Bugun 25 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.08.2025 00:30
      • Levante
      • 2:3
      • Barselona
      • 24.08.2025 20:00
      • Osasuna
      • 1:0
      • Valensiya
      • 24.08.2025 22:30
      • Vilyarreal
      • 5:0
      • Jirona
      • 24.08.2025 22:30
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Espanyol
      • 25.08.2025 00:30
      • Real Ovyedo
      • 0:3
      • Real Madrid
      • 25.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 26.08.2025 00:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Xetafe
  • APL
      • 24.08.2025 18:00
      • Kristal Pelas
      • 1:1
      • Nottingem Forest
      • 24.08.2025 18:00
      • Everton
      • 2:0
      • Brayton
      • 24.08.2025 20:30
      • Fulhem
      • 1:1
      • Man. Yunayted
      • 26.08.2025 00:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Liverpul
  • O‘zbekiston kubogi
      • 25.08.2025 19:00
      • So‘g‘diyona
      • 4:0
      • Navbahor
      • 26.08.2025 20:30
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Vilyarreal 2 6
2 Barselona 2 6
3 Real Madrid 2 6
4 Rayo Valyekano 2 4
5 Espanyol 2 4
6 Atletik Bilbao 2 4
7 Betis 2 4
8 Xetafe 1 3
9 Alaves 2 3
10 Osasuna 2 3
11 Real Sosyedad 2 2
12 Elche 2 2
13 Atletiko 2 1
14 Valensiya 2 1
15 Selta 2 1
16 Malyorka 2 1
17 Sevilya 1 0
18 Levante 2 0
19 Real Ovyedo 2 0
20 Jirona 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Betis 1-0 Alaves
2-тур Malyorka 1-1 Selta
2-тур Atletiko 1-1 Elche
2-тур Levante 2-3 Barselona
2-тур Osasuna 1-0 Valensiya
2-тур Vilyarreal 5-0 Jirona
2-тур Real Sosyedad 2-2 Espanyol
2-тур Real Ovyedo 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

25/08/25 Atletik Bilbao - Rayo Valyekano
26/08/25 Sevilya - Xetafe

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2456 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 894 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 25.08.2025

      06:30 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      07:35 "Третий тайм". Александр Корякин.
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Ботафого".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Атлетико Минейро".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Турции. "Кайсериспор" - "Галатасарай".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Ботафого".
      16:00 Новости футбола.
      16:05 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Атлетико Минейро".
      18:05 Новости футбола.
      18:10 Чемпионат Турции. "Кайсериспор" - "Галатасарай".
      20:10 Новости футбола.
      20:15 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Ботафого".
      22:15 Новости футбола.
      22:20 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Атлетико Минейро".
      00:20 Новости футбола.
      00:25 LIVE Чемпионат Испании. "Севилья" - "Хетафе". Прямая трансляция.
      02:30 "Третий тайм". Валентин Пальцев.
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Спорт Ресифи". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 25.08.2025

      05:20 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". SMP GT4. Гонка 2.
      06:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". SMP TCR. Гонка 2.
      06:55 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". Туринг-лайт. Гонка 2.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      09:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:00 Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Финал.
      11:10 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Трамплин 1 м.
      12:30 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Финальный этап в Цюрихе, Швейцария.
      14:35 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Группы. Многоборье.
      15:15 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Юниорки. Многоборье.
      17:40 "Культовые".
      18:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". Туринг-лайт. Гонка 1.
      18:50 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". Показательный заезд.
      19:25 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      21:05 "Тайны звёзд спорта".
      21:35 Хай-дайвинг. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Финал.
      22:45 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Трамплин 1 м.
      00:05 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Финальный этап в Цюрихе, Швейцария.
      02:05 "Культовые".
      02:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". Туринг-лайт. Гонка 1.
      03:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway". Показательный заезд.
      03:45 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Группы. Многоборье.
      04:10 Художественная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Многоборье.
  • MATCH-TV
    • Sana: 25.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Чемпионат России. "Стрела-Ак Барс" (Казань) - "Локомотив-Пенза".
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Аида Шанаева.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Синхронное плавание".
      16:55 "Лучшие из лучших".
      17:25 Новости.
      17:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Сюйхуэе, Китай. Джонни Уокер против Чжан Минъяна.
      18:55 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:00 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Ротор" (Волгоград) - "Торпедо" (Москва). Прямая трансляция.
      23:35 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Интер" - "Торино". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      04:00 Регби. Pari Чемпионат России. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Слава" (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 25.08.2025

      09:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 2. Альба - Лимоне-Пьемонте.
      11:00 Велоспорт. Renewi Tour. Этап 5.
      11:30 Теннис. US Open. Раунд 1.
      13:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 10 в Валкенсварде, Нидерланды.
      14:30 Теннис. US Open. Раунд 1.
      16:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 2. Альба - Лимоне-Пьемонте.
      17:00 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 3. Сан-Маурицио-Канавезе - Черес. Прямая трансляция.
      20:45 LIVE Теннис. US Open. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 LIVE Теннис. US Open. Раунд 1. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun As-Saboh bilan muzokara o‘tkazdi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha, 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti  Shayx Ahmad Al-Fahad As-Saboh boshchiligida nufuzli delegasiya Toshkentga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonlar bilan ikki kun davomida o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekistonning 2030 yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Kun.uz muxbiri mazkur muzokaralar yakunlari, nufuzli turnir mezbonligining qo‘lga kiritilishi ehtimoli va mavzuga doir boshqa savollar bilan Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga murojaat qildi.

– Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad As-Sabohning yurtimizga tashrifi O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun kurashdagi katta qadami bo‘la oldimi? Dastlabki muzokaralar qanday kechdi, kutilgan ishlar bo‘ldimi, bu harakatlarning davomi qanday bo‘ladi?

– Avvalo shuni ta’kidlab o‘tishni hohlardimki, davlatimiz rahbari, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomalarida yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratgandilar. Shuningdek, prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini o‘tkaza olishga qodir mamlakat ekanligi ham alohida qayd etib o‘tilgandi. Keyinchalik Milliy olimpiya qo‘mitasi bu borada amaliy ishlarni boshlab yubordi. Eng avvalo, imkoniyatlarimizni chamalab ko‘rib, Osiyo Olimpiya Kengashiga 2030 yilgi XXI Osiyo o‘yinlari mezbonligiga ariza yo‘lladik. Chunki 2022 yilgi Osiyo o‘yinlari Xitoyning Hanchjou, 2026 yilgi o‘yinlar esa Yaponiyaning Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tishi aniq bo‘lib ulgurgandi. Shu boisdan biz 2030 yilgi musobaqani qabul qilish bo‘yicha Osiyo Olimpiya Kengashiga ariza yo‘lladik. Bizdan tashqari mazkur nufuzli musobaqa mezbonligi uchun Hindiston, Qatar va Filippin mamlakatlari kurash olib boradi.

Shayx Ahmad Al-Fahad As-Sabohning yurtimizga tashrifi ancha samarali o‘tdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Osiyo Olimpiya Kengashi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonning Toshkent hamda Samarqand shaharlarida o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildik. Shuningdek, yirik kompleks musobaqa uchun yangi sport inshootlari va Olimpiya shaharchasini qurish, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish mexanizmi, o‘yinlar translyasiyasi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yurtimizga tashrifi davomida shayx As-Sabohga hamrohlik qilgan Xalqaro Kurash Assosiasiyasi prezidenti, OOK Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan uchrashuvda esa milliy sportimiz kurashning kelajagiga oid muhim kelishuvga erishildi. Xabaringiz bor, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida ilk marotaba musobaqa dasturidan o‘rin olgan kurash bo‘yicha  7ta vazn toifasida (erkaklar 4ta, ayollar 3ta) bellashuvlar o‘tkazilgan. Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan 14 sportchidan 12 nafari medallarga sazovor bo‘lgandi.

Bugungi uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2022 yilgi Osiyo o‘yinlaridan boshlab kurash bo‘yicha bahslar 15ta vazn toifasida (erkaklar 7ta, ayollar 8ta) tashkil etilishiga kelishib olindi. Shuningdek, erkaklar va ayollar o‘rtasida jamoaviy bellashuvlar ham o‘yinlar dasturidan o‘rin oladi. Shu tariqa, milliy sportimiz nufuzi Osiyo o‘yinlarida yanada ko‘tariladi va kurash bellashuvlarida umumiy hisobda 17ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Buni o‘zbek milliy sportining ulkan yutug‘i deb bilaman.

– O‘zbekiston 2030 yilgi turnir mezbonligi uchun da’vogarlik qiladigan bo‘lsa, raqobatchilarni – Qatar, Hindiston va Filippinni qanday omillar evaziga ortda qoldirishi mumkin? As-Sabohning dastlabki taassurotlari va xulosalari qanday bo‘ldi?

– Janob Saboh uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston mazkur o‘yinlarni qabul qilish bo‘yicha yaxshigina ustunliklarga ega ekanligini aytib o‘tdi. Gap shundaki, musobaqa mezbonligiga da’vogarlik qilayotgan to‘rt mamlakat ichida faqatgina O‘zbekistonda Osiyo o‘yinlari o‘tkazilmagan. U kishi suhbatda mazkur jihat musobaqa geografiyasini oshirishga xizmat qilishi va ushbu kurashda mamlakatimizning imkoniyatlarini yaxshigina oshirishini aytdi. Shuningdek, As-Saboh O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, sportga qaratilayotgan e’tibor bu borada muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi.

Musobaqani qabul qila olsak, bu eng avvalo mamlakatimizning xalqaro imijini yuksaltiradi. Bu nafaqat sport rivojiga, balki turizm sohasining taraqqiyotiga ham o‘zining katta hissasini qo‘shadi. Musobaqalar vaqtida mamlakatimizga o‘n mingdan ziyod sportchi va murabbiylar, sayyohlar keladi. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, bu orqali mamlakatimizda sayyohlik industriyasi ham yaxshigina rivojlanadi.

– Agar O‘zbekiston ilk bor shunday xalqaro turnir mezbonligi uchun kurashsa, kerakli infratuzilmani, stadionlarni va mehmonxonalarni tayyorlash harakatlarini boshlash kerak bo‘ladi. Bu borada qanday ishlar rejalashtirilmoqda?

– Ayni paytda o‘yinlarni qabul qilish bo‘yicha taqdimot rejasi ishlab chiqilgan. Bunda nafaqat sport inshootlari, balki yirik Olimpiya stadionini ham qurish lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, rejaga ko‘ra, mamlakatimizda zamonaviy chim ustida xokkey arenasi ham qad rostlaydi. Hukumatimiz tomonidan sportga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Muhtaram yurtboshimiz ham bu borada bizni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Umid qilamanki, bu borada hukumatimiz o‘z yordamini ayamaydi. Chunki bu orqali nafaqat sportimiz, balki qayd etib o‘tganimdek, mamlakatimiz imiji ham yuksaladi.

– Osiyo o‘yinlari uchun ikki shahar – Toshkent va Samarqand nomzodi ko‘rsatilishini nazarda tutgan holda yana qanday ishlar amalga oshirilishi kerak bo‘ladi?

– O‘yinlarni o‘tkazish uchun bejizga Toshkent va Samarqand shaharlari tanlangani yo‘q. Har ikki shaharda ham sayyohlik imkoniyatlari yuqori. Asosiy sport turlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Samarqandda esa asosan suv sporti turlari, eshkak eshish bo‘yicha bellashuvlar tashkil etiladi.

Ko‘hna Samarqandni butun dunyoda bilishadi. Qolaversa, u yerda yetarli darajada sport infratuzilmasi mavjud. Ya’ni Samarqandda eshkak eshish bo‘yicha kanal bor. Biz mazkur kanalni tubdan modernizasiya qilishimiz kerak bo‘ladi va bu borada hukumat ko‘magiga muhtojmiz. Biz Osiyo o‘yinlari vaqtida bunday inshootdan samarali foydalanamiz. Umuman, hozirga qadar qaysi sport turlari qaysi inshootlarda o‘tkazilishi bo‘yicha reja ishlab chiqib bo‘lingan. O‘yinlarni o‘tkazish uchun Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari, Toshkent viloyatidagi bir necha ob’ektlar jalb qilinadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 20:53, 25.02.2019. O'qildi: 2802 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Вильярреал Tadjon Byukenen 3
2 Реал Мадрид Kilian Mbappe 3
3 Барселона Ferran Torres 2
4 Эспаньол Pere Milya 2
5 Реал Сосьедад Takefusa Kubo 1
6 Эльче Xerman Valera 1
7 Реал Сосьедад Ander Barrenechea 1
8 Атлетико Xulian Alvares 1
9 Леванте Ivan Romero 1
10 Алавес Toni Martines 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.