi, gap asrlar almashuvi davrida serqirra ijodi bilan alohida ajralib turgan ayol haqida ketmoqda. Monikadan futbolga bog‘liq muhabbati xususida so‘rashganida, u «Roma»ni tilga olgan. Lekin shuning barobarida futbolda hech narsani tushunmasligini yashirmagan. Beluchchi xonim tabiiyki, «Rim shahzodasi» Franchesko Totti bilan yaxshi tanish.

Aktrisa Alissa Milano - «Inter». «Maftunkorlar» seriali ortidan tanilgan Alissa Bruklinda tug‘ilgan. Lekin familiyasi aytib turibdi, tomirida italyanlar qoni bor. Milano ayni payt AQSH prezidenti Donald Trampni kalaka qilishdan charchamayapti, xayriya jamg‘armalariga faol ko‘mak bermoqda, xususan, turli xastaliklarni o‘rganuvchi markazga shaxsiy hisobidan katta miqdorda mablag‘ ajratdi. Oddiy aytganda, o‘ta faol xonim. 2 nafar farzandining otasi esa sport agenti. Milano nega aynan «Internasionale»ni tanlagan? Bu italyanlarga hurmat bilan qarashining belgisi bo‘lsa, ajabmas.

Aktrisa Ketrin Zeta-Jons - «Suonsi». «Oqqushlar» 2015 yili «MYU»ni mag‘lubiyatga uchratishganida, Ketrin g‘alaba sharafiga Los-Anjelesdagi basseynni pudaladigan o‘yinchoq oqqushlar bilan to‘ldirgandi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida futbolga doir izohlar ham ko‘p. Uelslik xonim 2004 yili hattoki, amakisi bosh-qaruvidagi «Llanelli Taun» klubiga sarmoya kiritgandi. Bu jamoa 2008 yili o‘z tarixida ilk marta Uels chempioni bo‘ldi. Biroq keyinchalik klubning ishlari ortga ketdi. Maykl Duglas turmush o‘rtog‘ining yana bir futbolcha ehtirosi - «Suonsi». «Oskar» sohibasi azaldan «oqqushlar»ga muxlisalik qiladi.

Xonanda Madonna Chikkone - «Benfika». Gay Richi - «Chelsi» fanati, uning sobiq turmush o‘rtog‘i Madonna Chikkone esa kamtarinroq «Benfika» muxlisasi hisoblanadi. Kutilmagan tanlov to‘g‘rimi? Axir amerikalik xonanda ijod bobida Portugaliyaga umuman bog‘liq emas. Gap shundaki, estrada yulduzi 2006 yili, 60 yoshida Devid Bandeni o‘g‘illikka olgan.  Bu yigit ayni payt 15 yoshda va «Benfika» maktabida shug‘ullanmoqda. Tutingan ona esa o‘g‘lining istiqboli yo‘lida Lissabonga ko‘chib o‘tdi va 5,4 mln. yevroga shohona uy sotib oldi.

Aktrisa Sharliz Teron - «Chelsi». Kino olami yulduzi va London klubi o‘rtasidagi munosabatlar avvaliga reklama loyihasidek tuyuldi. Chunonchi, Sharliz «Chelsi»ning Los-Anjelesdagi ofisiga qo‘ng‘iroq qilib, jonajon yurti - JARda xayriya dasturini amalga oshirish taklifini o‘rtaga tashlagandi. Aniqrog‘i, u o‘z loyihasini futbol maydonida ko‘rsatmoqchi bo‘ldi va «Chelsi» bu borada yordam qo‘lini cho‘zdi. Yakunda Teron Londonda «aristokratlar» futbolkasini qabul qilib oldi, biroq aktrisaning klubga qayg‘ura boshlashi masalasida shubha bor edi. Keyinchalik oydinlashdiki, Sharliz sportni juda yaxshi ko‘radi, xususan, futbolga aslo befarq qaramaydi. Xullas, u millionlar o‘yiniga rishtasiz bog‘langan yana bir «Oskar» sohibasidir.

Xonanda Xelena Fisher - «Borussiya» D. Ko‘pchilik bu qo‘shiqchini uncha yaxshi tanimasa kerak. Krasnoyarskda tug‘ilgan Yelena Petrovna (asl ism-sharifi) 2018 yili germaniyalik xonanda rolida naq 32 mln. dollar topdi. Fisherlar oilasi vakillari anchadan buyon Dortmund «Borussiya»ga muxlislik qilishadi. Ota-onasi bilan ajdodlari yurtiga butunlay ko‘chib ketgan Xelena esa «Signal Iduna Park»da katta konsert ham bergan. Qisqasi, pop-yulduz darajasiga ko‘tarilgan Fisher futbolga oshufta.

Xonanda Shakira va model Adriana Lima - «Barselona». Ha, Kataloniya jamoasining bu borada ham omadi chopgan - ikki yorqin muxlisa dueti. Biri kolumbiyalik, ikkinchisi braziliyalik. Aytgancha, Shakira va Lima avvaliga boshqa klublarni qo‘llab-quvvatlashgan, lekin keyinchalik ularni «Barsa» sehri o‘ziga tortdi. Shakira turmush o‘rtog‘i Jerar Pike bilan janjallashib qolsa, «Real» muxlisasiga aylanadimi? Gap shundaki, u oldin aynan «qaymoqranglar»ni yoqtirardi, hattoki, Florentino Peresdan «Real» futbolkasini sovg‘a sifatida olgandi. Biroq taniqli xonanda endi faqat «blaugranas»ga qayg‘urmoqda. Braziliyalik modelga kelsak, u sport «jinni»si. Har holda, Lima Olimpiada o‘yinlaridan tortib, ayollar o‘rtasidagi UFC janglarigacha - barcha-barchasini tomosha qiladi. Sportchilar orasida do‘stlari ko‘p. O‘zi ham zalda shug‘ullanishni xush ko‘radigan Adriana ayni payt futbolda 2ta jamoa muxlisasi - Braziliya ayollar termasi va «Barselona».

Aktrisa Penelopa Krus va xonanda Jennifer Lopes - «Real». Krus xonimning turmush o‘rtog‘i - Xavyer Bardem ashaddiy muxlis emas, u shunchaki, qallig‘i bilan bahslashish uchun «Barselona»ni tanlagan. Madriddan atigi 13 kilometr uzoqlikdagi shaharchada tug‘ilgan Penelopa esa bolaligidan «Real» bilan «hamnafas». Umuman, uning oilasida ko‘pchilik «Madrid»ni qo‘llab-quvvatlaydi. Bronksda, Puerto-rikoliklar oilasida tug‘ilgan JeyLo esa yoshligida futbolga beparvo qaragan bo‘lsa kerak. Endi o‘g‘li Devid ta’siridami, millionlar o‘yiniga bog‘landi-qo‘ydi. Shuningdek, Jenniferning qarindoshlari orasida ham «Real» muxlisalari bor. Deylik, xonanda amakisining qiziga tug‘ilgan kuni munosabati bilan ...Krishtianu Ronaldu vositasida «syurpriz» ulashgandi. Ya’ni portugaliyalik yulduzni tug‘ilgan kun tantanalari o‘tkazilgan tungi klubga taklif etgan - haqiqiy sovg‘a.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 20:47, 15.02.2019. O'qildi: 13925 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 6
2 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 4
5 Нефтчи Zoran Marushich 4
6 Бунёдкор Luis Kachorri 4
7 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 3
8 ОКМК Ali Abdurahmonov 3
9 Бухоро Shohruz Norxonov 3
10 Пахтакор Umar Adhamzoda 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.