Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.11.2025

      07:00 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      08:00 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      09:40 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      11:35 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      13:30 Д/ф "КОПА 71".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      19:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      01:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.11.2025

      05:00 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 109 кг.
      06:05 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. Свыше 109 кг.
      07:10 "Страна спортивная".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      10:10 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      11:00 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      12:35 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      13:45 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Финал. Прямая трансляция.
      18:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Финал. Прямая трансляция.
      20:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 3. Прямая трансляция.
      23:30 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      01:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      01:35 Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан.
      03:40 "Эволюция спорта".
      04:05 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли. Прямая трансляция.
      11:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC 173 в Токио, Япония. Анатолий Малыхин против Умара Кейна. Прямая трансляция.
      16:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Челябинск" - "КАМАЗ" (Набережные Челны). Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция.
      22:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:00 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:35 Д/ф "Мэнни Пакьяо. Непреодолимая сила".
      04:00 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Белогорье" (Белгород) - "Зенит-Казань".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.11.2025

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      08:00 Олимпийский канал. "Сила Олимпиады". "Милан-Кортина 2026. 100 дней до начала".
      09:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      13:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      13:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      15:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      16:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      16:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира в Клуж-Напоке, Румыния. Женщины. До 84 кг; Мужчины. Свыше 120 кг. Прямая трансляция.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      22:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Короткая программа.
      23:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Произвольная программа.
      00:10 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Танцы на льду. Произвольный танец. Прямая трансляция.
      01:55 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      04:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bekxem sharafiga haykal!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Manchester emas, uzoq Los-Anjelesda angliyalik Devid Bekxem haykali qad rostladi. 2 mart kuni «Los-Anjeles Geleksi» klubi uy stadioni yaqinidagi «Afsonalar maydoni»da Beks sharafiga alohida obida o‘rnatildi. Aytish joiz, muayyan klubning sobiq futbolchisini haykal vositasida ulug‘lashi MLS tarixida ilk marta kuzatildi. Ochilish marosimi AQSH futbolining yangi mavsumi startiga to‘g‘rilandi, shuning uchun juda ko‘p muxlis yig‘ildi. Ular Beksga hurmat tariqasida maxsus lenta ushlab turishdi.

 Forbes jurnalining ma’lumoti bo‘yicha aytsak, Devid Bekxem Los-Anjelesdagi to‘liqsiz 5 yil davomida umumiy hisobda chamasi 255 mln. dollar topgan.

Tadbirda tabiiyki, Devid Bekxemning o‘zi ham qatnashdi. Shuningdek, MLS komissioneri Don Garber, «Geleksi»ning sobiq bosh murabbiyi Bryus Arena va Beks bilan birga o‘ynagan ko‘plab futbolchilar ham hozir bo‘lishdi. Xususan, irlandiyalik Robbi Kin tadbirda so‘z olib, to‘planganlarga qarata biroz hazillashdi: «Umid qilamanki, keyingi safar sizlarni bu yerda o‘z haykalim premyerasida ko‘raman».  Nafaqat Los-Anjeles, balki butun Amerika sportining yana bir tirik afsonasi - basketbolchi Kobe Brayant esa videomurojaat yo‘lladi: «Bekxem bilan ilk marta uchrashganimda, uning naqadar ajoyib yigit ekanligidan hayratda qolgandim. Odamlar aynan shu kabi o‘yinchilar ta’sirida futbolga ko‘ngil qo‘yadilar. Shunchaki, qoyilmamoq va oilaparvar inson. Beksning Amerika sportiga ijobiy ta’sirini til bilan ifodalab berish juda mushkul».

Devidning o‘zi ochilish tantanalarida mahalliy muxlislarni g‘ururlantirishga urindi: «Los-Anjelesga endi ko‘chib o‘tganimda, ko‘pchilik bu shaharni orzularni ro‘yobga chiqaradigan joy sifatida ta’riflagandi. Los-Anjeles, bugun mening orzum amalga oshdi». Tadbirdan keyin esa Beks shunday kunda farzandlari yonida turishmagani alam qilganini ta’kidladi: «Afsuski, ular bu yerga kelolmadilar, negaki, maktabga borishlari muhimroq sanaladi. Lekin bir kuni kelib, otalari qanday ishlarni amalga oshirganini ko‘rishadi, albatta. Ishonchim komil, o‘g‘illarim ham, qizim ham ushbu haykal bilan alohida g‘ururlanishadi».

Bekxemga atalgan haykalni Juli va Omri Amrani yaratishdi. Basketbol afsonasi Karim Abduljabbor sharafiga «Stepls Senter»da o‘rnatilgan obida ham aynan shu ikki haykaltarosh tomonidan tayyorlangan edi. Beksning nusxasi uchun o‘ziga xos pozisiya tanlangan: Devidning o‘ng oyoq bilan zarba berayotgan holati. Vaqtida britaniyalik rejissyor Gurinder Chadxu ayni shu mashhur zarbadan ilhomlanib, «Bekxem kabi o‘yna» filmini suratga olgandi - yosh Kira Naytlini bir eslang... Los-Anjeles voqealari tafsilotiga qaytsak, ayni shu kuni Bekxem tasviri tushirilgan ulkan freska (devoriy surat) ham namoyish etildi. Rassom Mark Pol Deren angliyalik yulduzni qutqaruv armiyasining jamoat markazi hududi fonida tasvirladi. Darvoqe, «Geleksi» Devid haykalini g‘alaba bilan «yuvdi». Diqqatga sazovor tomoni, «Chikago Fayr»ga qarshi kechgan va 2:1 hisobida yakunlangan o‘yinda g‘alaba goli yevrofutbolning yana bir yulduzi Zlatan Ibragimovich nomiga yozildi.

Eslatib o‘tamiz, Devid 2007-2012 yillar oralig‘ida aynan «Los-Anjeles Geleksi» sharafini himoya qilgan. Asosiy fakt - u MLSda umumiy maosh chekloviga amal qilmaslik imkonini beruvchi qoida bo‘yicha shartnoma tuzgan ilk futbolchi bo‘lgandi. Keyinchalik ushbu yangilik «Bekxem qoidasi» nomini oldi. Raqamlar asosida aytsak, Beks «Geleksi» bilan birdaniga 5 yilga mo‘ljallangan bitimni rasmiylashtirgan va unga muvofiq, mislsiz darajada moddiy manfaat ko‘rdi. To‘g‘ri, «Los-Anjeles Geleksi» safiga mavsum-2007 yarmida qo‘shilgan ingliz futbolchisi ko‘p o‘tmay jarohatga yo‘liqdi va shu tufayli debyuti uncha o‘xshamadi: MLS doirasida atigi 5ta o‘yin va 2ta samarali uzatma. Qolaversa, Los-anjelesliklar birinchilikning «pley-off» bosqichidan chetda qolishdi. Mavsum-2008da esa mahalliy fanatlar Devidning barqaror o‘yinidan bahra olishdi: u jami 30ta uchrashuvdan 25tasida ishtirok etib, 5ta gol urdi, ammo «Geleksi» yana maqsadga erisholmadi. Atigi 8ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan klub ketma-ket 3-marta «pley-off» raundiga chiqolmadi. Yil yakunida ko‘pchilik kutmagan voqea yuz berdi - Bekxem ijara kelishuvi asosida Yevropaga qaytib, «Milan» libosini kiydi. Amerikada ko‘pchilik ingliz yulduzining ketishiga jiddiy e’tiroz bildirgandi. Chunonchi, «Los-Anjeles» ayni shu kelishuv ortidan MLSda yarim mavsum o‘zining bosh yulduzisiz o‘ynadi va rosa qiynaldi. Xususan, «Geleksi» sardori Lendon Donovan o‘ta keskin fikr bildirgandi: «Afsuski, Bekxemni yaxshi jamoadosh sifatida maqtay olmayman. Hozir boshqa yigitlar uchun gapirishim nojoiz, biroq klub ishlari Devidni zarracha tashvishlantirmasligi shundoq ko‘rinib turibdi». Asosiysi,  Beks qaytishi hamono barcha-barchani tinchlantirdi: «Yo‘q, men haqimda yangragan fikrlar haqida gapirishni istamayman. Bu Lendon va murabbiy bilan oramizda qoladi. Asosiysi, hammasi tugadi va endi faqat oldinga qarab harakatlanishimiz shart. Lendon - kuchli va munosib sardor. U hamisha barchaga ibrat bo‘ladi. Deylik, faol o‘yini bilan yigitlarni olg‘a boshlaydi».

 Ha, Bekxemning Yevropaga qaytishi muxlislarga ham sira yoqmagandi. Ular o‘zlarini tahqirlangandek his qilishdimi, har holda, o‘yinlar vaqtida Devidni haqoratlar bilan «siylashdi». Deylik, tribunalarga turli bannerlar osishdi, ularda futbolchiga «sotqin», «firibgar» kabi yorliqlarni yopishtirishdi. Lekin vaqt o‘tishi bilan muxlislar ham o‘z-o‘zidan tinchlanishdi. Chunonchi, «Geleksi» omadli mavsum o‘tkazdi va Bekxem qaytishidan keyin jamoa o‘z konferensiyasi turnir jadvalida 1-o‘ringa ham ko‘tarildi. «Pley-off» raundida esa, «Los-Anjeles»ga birozgina omad yetishmadi: finalgacha zo‘r o‘ynagan jamoa hal qiluvchi bahsni penaltilar seriyasi natijasiga ko‘ra, boy berdi. O‘shanda Beks penaltidan unumli foydalangan bo‘lsa, Donovan gol urolmagandi. Ingliz yulduzi shundan keyin yana «Milan»ga chog‘landi, yana ijara kelishuvi. Binobarin, u jahon chempionatiga imkon qadar yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishni istagandi. Biroq Angliya milliy jamoasi faxriysiga JAR maydonlarida o‘ynash nasib etgani yo‘q. Mart oyida jiddiy jarohatga yo‘liqqan Beks naq sentyabrgacha davolandi. Shunga qaramay, «Geleksi»ning ishlari joyida bo‘ldi - jamoa konferensiya miqyosida yana 1-o‘rinni egallab, muntazam chempionat g‘olibiga aylandi. Biroq «pley-off»dagi urinishi o‘xshamadi, farqi shuki, anjelesliklar bu safar yarim finaldayoq kurashdan chekinishdi. Devid jamoasi «Dallas»dan ustun kelish yo‘lini topolmagandi. Yevrofutbol yulduzi keyingi 2 yildagina bor e’tiborini «Los-Anjeles»ga qaratdi. To‘g‘ri, 2011 yili uning ko‘ngli yana ijara safarini tusagandi, faqat «Tottenxem» libosini egniga ololmadi. Zero, amerikaliklar bu safar uni qo‘yib yuborishni istashmadi. Bu juda to‘g‘ri qaror edi: «Geleksi» o‘sha mavsum nihoyat chempionlik rutbasiga erishdi va keyingi yili bu muvaffaqiyatini yana takrorladi. Qolaversa, 2011 yilgi «pley-off» bahslarida aynan Bekxem bosh rolni bajarib, 3ta golga hammualliflik qildi. Ingliz yulduzi mavsum-2012da ham chakki ko‘rinmadi: muntazam chempionatda 7ta gol. Diqqatga sazovor jihati, shulardan 4tasi haftaning eng chiroyli goli sifatida e’tirof etildi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:50, 17.03.2019. O'qildi: 1860 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.