Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FA Krishtianu Ronaldu tahsil olgan Portugaliyaning "Sporting" klubi akademiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Baho:
+ | -
Rukn: Yangiliklar
A A A
Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatimizda futbolni rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlar futbol federasiyalari, klublar va akademiyalar bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatib ish olib borishga asosiy e’tiborni qaratmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mutasaddilari San’at Sharipov va Sharofiddin Hojiniyozov Portugaliyaning "Sporting" klubiga tashrif buyurib, bu klub bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha kelishib olishdi.

Jumladan, "Sporting" klubi akademiyasi direktori Paulo Gomes va klubning Sport loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha mas’uli Diyego Goma bilan uchrashuv chog‘ida O‘FA mutasaddilari bolalar futbolini rivojlantirish va murabbiylar malakasini oshirish mavzusida suhbatlashishdi. Shuningdek, yozda mamlakatimizda "Sporting" klubi futbol oromgohi tashkil etishi bo‘yicha ham maslahatlashib olindi.

"Sporting" klubi akademiyasi dunyoga mashhur akademiya bo‘lib, o‘z vaqtida bu yerda Luish Figu, Krishtianu Ronaldu kabi jahon yulduzlari, "Oltin to‘p" sohiblari tahsil olishgan. 2016 yil Yevropa chempionligiga erishgan Portugaliya terma jamoasi tarkibidagi 23 nafar futbolchining 10 nafari "Sporting" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Biz futbolchilardan o‘zining yoshiga mos standartlar asosida mehnat qilishni, mashg‘ulotlar olib borishni talab qilamiz. Biz 14-15 yoshli futbolchidan aqlbovar qilmas o‘yin ko‘rsatishni so‘ramaymiz. Bu yoshda u o‘z salohiyatini to‘liq namoyish qila olmaydi. Ammo bizning talablar asosida mehnat qilsa, 20 yoshga borib biz "tayyor mahsulot" - top-klublar e’tiborini qozona oladigan futbolchiga ega bo‘lamiz. Akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Krishtianu Ronaldu bunga yorqin misol",- deydi klub direktori Paulo Gomes.

Diyego Goma esa 7 yil davomida Qatarning mashhur "Aspire" akademiyasida faoliyat olib borib, futbolchilarni tayyorlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish bo‘yicha katta hajmdagi mehnatni amalga oshirdi. Qatar milliy terma jamoasining yaqinda BAAda o‘tgan Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatida mazkur insonning ham hissasi katta deb aytish mumkin.     

Muzokaralar davomida Diyego Goma yozda mamlakatimizga tashrif buyurib, "Sporting" klubi tomonidan tashkil qilinadigan futbol oromgohida ishtirok etishi bo‘yicha kelishib olindi.

Manba: UFA.uz
Kiritildi: 17:35, 24.02.2019. O'qildi: 2336 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.