Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 02.04.2026 18:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 02.04.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 03.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Dinamo
      • 03.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Mash’al
      • 03.04.2026 20:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Andijon
  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Elche
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Paxtakor 4 9
4 Lokomotiv 4 7
5 Nasaf 4 7
6 Bunyodkor 4 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 OKMK 4 4
11 Qo‘qon-1912 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 4 1
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

4-тур Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
4-тур Xorazm 1-2 Bunyodkor
4-тур Qizilqum 0-1 OKMK
4-тур Andijon 2-0 Mash’al
4-тур Buxoro 3-1 Dinamo
4-тур Neftchi 3-1 Lokomotiv
4-тур Nasaf 0-1 Surxon
4-тур So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

02/04/26 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04/26 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Futbol umri» — Xayrulla Hamidovdan maqola

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda ikki inson bilan suhbatlashib o‘tirganimda qiziq holatga duch keldim. Bir tanishimning otasi yoshligida vafot etgan, ikkinchi tanishimniki yaqinda — yoshini yashab, qariya holida olamdan ko‘z yumgan edi. Ikkisi o‘z otasini eslab, o‘zlari uchun nurli davrlarni yodga olgan bo‘lishdi. Ammo men ularning xotiralarida farqli jihatlarni kuzatdim: Otasini yoshligida yo‘qotgan tanishim alohida hodisalarni yodga olar, ikkinchi tanishim biror bir hodisani emas, otasining hayotini umumiy suratda tasvirlardi. O‘ylashimcha, otasi bilan uzoq yashagan, padari buzrukvorining diydoriga to‘ygan farzand hodisalar yo‘qligidan emas, hodisalar ko‘pligidan ularga to‘xtalmas, umr bo‘yi ko‘rib yurgan otasi haqida gapirib qo‘ya qolardi.

Kecha Leonel Messi het-trik muallifiga aylandi, uchta golining hammasi shedevrlar turkumidan joy oldi. Ayniqsa, oxirgi parashyut goli ta’rifga ehtiyoj sezmaydi. Jarimadan kiritan goli ham.

Ertalab turib ijtimoiy tarmoqni kuzatadigan odatim bor (asosan, Tvitter), ana shu uchta gol borasida jiddiy bir eyforiya kuzatmadim. Bir-ikki «Barsa» ishqibozlaridan tvitlar o‘qigan bo‘ldim. O‘zim Messini alqab bir tvit yozdim:

«Messining het-trigi boshqalarning het-triklaridan ichida kamida ikkita shedevri bo‘lishi bilan ajralib turadi. Dahshat, lekin odatiy hol...»

Saldan keyin Qahramon Aslanov shunga o‘xshash fikr qoldirdi:

«Agar Messining kechagi gollarini boshqa istalgan o‘yinchi, hatto Krishtianu urgan bo‘lganda ham, dahshat deb baholanib, tinmay aylanayotgan bo‘lardi. Messi uchun oddiy hol».

Ikki odamning bir mavzuga e’tibor qaratishida jon bordek edi. Rostdan ham, Messining het-triklariga, chiroyli gollariga, jarimadan yo‘llanayotgan aniq zarbalariga ko‘nikib, o‘rganib bo‘ldik. Leo bizni hayratlantira olmayapti endi. Har hafta «Barselona» ishtirokidagi o‘yindan so‘ng argentinalik yulduzning qandaydir rekordni urgani haqidagi qaytariq xabarlaridan ham olam zerikib ketdi.

Ronaldu o‘tgan hafta «Atletiko» darvozasiga uch gol yo‘llab, jamoasini chorak finalga olib chiqdi. Krishtianu haqida olam yetarlicha yozdi. To‘g‘ri, kechagi «Betis»ning o‘yini bilan YECHL o‘yini farqli, ammo ishonavering, agar Leo shunaqa gollarini aprelda, «MYU» darvozasiga ursa ham, bu qadar alqanmasdi. Chunki o‘sha kuni Messining gollari uning harakatlaridan ajralib chiqmas, butun boshli o‘yinining mantiqiy yakuni hisoblangan bo‘lardi.

Ronaldu bilan Messi ko‘p masalada bir xil natija qayd etgan va hatto ba’zi o‘rinlarda portugaliyalik yulduz raqobatchisini ortda qoldirayotgan bo‘lsa-da, Leoning darajasini kelajakda boshqacharoq eslaymiz, deb o‘ylayman. Ronalduni eslaganimizda hodisalar bilan, qay bir o‘yinlar bilan, unda Krishning bir o‘zi xaloskor bo‘lgani bilan yodga olsak kerak. Messini esa, faqat o‘yini bilan, harakatlari, sehrgarligi bilan. Gollari soni Ronaldunikiga o‘xshash, ammo Messida goleadorlikdan tashqari boshqa bir o‘zgachalik — Messilik xususiyati bordek. Janubiy amerikalik iqtidor egasi bizga o‘zidan keyin hodisalarni emas, butun boshli futbol umrini tashlab ketayotgandek chamamda.

Ochig‘i, men bugun Messining o‘yinini tomosha qilishdan bir zavqlansam, ikki karra zavqim — yillar o‘tib, uni eslaganimda uyg‘onadi, bunga ishonchim komil. Chunki hodisalardan-da yuqoriga chiqib ketgan futbol hayotini eslash nimaligini faqat otamning rivoyatlarida eshitgandim, u ham bo‘lsa bitta futbolchini xotirlaganda — Peleni. Vaholanki, uning yoqimtoy yulduzi Kroyff edi. Men holland afsungari haqida hodisalarni bilaman faqat.

Hozir o‘ylab qoldim: o‘zim ham farzandlarimga Bajjo, Zidan va hatto Maradona haqida hikoya qilganimda, ularning qay bir o‘yinlarini, xatti-harakatlarini eslab o‘tgan ekanman. O‘ylab qarasam, butun boshli futbol umrini hikoya qilarli darajadagi afsona men ko‘rgan yulduzlar ichida bo‘lmagan ekan. Endi otam bilan bu masalada o‘xshashligimiz bor.

Maradona meni kechirsin...

Xayrulla HAMIDOV

Manba: Tribuna
Kiritildi: 20:50, 18.03.2019. O'qildi: 9260 marta. Fikrlar: 23 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
4 Пахтакор Doston Hamdamov 2
5 Пахтакор Piotr Pajishek 2
6 Нефтчи Alisher Odilov 2
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
8 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
9 Насаф Sharof Muhitdinov 2
10 Андижон Martin Boakye 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик