Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.10.2025 00:00
      • Vest Xem
      • 0:2
      • Brentford
  • La-liga
      • 21.10.2025 00:00
      • Alaves
      • 0:0
      • Valensiya
  • Elit OCHL
      • 21.10.2025 12:45
      • Melburn Siti
      • 2:1
      • Buriram Yunayted
      • 21.10.2025 15:00
      • Chengdu Rongcheng
      • 0:2
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 21.10.2025 15:00
      • Ulsan Xyonde
      • 1:0
      • Sanfrechche Xirosima
      • 21.10.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • 0:2
      • Matida Zelviya
      • 21.10.2025 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • 4:1
      • Nasaf
      • 21.10.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • 3:1
      • As-Sadd
      • 22.10.2025 15:00
      • Kangvon
      • 4:3
      • Vissel Kobe
      • 22.10.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • 2:0
      • Seul
  • ECHL
      • 21.10.2025 21:45
      • Barselona
      • 6:1
      • Olimpiakos
      • 21.10.2025 21:45
      • Qayrat
      • 0:0
      • Pafos
      • 21.10.2025 23:59
      • Arsenal
      • 4:0
      • Atletiko
      • 21.10.2025 23:59
      • Bayer
      • 2:7
      • PSJ
      • 21.10.2025 23:59
      • Kopengagen
      • 2:4
      • Borussiya D
      • 21.10.2025 23:59
      • Nyukasl
      • 3:0
      • Benfika
      • 21.10.2025 23:59
      • PSV
      • 6:2
      • Napoli
      • 21.10.2025 23:59
      • Yunion
      • 0:4
      • Inter
      • 21.10.2025 23:59
      • Vilyarreal
      • 0:2
      • Manchester Siti
      • 22.10.2025 21:45
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Qorabog‘
      • 22.10.2025 21:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Bude-Glimt
      • 22.10.2025 23:59
      • Monako
      • -:-
      • Tottenhem
      • 22.10.2025 23:59
      • Atalanta
      • -:-
      • Slaviya
      • 22.10.2025 23:59
      • Bavariya
      • -:-
      • Bryugge
      • 22.10.2025 23:59
      • Chelsi
      • -:-
      • Ayaks
      • 22.10.2025 23:59
      • Ayntraxt F
      • -:-
      • Liverpul
      • 22.10.2025 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Yuventus
      • 22.10.2025 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Marsel
  • OChL-2
      • 22.10.2025 15:00
      • Gamba Osaka
      • 3:1
      • Tep Han Nam Din
      • 22.10.2025 17:15
      • Ratchaburi
      • 5:1
      • Istern
      • 22.10.2025 18:45
      •   Andijon
      • 0:0
      • Xolidiya
      • 22.10.2025 18:45
      •   Goa
      • 1:2
      • An-Nasr (SA)
      • 22.10.2025 18:45
      •   Istiqlol Dushanbe
      • 2:1
      • Az-Zavra
      • 22.10.2025 21:00
      • Al-Ahli Doha
      • -:-
      • Arkadag'
      • 22.10.2025 21:00
      • Istiqlol
      • -:-
      • Al-Vihdat
      • 22.10.2025 21:00
      • Al-Muharraq
      • -:-
      • Al-Vasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 8 19
2 Manchester Siti 8 16
3 Liverpul 8 15
4 Bornmut 8 15
5 Chelsi 8 14
6 Tottenhem 8 14
7 Sanderlend 8 14
8 Kristal Pelas 8 13
9 Man. Yunayted 8 13
10 Brayton 8 12
11 Aston Villa 8 12
12 Everton 8 11
13 Brentford 8 10
14 Nyukasl 8 9
15 Fulhem 8 8
16 Lids 8 8
17 Byornli 8 7
18 Nottingem Forest 8 5
19 Vest Xem 8 4
20 Vulverhempton 8 2

O'tgan o'yinlar.

8-тур Nottingem Forest 0-3 Chelsi
8-тур Brayton 2-1 Nyukasl
8-тур Byornli 2-0 Lids
8-тур Kristal Pelas 3-3 Bornmut
8-тур Manchester Siti 2-0 Everton
8-тур Sanderlend 2-0 Vulverhempton
8-тур Fulhem 0-1 Arsenal
8-тур Tottenhem 1-2 Aston Villa
8-тур Liverpul 1-2 Man. Yunayted
8-тур Vest Xem 0-2 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

25/10/25 Lids - Vest Xem
25/10/25 Chelsi - Sanderlend
25/10/25 Nyukasl - Fulhem
25/10/25 Man. Yunayted - Brayton
26/10/25 Brentford - Liverpul
26/10/25 Vulverhempton - Byornli
26/10/25 Aston Villa - Manchester Siti
26/10/25 Bornmut - Nottingem Forest
26/10/25 Arsenal - Kristal Pelas
26/10/25 Everton - Tottenhem

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7102 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2706 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murabbiylar mashhur bo‘lib tug‘ilmaydilar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Hayotda biror-bir kasb yoki hunar yo‘qki, uni osonlikcha egallash mumkin bo‘lsa. Qaysidir uchrashuvni tomosha qilish chog‘ida murabbiy qaroridan norozi bo‘lamiz, uning o‘rnida sal boshqacharoq xulosaga kelishimizni ta’kidlaymiz. Aslida esa, chetdan turib maslahat berishdan osonroq ish yo‘qligini yaxshi bilamiz. Hatto eng mashhur murabbiylar ham o‘z faoliyatlarini xatoliklar bilan boshlashgan, lekin taslim bo‘lmasdan, maqsad sari intilishgan. Oxir-oqibat, ular shonli zafarlarga erishib, muvaffaqiyatlar xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish orqali qo‘lga kiritilishini isbotlashgan. Bunga misollar yetarlicha...

Arsen Venger («Nansi»)

Tinimsiz izlanishlar va metin iroda evaziga omadsizlikni muvaffaqiyatga aylantirgan, faoliyati davomida sharafli «Professor» unvoniga sazovor bo‘lgan fransiyalik mutaxassis o‘z vaqtida yosh Tyerri Anrini «Monako»ga, keyin ikki marta «Arsenal»ga olib kelgandi. Ota-bolaga xos samimiy hamkorlik yana davom etishiga shubha qilmaymiz, omadsizlikka yuz tutgan shogirdini murabbiylikka qaytarish uchun «Professor» qimmatli maslahatlarini ayamasligi aniq.

O‘zining yangi sohadagi jiddiy qadamini Venger «Nansi» klubida qo‘ygandi. O‘shanda jamoa moliyaviy muammolar girdobida qolgan, tarkib ham risoladagidek emasdi. Murabbiyning qadrdon do‘sti, «Nansi»dagi ilk xaridi bo‘lmish Jan-Lyuka Arribar 2017 yilda o‘tmishdagi bir voqeani yodga olgandi:

«O‘shanda biz «Len»ga 3 yoki 4 to‘p farqi bilan imkoniyatni boy bergandik. Murabbiy o‘zini yomon his qila boshladi. Oxir-oqibat, avtobusni to‘xtatishga majbur bo‘ldik. Pastga tushishga arang ulgurgan Arsen yo‘l chetida qayt qilib yubordi va bir necha daqiqadan keyin o‘ziga keldi».

Vengerning debyut mavsumini jamoa turnir jadvalining o‘rtasida yakunladi. Biroq muammolardan xalos bo‘la olmadi. Natijada Arsen «Monako»ga yo‘l oldi. Keyingi voqealar rivojidan yaxshi xabardorsiz.

Bobbi Robson («Fulxem»)

PSV, «Sporting», «Barselona» va Angliya terma jamoalaridagi xizmatlari tufayli «Ser Bobbi» maqomiga erishgan mutaxassis ham faoliyatining dastlabki bosqichida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan. To‘g‘ri, u «Ipsvich» orqali ko‘pchilik e’tiborini qozondi. Lekin chinakam dramatik voqealar aynan «Fulxem»da yuz berdi. 11 yil davomida jamoa sharafini munosib himoya qilgan futbolchining ustozlik faoliyati 11 oyga yetmay yakunlandi.

Robsonga bosh murabbiy vakolati berilgan pallada jamoa 21-o‘rinda borayotgandi. Mavsumni esa 22-pog‘onada yakunladi. Oqibatda murabbiy noyabrda iste’foga chiqarildi.

Antonio Konte («Aresso»)

Hozirgi soch turmagiga ega bo‘lishidan avval italiyalik mutaxassis o‘z malakasini «B» seriyasi vakili - «Aresso»da sinovdan o‘tkazgandi. To‘g‘ri, quyi ligada tajriba to‘plash Kontega nasib etmadi - atigi 9 uchrashuvdan keyin unga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Jamoa esa Konte tashrifidan avval mavjud bo‘lgan ochkolar tanqisligini 6dan 1gacha qisqartira olgani bilan maqtanishga haqli. Xullas, Antonio o‘z o‘rnini doimo uning kamchiliklarini yo‘qotishga urinib yuradigan vatandoshi - Maurisio Sarriga bo‘shatib berdi.

