Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Burni baland futbolchilarimiz o‘qisin!

Baho:
+7 | -1
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Chelsi» klubining tayanch yarim himoyachisi Ngolo Kantening kamtarligi haqida ko‘plab hamkasblarimiz yozishgan. Bugun ushbu so‘zlarga isbot bo‘luvchi bir voqeani e’tiboringizga havola etamiz.

«Chelsi» mashg‘ulotlar bazasidan erta chiqqan Ngolo Londondan Parijga ekspress tezyurar poyezdga chipta harid qildi. Uning oilasi Paijda istiqmoat qilar, futbolchi vaqt topishi bilan oilasiga shoshilardi.

Qahramonimiz o‘z klubida eng katta maosh olsada, qiyinchilikda katta bo‘lgani uchun pullarni havoga uchirishni yoqtirmaydi. Uning oilasi kattagina bo‘lib, aka-ukalarini yolg‘izlatib qo‘ymaydigan qahramonimiz hamma uchun birdek qayg‘uradi. U o‘zining kamtarona minikuper mashinasida vokzalga keldi va chipta harid qilish uchun kassa oldiga yaqinlashdi. Uni tanib qolgan londonliklar dasxat so‘rab ancha vaqtini olib qo‘yishdi. Kamtarin Ngolo hech kimni dasxatsiz qoldirmadi va chipta olishga zo‘rg‘a ulgurdi.  Vokzalda poyezdini kutib o‘tirgan chog‘ida soatiga qarasa, asr namozi  o‘tib ketishiga ozgina qolipti. Qahramonimiz yaratganga ibodat qilish uchun masjidga shoshildi…

Asr namozidan so‘ng duo qilib uzoq qolib ketdi shekilli vokzalga qaytganida ekspress ketib bo‘lgan edi. Kante biroz nima qilishni bilmay turdi. Uydagilarga qo‘ng‘iroq qildi va kech qolishini aytib, yana masjid tomon yo‘naldi chunki hademay shom namoziga azon aytilishi kerak edi. Shom namozini ado qilgan «Chelsi» yarim himoyachisi masjiddan chiqqanida eshik tagida 4 yigit uni kutib turishar edi…

Ular Ngolo bilan quchoqlashib ko‘rishishdi va uzoq suhbatlashib qolishdi. Londondga ishlashga kelgan yigitlar o‘zlari sevgan futbolchini masjidda ko‘rib quvonishganini izhor qilib uyga taklif etishadi. Ngolo esa samimiy tabassum bilan rozi bo‘ladi. Kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan yigitlar o‘sha kuni qahramonimizni qo‘ldan kelgancha mehmon qilib, yarim tungacha suhbatlashib, «play station» o‘ynab o‘tirishadi. Ular Ngoloni shu yerda behijolat tunab qolishi mumkin ekanligini aytib qolishini so‘rashadi.  Kamtarin futbolchi esa huddi o‘zi singari musofir yigitlarning yuzlaridagi yalinchoq ifodaga qarab yo‘q deya olmaydi va pokistonlik muhojirlarning 2 xonali ijara uylarida tunab qoladi.

Bomdod namozidan so‘ng yigitlar uni vokzalgacha kuzatib chiqishadi va birodarlari bilan quchoqlashib xayirlashishdida ortga qaytishadi…

Ushbu voqeani o‘zlari ishlaydigan zavoddagi hamkasblariga aytib berishganida hech kim ishonmaydi… Yigitlardan biri o‘z uyida Ngolo bilan «Fifa 18» o‘ynab o‘tirgan suvratini Instagramga joylashtiradi va bu  bir zumda trend mavzuga aylanadi. Qizuquvchan ingliz jurnalistlari ushb mavzu yuzasidan surishturuv ishlarini olib borishadi va vaziyatni oydinlashtiradi. Ngolo o‘sha kuni akasining tug‘ilgan kuniga shoshilib ketayotgan ekan. «Chesli» futbolchisi klub mutasaddilaridan 2 sutkaga uyga borib kelishga ruhsat so‘ragan ekan. Musofir birodarlarining iltimosini rad eta olmagan Ngolo aslida o‘sha kuni kamtarona mehmondorchilikdan so‘ng  yana klub bazasiga qaytib ketgan yedi…

Darhaqiqat, haftasiga 500 ming AQSH dollari ishlab topsada o‘zligini yo‘qotmagan kante butun dunyo musulmonlarini yana bir bor hayratga soldi. Kante musofirlarning uyida ulardan qo‘rqqani yoki uyalgani uchun emas, insoniylik vajidan qoldi.Birodarlarining yarim ko‘nglini
cho‘ktirmasligi uchun o‘z istaklariga qarshi chiqsada ularni xushnud kila oldi …

Ishimiz tufayli ko‘pincha o‘zbek futbolchilari bilan muloqotga qilishga intilamiz.  Afsuski, ayrim futbolchilarimiz biz kabi jurnalistlar bilan telefon orqali suhbatlashishga ham «vaqt topa olishmaydi».  Ismini aytib o‘tirmayman, ko‘plab futbolchilarimiz allaqachon yulduzlik kasalikgining oxirgi bosqichiga yetib kelgan. Vaholanki, futbolimiz uchun aytarli ish qilishmagan bo‘lsada, o‘zlarini ancha baland tutishadi. Muxlislarimiz uchun iltimos deya ming hijolatlar bilan yaqinlashgan jurnalistlarga parvo qilmay o‘tib ketadigan bir nechta futbolchini sanab berishim mumkin. Gap o‘z egasini topadi deganlaridek, ayrim futbolchilarimizning manmanliklari keyinchalik o‘zlariga yaxshigina muammo bo‘lishi aniq. Mayli, Ngolo Kante singari Yevropa klublarida o‘ynash ularga nasib qilsin, undanda kuchli klublarda o‘ynashingizga tilakdoshmiz, ammo yodingizdan chiqamarmang hurmatli futbolchilarimiz, hammamiz Hazrati insonmiz va shundayligimizcha qolaylik.

Hamkasblarimiz ushbu maqola ortida qanchalar katta dard bor ekanligini darrov sezishlariga ishonchim komil.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:44, 15.03.2019. O'qildi: 15785 marta. Fikrlar: 13 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.