Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Kanchelskis: «Fransuzlar oliftagarchilik «qurboni» bo‘lishdi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

"MYU"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Navbahor" bosh murabbiyi bo‘lgan Andrey Konchelskis YECHL nimchorak finali doirasidagi "PSJ"-"MYU"(1:3) uchrashuvidan so‘ng, jurnalistlarga intervyu berdi...

- Rostini ayting, o‘yingacha va uchrashuv davomida «Manchester Yunayted» «PSJ» to‘sig‘idan o‘ta olishiga ishonganmidingiz?

- «Yunayted» - azamat klub, jamoa uchun judayam xursandman. Ko‘rinib turibdiki, «qizil iblislar»da yengilmas ruh bor, ular oxirigacha kurashishmoqda. Buning  isboti - kechagi o‘yin (suhbat 7 mart kuni bo‘lgan). O‘z maydonidagi umidsiz 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng «PSJ»ni Parijda ikki to‘p farqi bilan mag‘lub etish - kuchli irodadan dalolat. Aslini olganda-ku, omadsizlik uchun parijliklarning o‘zlari aybdor. Chunki ular raqibni mensishmadi. Bu o‘yin menga ikki yil oldin «PSJ»ning «Barselona»ga qarshi bahsini eslatib yubordi. Ha, qaysidir ma’noda Neymarning jarohati, Kavanining to‘liq tiklanmagani ham ularga pand berdi. Ammo «MYU»ning holati bundan ham battarroq edi. Demak, fransuzlar katta ustunlikka ega bo‘lishsa-da, bundan foydalana olishmadi, deyish to‘g‘riroq bo‘ladi.

- «PSJ» a’zolari qaysidir lahzalarda omma uchun o‘ynayotgandek tuyulishmadimi? Masxaromuz fintlar, tovondagi uzatmalar?..

- Bilasizmi, «PSJ» o‘zidan talab qilinganidek emas, umuman bosh­qacha o‘yin ko‘rsatdi. Fransuzlar qat’iy va maqsadli to‘p surish o‘rniga, orzu-xayollarga berilib ketishdi, menimcha. Futbolni o‘z imkoniyating darajasida o‘ynashing kerak. Tovon bilan faqat Strelsovgina o‘ynay olardi, qolganlarning bari - shunchaki, oliftalar. Mana, fransuzlar ham oliftalik uchun jazolanishdi. Futbol esa bunday narsalarni kechirmaydi.

- Parijliklarning himoyadagi xatolari nimada edi? Deylik, «MYU» yaratgan har bir xavfli vaziyat gol bilan yakunlandi. Gollar esa «PSJ» a’zolarining xatolaridan so‘ng yuzaga keldi.

- O‘z tajribamdan yaxshi bilamanki, agar jamoa o‘yin boshlanmasidan oldin kurashga tayyor bo‘lmasa, keyin buni uddalash qiyin. «PSJ» futbolchilari o‘yindan oldingi mashg‘ulotlar paytida erinchoq ko‘rinishdi, kulishdi, xuddiki, birozdan so‘ng «Yunayted»ni osonlikda mag‘lub etishadigandek. Jiddiy o‘yinga nisbatan mana shunday yondashuv tezkor golga, keyinroq esa umuman, jamoaning inqiroziga olib keldi. Ha, chindan ham, Kerer xuddi bolalardek kulguli xato qildi, ammo ayni shu xatodan so‘ng «PSJ»ning rejasiga putur yetdi. Buffon masalasiga kelsak, bunday holat hammadayam uchraydi, boz ustiga, o‘sha kuni kuchli yomg‘ir yog‘ayotgandi. Shuningdek, Janluiji futbol uchun ancha «keksayib» qolganini ham unutmaslik lozim.

- Skominaning belgilagan penaltisiga qanday qaraysiz?

- Futbolga VAR tizimini bekorga joriy qilishmadi. Takroriy lavha bo‘lmaganida, katta ehtimol bilan hakam penalti bermasdi. Ammo har qanday qolatda ham to‘p Kimpembening qo‘liga tegdi, u esa jarima maydonchasida edi. Hakam vaziyatni batafsil o‘rganib, penalti belgiladimi, demak chindan ham qoida buzilgan edi.

