Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 15:00
      • Seul
      • 2:2
      • Sanfrechche Xirosima
      • 17.02.2026 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.02.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shanghai Shenhua
      • 17.02.2026 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 1:0
      • Vissel Kobe
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 13 8 9 30
2 Italiya 9 4 11 24
3 AQSh 6 9 5 20
4 Niderlandiya 6 6 1 13
5 Avstriya 5 8 3 16
6 Fransiya 5 7 4 16
7 Shvesiya 5 5 2 12
8 Shveysariya 5 2 3 10
9 Germaniya 4 7 6 17
10 Yaponiya 4 5 10 19
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shota Arveladze qo‘l ostida o‘ynashni xohlayotgan O‘zbek «Salohi» bilan intervyu

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Firdavs Asadov? Bu ism sizga tanish tuyulyaptimi? Ha, bu o‘sha bir vaqtlar 1-ligada to‘purar bo‘lgan buxorolik yigitcha. Avvaliga uning proffesional futboldagi debyuti omadli boshlangan edi, biroq uzoq muddatli jarohat futbolchini sindirdi. Futbolchi “Masha’l” safida o‘ynab yurgan kezlari og‘ir jarohat oldi va 2 yil maydonga tusha olmadi.

Jarohatidan tiklangan futbolchi bir qator Pro-liga klublarida o‘ynab ko‘rdi, ammo o‘zining eski formasiga qayta olmadi. Bu yilgi mavsumni esa futbolchi “Buxoro” klubi safida boshladi. Biz o‘zining ona shaxriga qaytgan futbolchi Asadov bilan intervyu qilishga harakat qildik.

- Assalomu alaykum! Firdavs aka avvalambor sizni yangi jamoaga o‘tganingiz bilan tabriklayman. Nima uchun aynan “Buxoro”ni tanladingiz?

- Assalomu alaykum! Rahmat Nimaga aynan “Buxoro”ni tanladingiz desangiz. Chunki uzimni ona yurtim, ancha yillardan beri boshqa jamoalarda o‘ynab kelyapman, kayerda bo‘lsangiz xam baribir o‘zizni ona shahriz kabi bo‘lolmaydi. “Buxoro” jamoasiga taklif kilganlarida o‘ylab o‘tirmasdan takliflarini qabul qildim. “Buxoro”ga qaytganimdan juda ham xursandman jamoa oldiga yukori maqsadlarni quygan Xudo xohlasa uzimni o‘yinlarim bilan barcha muxlislarni xursand qilmokchiman.

- Boshqa jamoalardan ham takliflar bo‘lganmidi?

- Chet davlatlaridan ham takliflar bor edi, ammo man “Buxoro”go o‘tishga qaror qildim.

- Superliganing joriy mavsumi ham start oldi. Kutilmagandan jamoalar soni 14taga ko‘paytirildi. “Surxon” hamda “Dinamo” Superligaga shartli ravishda qo‘shildi. Siz bir necha yillar to‘p surgan “Mash’al” esa bu yil ham Pro-ligada o‘ynaydigan bo‘ldi. Sizningcha “Mash’al” Superliga talablariga javob berolmaydimi?

Avvalambor hammani yangi mavsum bilan tabriklayman va barchalariga omad tilayman. Jamoalar soni 14ta bo‘lgani yaxshi bo‘ldi qancha ko‘p jamoa bo‘lsa, shuncha ko‘p o‘yin bo‘ladi. “Mash’al” jamoasiga kelsak jamoaning uziga xos tarixi bor va u klubdan ko‘plab futbolchilar yetishib chiqqan va hal ham chiqyapti. Man uylaymanki jamoa O‘FA tomonidan qo‘yilayotgan barcha talablarga javob beradi va yaqin yillarda “Mash’al” jamoasi Superligaga qaytsa kerak.

- Eslashni xohlamassiz, lekin “Mash’al”da o‘ynab yurgan vaqtlaringizda olgan jarohatni eslasak. Asadov boshqa futbol o‘ynamasligi ham mumkin edimi?

Oy... bunday jarohatdan keyin ko‘pchilik mani futbolga qaytishimga ishonmagandi, lekin meni hayolimga unaqa futbolga qaytmaslik fikri kelmagan. To‘g‘ri futbol jarohatsiz bo‘lmaydi. Har bir futbolchi uziga ishonishi kerak. O‘sha jarohatdan keyin o‘zimga ishonch yanada oshib bordi va oldimga katta maqsadlarni kuydim. Xudoga shukurki, hozirgi kunga kelib o‘sha maqsadlarim sari intilyapman.

- O‘sha jarohat sababli eski goleador Firdavsni yo‘qotib qo‘ydikmi?

- (kuladi) Ozgina yo‘qotib qo‘ygan bo‘lishimiz mumkin, lekin yaqin yillar ichida Xudo xohlasa oldingidan xam yaxshiroq Firdavsni ko‘rasizlar.

- So‘nggi paytlarda o‘zbek futbolida kuzatilayotgan hujumchilar tanqisligini nima bilan izohlaysiz?

- To‘g‘ri oldingi yillar hujumchilar tanqisligi bo‘lgan, lekin hozirgi kunga kelib unaqa deb o‘ylamayman. Chunki hozir Eldor Shomurodov, Marat Bikmayev, Ivan Nagayev kabi mahoratli hujumchilarimiz bor.

- Siz soch turmaganingiz bilan ham O‘zbekistondagi boshqa futbolchilardan ajralib turasiz. Bu ham qaysidir futbolchiga taqlid qilib o‘stirilgan soch turmakmi?

- To‘g‘ri Yevropa futbolini ayniqsa “Liverpul” jamoasining o‘yinlarini ko‘p kuzatib boraman va ularga havasim keladi. Sochimni ham shu Muhammad Salohga taqlid qilib o‘stirganman (kuladi).

- Xorij futbolidagi kumiringiz?

- Muhammad Saloh!

- Ayni vaqtda o‘z pozisiyangiz bo‘yicha Superligada kimni eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etasiz?

- Ayni paytda Marat Bikmayev, Timurho‘ja Abduholiqov va Ivan Nagayevlarni.

- Sizningcha bu yil chempionlar ligasida qaysi jamoa g‘olib bo‘ladi?

- Manimcha “Yuventus” chempion bo‘ladi.

- O‘zbekistondagi qaysi murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanishni xohlardingiz?

- Hozirgi kunda Baxtiyor Ashurmatov qul ostida ishlab kelyapman va bu menga juda ham yoqmoqda. Shuningdek, yana Shota Arveladze qo‘l ostida ishlashni xohlayman.

- O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv olishga imkoniyatim yetadi deb o‘ylaysizmi?

- Albatta yetadi. Bu uchun ko‘proq o‘z ustimda ishlashni davom ettirishim shart!

“Qo‘qon-1912”da o‘zingizni ko‘rsatishga nima to‘sqinlik qildi?

- Balki o‘yin amaliyoti kam bo‘lganligi sabab, o‘zimni ko‘rsata olmagandirman.

- Sizningcha bu mavsum Superligada chempionlik uchun kimda imkoniyat yuqoriroq?

- Hozircha hech nima deb bo‘lmaydi. Chunki chempionat endi boshlandi ko‘plab jamoalar chempionlik uchun kurashadi, lekin “Paxtakor” jamoasining imkoniyatlari yuqori deb uylayman.

- So‘nggi savol o‘rnida Firdavs Asadovning muxlislari va Stadion.uz kuzatuvchilariga tilaklaringiz.

- Taklif uchun sizga ham rahmat. Firdavs Asadovning muxlislariga har doim meni qo‘llab-quvvatlasinlar va men ularni o‘zimni yorqin o‘yinlarim bilan xursand qilishda davom etaman. Stadion.uz kuzatuvchilariga esa eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman shuningdek Stadion.uz saytini kuzatishda davom etsinlar.

Jaloliddin QOBILJONOV suhbatlashdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:20, 17.03.2019. O'qildi: 12958 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.