Oradan 4-5 oy o‘tgach, Maurisio ham iste’foga yo‘l oldi, Konte esa... ortga qaytarildi. Biroq bu «rokirovka» ham kutilgan natijani bermadi - sho‘rlik «Aresso» quyi ligaga tushib ketdi. Antonio yana ishsiz qoldi. Aytgancha, mabodo sizni «Chelsi»ning 2019 yildagi taqdiri o‘ylantirib qo‘ygan bo‘lsa, tashvishlanmang - «rokirovka» Londonda ham takrorlanishi hech gap emas.

Zayniddin Zidan («Real Madrid Kastilya»)

Elitaning badavlat grandlari va provinsiyalar namoyandalarining o‘rinbosarlari o‘zaro bellashadigan uchinchi divizion Zizudek yorqin yulduz uchun munosib janggoh emasdi. Ma’lum bo‘lishicha, Zidan murabbiylik sohasida ham futbolchilikdagi kabi shon-shuhratga erishishi uchun «Kastilya» shunchaki, oraliq marra vazifasini o‘tagan ekan. Biroq 2014 yilda bu hech kimning xayoliga kelgan emasdi. Bosh murabbiy lavozimida (rasman texnik direktor lavozimida, chunki u paytda tegishli lisenziyasi yo‘q edi) Zidan 6 uchrashuvning 5tasida imkoniyatni boy berdi. Oxirgi o‘yinda uning shogirdlari «Amorebyeta»dan 0:3 hisobida yengilishdi. To‘g‘ri, jamoa asta-sekin qaddini tiklab oldi, ammo o‘sha lisenziya bois Zidan 3 oyga jamoadan chetlatildi.

Zizu uchun yagona bo‘lib qolgan mavsumni «Kastilya» 6-o‘rinda yakunlab, «pley-off» bosqichidan chetda qoldi. Keyin esa murabbiy jamoaga qaytishga va Martin Edegor hamda Borxa Mayoral kabi noyob iqtidorlarga ta’lim berishga ulgurmadi. Buning o‘rniga 2,5 yil ichida 3 marta YECHL sovrinini qo‘lga kiritdi.

Rafael Benites («Valyadolid»)

Ha, bu tajribali murabbiy ham bir paytlari «Qirollik klubi» yoshlariga ustozlik qilgan va Zidanga nisbatan omadliroq bo‘lgandi. Lekin undan avvalroq Rafa «Valyadolid»da «to‘laqonli» faoliyatini o‘tkazgandi. Ana shu ibratga loyiq mavsumni esga olmaslik adolatsizlik bo‘lardi. Chunki Benitesning debyuti o‘ta omadsiz chiqqandi. Jamoa jadval tubiga cho‘kkan paytida uning hisobida 23ta o‘yinda atigi 2ta g‘alaba bor edi. Elitadagi o‘rnini saqlab qolishi uchun jamoa yana 9 ochko olishi talab etilardi. «Valyadolid» bu vazifani uddaladi, ammo Benites jamoani tark etganidan keyin. Murabbiy esa Segunda a’zosi - «Osasuna»ni qabul qildi. Biroq u yerda ham omadi chopmadi. Taajjubki, Benites iste’foga chiqarilgach, quyi liga taraddudini ko‘rayotgan «Osasuna» o‘zini o‘nglab oldi.

Hafsalasi pir bo‘lgan mutaxassis yaxshi niyatlar bilan «Estramadura»da ish boshladi. Avvaliga jamoaning natijalari yaxshilanib bordi, keyin pastga sho‘ng‘idi. Shundan keyin Benites 1 yillik tanaffus olishga qaror qildi.

Buni qarangki, uzoq muddatli ta’til ijobiy natijalarini berib, Rafa «Tenerife»ni elitaga olib chiqdi. Keyin «Valensiya»dan taklif oldi. Shu tariqa ispaniyalik murabbiy faoliyatining yorqin davri boshlandi - Primera, UYEFA kubogi, yana Primera va «Liverpul» bilan YECHL kubogi!

Diyego Simeone («Rasing», Avalyaneda)

«Atletiko»ning amaldagi bosh murabbiyi 2006 yilda futbolchilik faoliyatini yakunladi. O‘shanda 35 yoshli futbolchi o‘z yurtida «Rasing» sharafini himoya qilayotgandi. Sanoqli soniyalardan keyin esa ustozlik qilishga urinib ko‘rdi. Ha, shunchaki urinib ko‘rdi. Chunki uning rahbarligida jamoa 19-o‘rindan 20-ga tushib qoldi. Lekin mavsumni bir amallab 18-pog‘onada yakunladi. O‘sishmi bu?

Mazkur debyutdan so‘ng Simeone boshqa jamoada o‘z omadini sinab ko‘rishga qaror qildi va «Estudiantes»ni 23 yillik tanaffusdan so‘ng elitaga qaytardi!

Vittorio Posso (Italiya)

Bu mutaxassis italyan futboli rivojiga ulkan hissa qo‘shgan chinakam arboblardan biri. U Yevropa futbolidagi «taktik inqilob»ning otasidir. 1934 va 1938 yillarda «Moviy gvardiya» Posso rahbarligida jahon tojini qo‘lga kiritgandi. Lekin faoliyatining dastlabki yillari Vittorio uchun juda og‘ir kechgan. Jumladan, 1912 yildagi Olimpiya o‘yinlarida faqat bir marta - Finlyandiyaga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchragan va musobaqani barvaqt tark etgandi. Finlar esa keyingi uchrashuvda Gollandiyaga 0:9 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Posso ketdi, ammo ko‘p sonli muxlislariga tezda qaytishini aytib, yakunda va’dasining ustidan chiqdi.

Joze Mourinyo («Benfika»)

«Benazir» debyutini omadsiz deb bo‘lmaydi. Lekin muvaffaqiyatli deyishga ham asoslar yetarli emas - uning yetakchiligida «burgutlar» 7-o‘rindan 6ga ko‘tarilishdi. Biroq atigi 2,5 oydan keyin iste’foga yo‘llangan murabbiy xizmatiga baho berish ancha qiyin. Xo‘sh, bu qanday yuz berdi? Hammasi «Benfika»da qandaydir o‘zgarishlarni amalga oshirishga bel bog‘lagan Yupp Xaynkesning ketishi bilan boshlandi. Rahbariyat Jezualdu Ferreyrani mo‘ljallayotgandi. Ammo Joze bunga parvo qilmadi. Tez orada boshqaruv yangi prezident ixtiyoriga o‘tdi. 37 yoshli murabbiy undan shartnoma muddatini uzaytirishni talab qildi. Bu betgachoparlikdan lol qolgan Manuel Vilyarinyu rad javobini berdi va Mourinyo jamoani tark etdi.

Roberto Manchini («Fiorentina»)

«Fiorentina»da bosh murabbiy lavozimini egallash uchun Roberto 2001 yilda tin olmay yugurib-elishga majbur bo‘lgandi. Gap shundaki, o‘shanda u «Lasio»dan ijaraga olingan o‘yinchi sifatida «Lester»da to‘p surayotgan, boz ustiga, murabbiylikka lisenziyasi ham yo‘q edi. Shu sababli Manchini Italiya FAning tavsiyasiga muhtoj, qolaversa, «Lasio»da Sven-YOran Erikssonning yordamchisi edi. Qiziq, shuncha ovoragarchiliklar evaziga Manchini qanday karomat ko‘rsata oldi? U Florensiyada ishga kirishishi bilan turli tahdidlarga duch keldi, klub sohibiga polisiya qiziqib qoldi. Bundan tashqari, g‘azna bo‘shab qolgan, maoshlar berilmayotgan, futbolchilar keta boshlashgandi. Shunday vaziyatda Manchini mamlakat kubogini qo‘lga kiritishga ulgurdi, keyin o‘zi ham autsayderlar safiga tushib qolgan jamoani tark etdi.

Garri Rednapp («Bornmut»)

Bu mutaxassis xususida so‘z ketganda «buyuk murabbiy» iborasiga alohida urg‘u berishimizning asosiy sababi shundaki, o‘z vaqtida Angliya va Intertoto kuboklariga sazovor bo‘lgan Rednapp «Bornmut»dagi debyutini sharmandali (0:9) mag‘lubiyat bilan boshlagandi. Olis 1982 yilda AQSHda o‘ynovchi murabbiy vazifasini ado etayotgan Garri vaqtincha «Bornmut»ga ustozlik qilgandi. Uning jamoasi ilk uchrashuvda «Linkoln»dan qaqshatqich mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Ana shu omadsizlik hanuzgacha «Bornmut» tarixidagi eng yirik antirekord bo‘lib qolmoqda.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:34, 05.03.2019. O'qildi: 4090 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 9
2 Борнмут Entoyn Semenyo 6
3 Бёрнли Djeydon Entoni 4
4 Брентфорд Igor Tiago 4
5 Сандерленд Vilzon Izidor 3
6 Вест Хэм Jerrod Bouen 3
7 Челси Moyses Kaysedo 3
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 3
9 Тоттенхэм Risharlison 3
10 Кристал Пэлас Ismaila Sarr 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.