- Garchi Skomina videotakrorni ko‘rgan bo‘lsa-da, vaziyat bahsli ekani haqida fikrlar yangramoqda...

- Ko‘ryapmizki, VAR tizimi - ba’zida yaxshi, ba’zida esa o‘yinni «o‘ldirib» qo‘yyapti. Ishonchim komil, bu o‘yindan keyin tizimning muammolari haqida gap-so‘zlar boshlanadi. Nega endi bu haqda oldinroq hech kim o‘ylab ko‘rmadi?! Jahon futbolida bu tizimni ishlatishga qaror qilindimi, bo‘ldi, endi reallikka ko‘nikish kerak.

- «Yunayted» nihoyat, o‘z murabbiyini topgandek. Bunday startdan keyin Sulsher bilan uzoq muddatli shartnoma tuzilishiga ishonasizmi?

- Menimcha, ha. Boshqa tomondan, «MYU» rahbarlari mavsum yakunlanishini kutayotgandek taassurotlar ham yo‘q emas. Chunki gap Sulsherning qanday boshlaganida emas, mavsumni qanday yakunlashiga bog‘liq. Chunonchi, mankunianlar ayni paytda uchta frontda kurash olib borishyapti.

- Sulsher bilan Fergyusonning o‘xshash tomonlari nima deb o‘ylaysiz?

- Menga qolsa, ularni taqqoslamagan bo‘lardim. Zero ser Aleks - xuddi Beskov, Lobanovskiy va bosh­qa taniqli murabbiylar kabi hech kimga o‘xshamagan, o‘ziga xos shaxs. Qisqasi, «birinchi Sulsher» paydo bo‘lishi mumkinu, ammo «ikkinchi Fergyuson» boshqa tug‘ilmaydi. Muhimi shuki, norvegiyalik mutaxassis o‘zi bevosita «MYU»da to‘p surgani uchun jamoa ruhi, mentaliteti va muxlislar bilan til topishishni biladi. Bu esa hozircha unga naf keltiryapti.

- «MYU»ning YECHL keyingi bosqichidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Jamoa ayni paytda Mourinyoning ketishidan so‘ng o‘ziga kelib, yuksalish davrini boshdan o‘tkazyapti. Eng muhimi, «Manchester Yunayted»da «Liverpul» yoxud «Manchester Siti»dek matbuot bosimi yo‘q, hisobi. Deylik, «MYU» yaqin kelajakdagi o‘yinlarning birida mag‘lubiyatga uchrasa, buning uchun futbolchi yoki murabbiyni hech kim ayblamaydi. Chunki ular shu paytgacha ajoyib seriyalarni qayd etib, rekordlarni yangilab bo‘lishdi. Boz ustiga, CHL chorak finaligacha jarohatlangan futbolchilar va diskvalifikasiya qilingan Pogba ham safga qaytadi. Xullas, Sulsher va uning shogirdlaridan muxlislar ham, rahbarlar ham xursand. Zero, «MYU» qisqa vaqt ichida muammolarni yo‘qqa chiqarib, Chempionlar Ligasida kurashyapti, APLda medalga da’vogarlik qilmoqda, Angliya kubogidagi ishtirokini ham to‘xtatmagan. Bir so‘z bilan aytganda, klub oldinga katta qadam tashladi.

- «MYU»ning ijobiy natijalariga tig‘iz grafik xalal bermasmikan?

- Fikrimcha, ingliz klublari 50 yildan beri har mavsum uch frontda kurashishmoqda va bunga hamma o‘rganib bo‘ldi. APLning aksariyat futbolchilari yil-o‘n ikki oy davomida o‘zlarini «tonus»da ushlab turishga odatlanishgan. Ha, orada kimdir jarohatlanadi, boshqa birov yuklamalarga ko‘nika olmay qiynalishi ham rost. Lekin umumiy olib qaralsa, uchta front - Angliya uchun odatiy holat.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:55, 17.03.2019. O'qildi: 2973 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик