Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 02.11.2025 00:45
      • Cremonese
      • 1:2
      • Yuventus
      • 02.11.2025 16:30
      • Verona
      • 1:2
      • Inter
      • 02.11.2025 19:00
      • Fiorentina
      • 0:1
      • Lechche
      • 02.11.2025 19:00
      • Torino
      • 2:2
      • Piza
      • 02.11.2025 22:00
      • Parma
      • 1:3
      • Bolonya
      • 03.11.2025 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Roma
      • 03.11.2025 22:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Jenoa
      • 04.11.2025 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Kalyari
  • APL
      • 02.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 2:0
      • Aston Villa
      • 02.11.2025 19:00
      • Vest Xem
      • 3:1
      • Nyukasl
      • 02.11.2025 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:1
      • Bornmut
      • 04.11.2025 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Everton
  • La-liga
      • 02.11.2025 01:00
      • Real Madrid
      • 4:0
      • Valensiya
      • 02.11.2025 18:00
      • Levante
      • 1:2
      • Selta
      • 02.11.2025 20:15
      • Alaves
      • 2:1
      • Espanyol
      • 02.11.2025 22:30
      • Barselona
      • 3:1
      • Elche
      • 03.11.2025 01:00
      • Betis
      • 3:0
      • Malyorka
      • 04.11.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Osasuna
  • Superliga
      • 02.11.2025 15:00
      • Neftchi
      • 2:1
      • Surxon
      • 02.11.2025 15:00
      • So‘g‘diyona
      • 3:0
      • Qizilqum
      • 02.11.2025 17:15
      • Mash’al
      • 1:0
      • Qo‘qon-1912
      • 03.11.2025 18:30
      • Paxtakor
      • 4:2
      • Bunyodkor
  • Elit OCHL
      • 03.11.2025 18:45
      • Nasaf
      • 1:2
      • Al-Vahda
      • 03.11.2025 21:00
      • Duhayl
      • -:-
      • Shabab al-Ahli
      • 03.11.2025 21:00
      • Traktor
      • -:-
      • Ash-Shorta
      • 03.11.2025 23:15
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Al-Hilol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8672 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2919 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 03.11.2025

      06:25 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      08:00 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Гремио".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Сан-Паулу".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Палмейрас".
      16:00 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Гремио".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Сан-Паулу".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Газиантеп". Прямая трансляция.
      00:00 "Непобедимый".
      00:25 LIVE Чемпионат Испании. Сегунда. "Реал Вальядолид" - "Гранада". Прямая трансляция.
      02:30 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Палмейрас".
      04:30 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Газиантеп".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 03.11.2025

      05:10 "Лица страны". Иван Ревенко.
      05:25 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      06:00 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      06:35 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Гвадалахары в Мексике.
      09:40 Автоспорт. DTM. Этап 1 на трассе Ошерслебен, Германия. Гонка 1.
      11:05 Автоспорт. DTM. Этап 1 на трассе Ошерслебен, Германия. Гонка 2.
      12:35 "10 лет в спорте". "2015/2016".
      13:05 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      14:45 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Вуллонгонге, Австралия. Женщины.
      16:55 "Команда мечты".
      17:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 45 кг.
      18:40 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 49 кг.
      19:45 "Непобедимый".
      20:15 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Гвадалахары в Мексике.
      21:55 "10 лет в спорте". "2015/2016".
      22:25 Автоспорт. DTM. Этап 1 на трассе Ошерслебен, Германия. Гонка 1.
      23:45 Автоспорт. DTM. Этап 1 на трассе Ошерслебен, Германия. Гонка 2.
      01:10 "Команда мечты".
      01:40 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Вуллонгонге, Австралия. Женщины.
      03:45 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Алексея Немова "Легенды спорта. Наследие".
  • MATCH-TV
    • Sana: 03.11.2025

      05:00 Д/ф "Мондиаль 2020. Сильнейшая сборная мира".
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. ЦСКА (Москва) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар).
      08:00 Смешанные единоборства. ONE FC.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 "Век нашего спорта". Игорь Тер-Ованесян.
      12:05 "Век нашего спорта". Татьяна Казанкина.
      12:45 "Век нашего спорта". Николай Дроздецкий.
      13:30 Новости.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      15:35 Д/ф "Александр Великий".
      16:40 LIVE Громко. Прямой эфир.
      17:50 Новости.
      17:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Ротор" (Волгоград) - "Арсенал" (Тула). Прямая трансляция.
      20:00 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      21:00 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Динамо-Минск" - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      23:40 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:35 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Лацио" - "Кальяри". Прямая трансляция.
      02:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 "10 лет в спорте". "2015/2016".
      04:00 "10 лет в спорте". "2016/2017".
      04:30 "10 лет в спорте". "2017/2018".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 03.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 2. "6 часов Имолы" в Италии. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 1.
      11:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 1. Прямая трансляция.
      15:00 Легкая атлетика. Нью-Йоркский марафон в США.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 1. Прямая трансляция.
      20:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Обзор сезона.
      21:00 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      21:30 Легкая атлетика. Нью-Йоркский марафон в США.
      23:00 Трейлраннинг. Cappadocia Ultra-Trail в Турции. Обзор.
      00:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 1.
      01:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Обзор сезона.
      02:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ole Gunnar Sulsher: «Kerrikni qaytarmoqchi edim, faqat...».

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Murabbiylik sohasida xuddi yashil maydondagi kabi samarali faoliyat yuritayotgan norvegiyalik yosh mutaxassis Ole-Gunnar Sulsher bugun OAVning diqqat markazida turibdi. 

«MYU»ni qisqa vaqt ichida ravon yo‘lga olib chiqishni uddalagan murabbiy jumladan, o‘z vatandoshlari iltimoslarini rad etolmadi va ularning mug‘ombirlarga xos, lekin samimiy savollariga atroflicha javob qaytardi.

uw  «MYU» rahbariyati Ole-Gunnar Sulsherni jamoada olib qolmoqchi. Mirror nashrining xabar berishicha, Angliya klubi Sulsherga yiliga 8,7 million yevro miqdorida maosh belgilamoqchi. Bu sobiq bosh murabbiy Joze Mourinyoga berilgan maoshdan ikki baravar kamdir. 46 yoshli norvegiyalik 2018 yilning dekabrida aynan Mourinyo o‘rnini egallab, jamoani omadsizlik botqog‘idan olib chiqishni uddalaganini alohida aytish joiz.

 

- Manchesterda hanuzgacha mehmonxonada yashayotganingiz rostmi?

- Yo‘q, 3-4 hafta oldin klub alohida xonadon ajratdi.

- Qiziq, «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvidan oldin qanday yumushlar bilan shug‘ullandingiz?

- Oilam a’zolarini aeroportga olib borib, kuzatib qo‘ydim - ta’til tugadi, bolalar maktabga borishlari kerak. Ish joyiga esa odatda soat 7:30-7:45 oralig‘ida boraman, jamoa xodimlari bilan birga nonushta qilishga o‘rganib qoldim.

- Xo‘sh, kimlar ishga shunchalik barvaqt borishadi?

- Murabbiylar shtabi a’zolari. Biz quvvat to‘plash uchun jam bo‘lamiz. To‘g‘ri, shoshilishni xush ko‘rmaydigan Mik Felan ba’zan kechikadi. Shuningdek, darvozabonlar ustozi ham. Ammo Kerrik va Kiran Makkenna doimo hoziru-nozir.

- Darvozalar ochiq bo‘ladimi yoki o‘zingiz ochasiz?

- Yo‘q, meni ichkarida kutib olishadi, kafeteriy barvaqt ish boshlaydi. Qolaversa, kirish uchun kalitga hojat yo‘q - barmoq izlari skaner qilingan.

- Nonushtadan keyingi birinchi ish nima?

- Barcha murabbiylar va tibbiy xodimlar bilan o‘yinchilar salomatligi va mashg‘ulotlar rejasini muhokama qilaman. Zarurat tug‘ilsa, kun tartibiga tegishli o‘zgartirishlar kiritamiz. Masalan, «PSJ»ga qarshi javob uchrashuviga puxta hozirlik ko‘rish uchun 10 nafar mutaxassisimiz raqibni chuqur o‘rgandi. Biz esa shu tahlil xulosalaridan kelib chiqqan holda, zarur choralarni ko‘rdik (mana, muvaffaqiyatning kaliti qayerda!) Deylik, 10 nafar futbolchining jarohatlanganini nazarda tutib, muayyan tarkib shakllantirishga majbur bo‘ldik. O‘ylashimcha, tanlovim chakki emas - CHL talabiga dosh beradigan o‘yinchilardan 4-3-3 taktik chizmasi asosida o‘ynaydigan yaxshigina tarkib yuzaga keldi.

- Alohida uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni qanday tashkil etiladi? Xususan, siz ko‘proq ofisda o‘tirasizmi yoki...?

- Idoramiz ancha katta. Biroq ko‘pincha yordamchilarim bilan analitik tahlilchilar xonasi yonida to‘planamiz. Qaytaraman, tahlilchilarimiz bir necha hafta davomida «PSJ»ni kuzatib borishdi. Mutaxassislarni shunday taqsimlaymizki, bitta jamoani o‘rganayotganlar va ikkinchi raqib bilan shug‘ullanayotganlar alohida-alohida xonada o‘tiradilar. Qisqasi, ajoyib tahlilchilar jamoasiga egamiz. Bu guruh raqib o‘yinlarini bevosita stadionda yoki videoyozuv orqali o‘rganib, zarur ma’lumotlar to‘playdi, qandaydir qonuniyatlar kashf etadi.

- Topilmalarning qancha qismi futbolchilarga ko‘rsatiladi?

- Olingan barcha ma’lumotlarni umumlashtirib, asosiy mag‘zini futbolchilarga yetkazamiz, odatda videoroliklar 6-7 daqiqaga cho‘ziladi. Keyin interfaol  doskadan ham foydalanamiz.

- Taktik mashg‘ulotlarni qaysidir futbolchi o‘tkazib yuborishi mumkinmi?

- Ha, deylik, maydonga tushmaydigan o‘yinchilar. Ularga muayyan o‘yinga daxldor ikir-chikirlarning keragi yo‘q. Darvoqe, o‘rinbosarlar jamoasini boshqarganimda, bunday majlislarda qatnashish uchun  «boss»dan o‘zim izn so‘raganman. Chunki buning foydasi juda katta.

- Taktik ishlanmalarda darvozabon katta rol o‘ynamaydi. Xo‘sh, David de Xea muhokamalarda nechog‘li ko‘p qatnashadi?

- O‘ta muhim o‘yinlar arafasida, misol uchun, «PSJ»ni muhokama qilayotgan bo‘lsak, ishtirok etishi shart. Chunonchi, bunda har bir pozisiyaga e’tibor qaratiladi. Aniqroq aytganda, umumiy yig‘ilishdan keyin maydonga tushadigan hujumchilar, yarim himoyachilar va himoyachilar bilan alohida gaplashib chiqamiz. De Xea esa himoyachilar safida bo‘ladi.

- Murabbiylar o‘rtasida o‘zaro tortishish holatlari ham kuzatiladimi?

- Yo‘q, o‘yin masalasida qarashlarimiz bir xil. Ba’zan muhokama jarayoni cho‘zilib ketishi mumkin. Muhimi, yakunda bir to‘xtamga kelamiz, baribir. Umuman, asosan, uslub bo‘yicha kengashamiz.

- Ba’zida o‘rtaga kutilmagan taklif tashlashingiz mumkinmi?

- Ochig‘i, 1-2 marta kasbdoshlarimni munozaraga tortish maqsadida shunday yo‘l tutdim, ammo ular jiddiy gapirmayotganimni darhol payqashdi.

- «MYU»dan 2011 yilning yanvarida ketgan edingiz. Keyin aloqalar butunlay uzilgan payt kutilmaganda, taklifni oldingiz, to‘g‘rimi?

- Deyarli shunday. To‘g‘rirog‘i, klub bilan xayrlashganimdan keyin bir bora «Molde» elchisi sifatida Karrington («MYU» bazasi)da bo‘lib, mavsumoldi yig‘inini kuzatgandim. Lekin o‘shanda hech kim bilan bafurja gaplashmaganman - bunday kishining o‘zi yo‘q edi.

- Demak, taklifdan lol qolgansiz...

- Ha. Kuzda oilam bilan «Old Trafford»ga sayr uchun borgandim, keyin oktyabrda «MYU»ning «Yuventus» va noyabrda «Yang Boyz»ga qarshi o‘yinlarini tomosha qildim.

- Shogirdlaringiz sizga qay yo‘sinda murojaat qilishyapti? Mayk Felan-chi?

- O‘yinchilar uchun «boss»man, Mayk uchun esa oddiygina - «Ole». Har holda, birga ishlagan, yonma-yon to‘p surgan do‘stlarning o‘zaro muomalari o‘zgarib qolishi - g‘alati. To‘g‘ri, «MYU»da bir kishi, ya’ni ser Aleks haqiqiy «boss».

- U muhtasham ofisni ham sizga qoldirgandir...

- Mengacha bir necha murabbiylar kelib-ketishdi. Bu vaqtda ofis ham o‘zgarib ketdi. U hozir zamonaviy ko‘rinishda.

- Joze Mourinyo sizga qoldirgan yoki qoldirishni unutgan biror narsa bormi?

- Yo‘q. Ofisda «MYU» tarixiga oid bir nechta kitob bor. Ammo ularni klub xodimlari qo‘yishgan, menimcha.

- «Molde»ning ishlariga ham qiziqib turibsizmi?

- Muntazam aloqadamiz, lekin klubdagilar mensiz ham barchasini risoladagidek uddalashmoqda. Darvoqe, smartfon moslamasi orqali «Molde»ning barcha mashg‘ulotlarini kuzatish imkoniyatiga egaman.

- Hozirgi yoshlar katta bosim ostida o‘ynashga majburlar - bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Chindan ham, shunday. Lekin 14 yoshli o‘smirning tengdoshlaridan mahoratliroq emasligi undan saviyali futbolchi chiqmasligini anglatmaydi.

- Akademiya tarbiyalanuvchilari bilan ishlashni xush ko‘rasiz, chog‘i.

- Albatta. Qarang, jamoa gollaridan chamasi 62 foizi tarbiyalanuvchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

- O‘rinbosarlar o‘yinlarini ham kuzatyapsizmi?

- Shaxsan o‘zim vaqt ajratolmayapman. Lekin yordamchilarim doimiy tarzda kuzatishadi. Mana, shu kuzatuvlar samarasi o‘laroq, Jimmi Garner va Anxel Gomes katta jamoada debyut qilishdi, Meyson Grinvud va Taxit Chongni ham yorqin kelajak kutmoqda.

- Klubdagi kelajagingiz xususida aniq gap aytolmasligingiz tayin. Lekin qachondir uzoq muddatli shartnoma tuzish borasida nima deya olasiz?

- Mavsum oxiriga qadar shu yerda qolishimni bilaman. Tabiiyki, «MYU»ning muvafffaqiyati uchun bor imkoniyatlarimni ishga solaman. Ko‘ramiz, bundan nima chiqarkin...?

- O‘zi bu masalada kim bilandir muloqot qilyapsizmi?

- Hozirda amalga oshirayotgan yumushlar haqida Ed Vudvord xabar berib turibdi. U bilan yaxshi munosabatdamiz, har kuni ko‘rishamiz.

- Vudvord siz bilan qay tariqa bog‘langan edi?

- SMS vositasida. Odatda notanish raqam qo‘ng‘irog‘iga javob qaytarmayman.

- Taklif tushganini avvalo, kimga aytdingiz?

- Turmush o‘rtog‘imga. O‘sha pallada Mayk Felan bilan bog‘lanish iloji bo‘lmadi. U kun davomida chamasi 150ta SMS-xabarni ochmagan ekan. Jumladan, ser Aleksning men bilan bog‘lanish haqidagi xabarini ham.

- Demak, ser Fergi nafaqat eng yaxshi murabbiy, balki eng yaxshi maslakdosh ham ekan-da...

- Ha, uning tanish-bilishlari juda ko‘p, asosiysi, qimmatli vaqtini ulardan ayamaydi. Deylik, Skott Parker «Fulxem»da ish boshlaganida, unga tegishli maslahatlarni uzun SMS shaklida jo‘natgandi. Ser Aleksning maslahati - bebaho!

- Hozir ulkan bosim ostida yurgandek bo‘lmayapmizmi?

- Yo‘q. Uyqu joyida, doimo xotirjamman. Garchi to‘shakda turli sxemalar miyamda charx ursada, miriqib uxlashni o‘rniga qo‘ymoqdaman.

- Balki vaqtincha bosh murabbiy maqomi bosimni yo‘qqa chiqargandir...

- Albatta, bu omil ham yo‘q emas. Yozgacha jamoaga mas’ulman, o‘z vazifamni imkon qadar sifatli uddalasam, bas.

- Shartnomangizda qandaydir taqiqlovchi bandlar ham mavjudmi? Deylik, parashyutda sakrash...

- Yo‘q, ochig‘i, kelishuv bilan durustroq tanishganim ham yo‘q.

- Agar jamoa futbolchi bilan shartnoma muddatini uzaytirmaslikka qaror qilsa, buni unga kim yetkazadi?

- Murabbiy. Bu tabiiy hol, chunki o‘yinchilar bilan aynan u bevosita aloqada bo‘lib turadi.  

- Qaysidir futbolchining xatosi tufayli jamoa gol qo‘yib yuborsa  va mag‘lubiyatga uchrasa, buni qanday qabul qilasiz?

- Agar tajribali futbolchi xatoga yo‘l qo‘ysa, jahlimni jilovlamayman, boplab ta’zirini beraman. Yosh o‘yinchi aybidan esa 1-2 marta ko‘z yumaman.

- Umuman, «MYU» murabbiylar shtabidan kimlar joy olishgan?

- Mik, Kiran Makkenna, Kerrik, Mark Dempsi va Emilio.

- Emilio -  darvozabonlar ustozi. Qolganlar-chi?

- Kiran va Maykl mashg‘ulotlarga javob berishadi, Dempsi muayyan vazifalar bilan shug‘ullanadi. Ser Aleksning menga bergan ilk maslahati: «Chetga chiqib, jarayonni xotirjam kuzat». Chunki murabbiy mashg‘ulotlarga tushsa, xato-kamchiliklarni ko‘rmay qolishi mumkin.

- «MYU» bilan 8 yil avval xayrlashgan edingiz. Shu vaqt ichida nimalar o‘zgaribdi?

- Mashg‘ulotlar infratuzilmasi, futbolning o‘zi ham. Yana texnika boshqa...

- Pol Skoulzning qaytishi APL tarixiga alohida voqea sifatida muhrlandi. Qizig‘i, bu haqda hech kim bilmasdi. Hammasi qanday ro‘y bergandi?

- Juda ajoyib. «Boss» shunchaki, o‘yinchilar kayfiyatini ko‘tarish maqsadida «syurpriz» tayyorlagandi. Bir kuni kiyinish xonasida Skoulz futbolkasi paydo bo‘ldi. Shunda hammamiz uni olqishlar ostida kutib oldik. Darvoqe, yaqinda jarohatlar ko‘payib ketgach, men Kerrikka yuzlandim: «Maykl, balki sen ham urinib ko‘rarsan?» Shunda u mashg‘ulotlarda shug‘ullana boshladi va risoladagidek saviyaga egaligini ko‘rsatdi. Biroq yakunda Jimmi Garnerga ishonch bildirishni lozim topdik.

- Demak, Kerrikni qaytarish g‘oyasi uydirma emas?

- Albatta, avvaliga ancha vaqtgacha hazillashib yurdik: «Maykl, «Yangi Skoulz» roliga nima deysan?» Keyin u mashqlarga kirishdi. Menimcha, Kerrik 1-2ta o‘yinni talab darajasida o‘tkazishga qodir.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:58, 18.03.2019. O'qildi: 6769 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.