Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ispancha imzo yoxud Qatar termasi mundialga tayyor!?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qatarliklar Osiyo futbol konfederasiyasining eng sust jamoasidan qit’a chempionligi sari bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishdi. Bir yil avval, 2018 yilning fevralida Qatar FIFA reytingida 103-o‘rinni egallagandi - Liviya, Syerra-Leone, Gaiti va Farer orollari termalaridan ortda qolgandi. 2019 yil 7 fevral kuni e’lon qilingan ro‘yxatda esa Osiyoning yangi chempioni 55-pog‘onada qayd etildi. Xabaringiz bor, OK-2019da qatarliklar yetti o‘yinning barchasida g‘alaba qozonishdi (turnir tarixida ilk marta), to‘plar nisbati ham havas qilsa arzigulik - 19-1. Individual sovrinlarning ham barchasi g‘oliblarga nasib etdi: eng ishonchli darvozabon (Saad al Shib), bosh to‘purar va eng yaxshi futbolchi (al Moaz Ali, 9ta gol). Bunday o‘sishni futbolda har doim ham ko‘ravermaymiz. «Qatar mo‘’jizasi»ga nimalar sabab bo‘ldi? «SE» shu mavzuni tahlil qiladi.

Aspire akademiyasi

O‘tmishga nazar tashlaymiz. Rossiya JCH-2018 mezbonligini qo‘lga kiritgan kuni JCH-2022 Qatarda o‘tishi oydinlashgandi: 2010 yilning 2 dekabri. Syurixda o‘tkazilgan FIFA ijroqo‘mi a’zolarining ovoz berish jarayonidan so‘ng Yaqin Sharqdagi mamlakat Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya hamda AQSH kabi nomzodlarni ortda qoldirgandi. Hal qiluvchi to‘rtinchi turda Qatarning «zayavka»si (14ta ovoz) katta ustunlik bilan amerikaliklarnikidan (8ta ovoz) o‘zib ketdi. Ammo Qatar to‘rt yillikning eng yirik musobaqasi xayoli bilan yashashni Syurixdagi oqshomdan ancha avval boshlagandi. 2004 yili mamlakat poytaxti Doxada Aspire akademiyasi - professional sportchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan yirik markaz ochilgandi. U yerda yengil atletika, ping-pong, motopoygalar, shaxmat va albatta, futbol bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgandi.

Oradan 15 yil o‘tib, Aspire o‘z mevasini bera boshladi. OK-2019 finalida Yaponiyaga qarshi maydonda saf tortgan 11 futbolchidan 7 nafari ushbu akademiya tarbiyalanuvchisi ekani ko‘p narsadan dalolat. Qatar o‘z futbolchilarini tarbiyalashga katta e’tibor qaratmoqda - ko‘rib turganingizdek, mintaqaviy darajada bu uslub o‘zini oqlamoqda.

IQtidorli yoshlar

Muhim omil: yanvar oyida yorqin o‘yin ko‘rsatgan futbolchilarning aksariyati hali 25 yoshga to‘lmagan. Eng yaxshi to‘purar al Moaz Ali 22 yoshda. Qatar o‘tgan Osiyo kubogida eng yosh jamoalar orasida to‘rtinchi bo‘ldi, ro‘yxatdagi faqat ikki futbolchi 30 yoshni qarshilab ulgurgandi. Oradan uch yil o‘tib, uydagi mundialda ularning barchalari eng gullagan davrlarini o‘tkazayotgan bo‘lishadi. Shunday ekan, 2022 yilgi Qatar 2018 yilgi Rossiyadan yaxshiroq ko‘rinsa, ajablanmang.

Avvallari asosiy e’tibor xorijlik futbolchilarni mahalliylashtirishga qaratilardi. Misol uchun, Qatar termasida 2006-2017 yillar mobaynida o‘yin o‘tkazish (123) va gollar urish (40) bo‘yicha rekordchi Sebastyan Soriya urugvaylik bo‘lgan. Endi esa saviyali futbolchilar Qatarning o‘zidan ham chiqmoqda. Mazkur termaning Osiyo kubogi-2019ga topshirgan yakuniy tarkibidan olti kishi boshqa mamlakatda tug‘ilgan bo‘lsa, faqat portugaliyalik Pedru Korrea hamda jazoirlik Bualem Kukhiy Qatarda voyaga yetishmagan.

«Ko‘k-anorrang» murabbiy

Iqtidorni ulg‘aytirishning o‘zi kamlik qiladi - ulardan yaxshi jamoa tuzish kerak. BAAda o‘tgan musobaqadagi muvaffaqiyatning bosh sababchilaridan biri - Qatar termasining kataloniyalik bosh murabbiyi Feliks Sanchesdir. 10 yil mobaynida «Barselona»ning mashhur akademiyasi - «La Masiya»dagi bolalar jamoalariga ustozlik qilgan mutaxassis 2006 yili Qatarga kelib, Aspire maktabida ish boshladi. Uning «ko‘k-anorranglilar» akademiyasidagi o‘quvchilaridan biri, bugungi kunda «Jirona» safida to‘p surayotgan himoyachi Mark Munyes Sanches haqida quyidagi fikrlarni bildirgandi: «U barselonacha uslubni yoqtirgani sababli, bizning o‘yinimizga ham uni singdirishga intilardi».

Qatarlik ishqibozlar «futbol amiri», qo‘l ostidagi futbolchilar «professor» deb ataydigan kataloniyalik mutaxassis Doxadagi akademiyada ham o‘z an’anasiga sodiq qoldi. 2013 yili u Qatar yoshlar (U-19) termasi boshqaruvini qo‘lga olib, bir yildan keyin shu shogirdlari bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joizki, bungacha qatarliklar hech qaysi yosh toifasida yutuqqa erishmagandilar. Mana, besh yildan so‘ng asosiy qit’a birinchiligi bosh sovrini ham ularga nasib etdi. Bir yil avval 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi qit’a chempionatida esa qatarliklar bronza medallarini qo‘lga kiritgandilar.

O‘tgan vaqt mobaynida Sanches termaning asosiy kuchi sifatida Akram Afif hamda al Moaz Alidan iborat duetdan foydalandi. Aynan shu futbolchilar OK-2019 finalida yaponlar darvozasini ishg‘ol qilishganini unutmagan bo‘lsangiz kerak?! Bosqichma-bosqich rivojlanishning yaqqol namunasi.

O‘zgaruvchan taktika

Osiyo kubogidagi dastlabki uchrashuvdan to oxirigacha murabbiyning imzosi sezilib turdi. Qatarning turnir davomida ko‘rsatgan o‘yinini tahlil qilamiz:

a) qoyilmaqom himoya - finalgacha birorta gol o‘tkazilmadi. Vaholanki, chorak finalda JCH-2018 ishtirokchisi Janubiy Koreya raqib bo‘lgandi. Yarim finalda esa musobaqa mezbonlari - BAA darvozasi 4 marta ishg‘ol qilindi;

b) o‘zgaruvchan taktika - 1|4 finalda Qatar koreyslarga qarshi uch markaziy va ikki qanot himoyachilari xizmatidan foydalangan bo‘lsa, yarim finalda odatiy to‘rt himoyachi taktikasiga qaytdi. Finalda yaponlarga qarshi yana o‘sha 5-3-2 sxemasi tanlandi. Afif goh hujum markazida, goh qanotda va hattoki, maydon markazida ham o‘ynadi. Xuxi esa garchi yarim himoyachi bo‘lsada, markaziy himoyachi rolini ham ajoyib tarzda uddaladi.

Bashoratchi Xavi

So‘nggi bir necha yil mobaynida Qatar futboli rivojida «Barselona» afsonasi, to‘rtinchi mavsumdirki, «Al-Sadd» klubida o‘ynab kelayotgan Xavi Ernandes shaxsining ahamiyati juda yuqori bo‘ldi. 39 yoshli kataloniyalik yulduz - jahon chempionati-2022 elchisi, mahalliy yoshlar uchun ibrat. U ayni payt o‘ynovchi-murabbiy roli bilan tanishmoqda. Dekabrda Xavi Osiyo kubogi «pley-off» bosqichi bo‘yicha taxminlarini bildirgan, e’tiborlisi, uning bashorati ko‘p jihatdan to‘g‘ri chiqqandi: 1|4 finaldagi to‘rtta juftlikdan uchtasini, to‘rt yarim finalchidan uchtasini, shuningdek, final ishtirokchilari va g‘olib nomini aniq topdi. Maestro nafaqat o‘yinga yuqori baho bergan, balki Qatarning muvaffaqiyatiga ishongan. Balli!

Endi  Amerika kubogi

Bir necha oydan so‘ng Qatar termasi maxsus taklifga ko‘ra, Amerika kubogida qatnashadi. Jamoa «V» guruhida Argentina, Kolumbiya hamda Paragvay bilan kvartet hosil qiladi. Bir oy avval hech kim qatarliklarning «pley-off»ga chiqishlariga ishonmagandi. Bugun esa bunga oddiy hol sifatida qaralmoqda. Qatar o‘z uyida o‘tadigan jahon chempionatida munosib qatnasha oladigan ajoyib jamoa shakllantirib ulgurdi.

Osiyo kubogi-2019dan so‘ng turnirning eng yaxshi to‘purari al Moaz Alining biror-bir Yevropa grandi safiga qo‘shilishi taxmin qilinmoqda. Hattoki, mahoratli hujumchining «Milan»ga transferi haqiqatga yaqinroq ko‘rinayotgandi. Aynan shu pallada Lionel Messi qatarlik hamkasbiga ajoyib sovg‘a jo‘natdi: «Barselona»ning 19-raqamli libosi, ostida esa Leoning imzosi. Yodingizda bo‘lsa, al Moaz qit’a chempionatini aynan shu raqamda o‘tkazgandi. Boz ustiga, Leoning «blaugranas»dagi faoliyati ham aynan «19» bilan bog‘liq.

BILASIZMI?..

 

Qatar termasi biror marotaba jahon chempionatida qatnashmagan, Osiyo kubogida esa shu paytgacha atigi 6ta o‘yinda g‘alaba qozongan - ya’ni, joriy yilgi turnirdagi yutuqdan bitta kam.

Qatar termasi yetakchisi al Moaz Ali to‘qqizta gol bilan turnirda eng ko‘p to‘p kiritish bo‘yicha rekordni yangiladi. Avvalgi eng yaxshi ko‘rsatkich eronlik Ali Daiga tegishli edi (1996 yil, 8ta gol).

Qatar va Saudiya Arabistoni bir necha yillardan buyon murosaga kela olishmayapti va vaziyat yil sayin yomonlashmoqda. 2017 yili ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalar uzildi, Osiyo kubogi-2019 mezboni hisoblangan BAA ham saudiyaliklar tomonida edi. E’tiborlisi, xuddi atayin qilgandek, qatarliklar ham Saudiya Arabistoni, ham BAAga qarshi to‘p surishga majbur bo‘lishdi. Natijada ularga bo‘lgan nafrat yanada oshgandek tuyuldi. Qatar termasi esa bu nafratdan kuch olgan chog‘i, har ikki raqibni ham taslim etdi.

BAA - Qatar o‘yini payti qatarlik futbolchilar tomon turli buyumlar, jumladan, poyabzallar ham uloqtirildi. Arab urf-odatlariga ko‘ra, bu holat kishini qattiq haqorat qilishga tenglashtiriladi. Boz ustiga, mahalliy ishqibozlar Qatar madhiyasini hushtaklar bilan qarshilashdi.

0:4 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, BAA vakillari finalga chiqish umidini so‘ndirishmadi. Ushbu mamlakat futbol assosiasiyasi «Qatar termasida Sudan va Iroqda tug‘ilgan futbolchilarning noqonuniy tarzda o‘ynayotgani» xususida OFKga shikoyat xati yo‘lladi. Ammo...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:28, 17.02.2019. O'qildi: 5149 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.