Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • 0:1
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 26 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Xetafe 26 32
12 Sevilya 26 30
13 Jirona 26 30
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta
26-тур Real Madrid 0-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Skoulz iste’foga chiqdi yoki Sulsher uni «MYU»ga chaqirdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Oldxem» Pol Skoulzning murabbiylik faoliyatidagi birinchi klubi bo‘ldi. Bunga qadar u televideniyeda ekspert lavozimida ishladi, Anliya termasi o‘yinlarini sharhladi, gazetaga maqolalar yozdi, «MYU»ni tanqid qildi. Murabbiylikdagi ishi esa muvaffaqiyatsiz yakun topdi - Skoulz tayinlovdan 31 kun o‘tib, iste’foga chiqdi.

«Oldxem»dagi muammolar bosh murabbiylikka kelgan ilk kunlardanoq boshlandi: to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmagani uchun elektr ta’minoti uzib qo‘yildi. Oqibatda, xodimlar futbolchilarning liboslarini yuva olishmadi va bu ish o‘yinchilarning o‘ziga qoldi. Klub xo‘jayini Abdulla Lemsagamning mash­g‘ulotlar jarayoniga aralashgani esa hammasidan o‘tib tushdi: ular Skoulzga futbolchilarni qanday shug‘ullantirish, o‘yinlardan oldin qanday tarkib va sxema tanlash lozimligi bo‘yicha muntazam buyruq berishgan. «MYU» afsonasiga esa bu yoqmadi va shogirdlarini to‘plab, klub egasiga ma’lumot yetkazmaslikni, aks holda, «xoin» tarkibdan chetda qolishini aytdi.

Lemsagam murabbiydan yashirin tarzda himoyachi Aleks Yakovitiga ikki yillik shartnoma va’da qilgani Skoulzning sabr kosasini to‘ldirdi, zero ushbu futbolchi joriy mavsum biror marta maydonga tushmagandi. «Shartnomam oxirigacha «Oldxem»da qolaman, deb umid qilgandim. Ishqibozlar, futbolchilar, do‘stlarim, oila a’zolari bu lavozimga tayinlanganimdan qanchalik faxrlanganimdan xabardor edilar. Ammo «Oldxem» boshqaruvini qo‘lga olgach, bu yerda o‘zim rejalashtirgandek ishlay olmasligimni tushundim», - dedi Pol. Lemsagam esa Skoulzning qaroridan hayratda ekanini yashirmadi: «Men ham, klub xodimlari ham Polga kerakli yordamni berishga intilishdi. Shaxsan o‘zim u qabul qilgan barcha qarorlarni qo‘llab-quvvatladim. Ajablandim, chunki u chat orqali iste’foga chiqishini yozib qoldirdi». Vaziyatga Ole-Gunnar Sulsher ham munosabatini bildirarkan, sobiq jamoadoshiga ish taklif qildi. «O‘ylashimcha, Skoulzning bu klubni tark etishiga yetarlicha sabablar bor. U yerda nima bo‘lganini bilmayman, bu haqda o‘zidan so‘raganingiz ma’qul. Shuni aytishim mumkinki, uni «MYU»ga taklif qilamiz, agar xohlasa, albatta. Barchasini bafurja muhokama qilamiz», - dedi Sulsher.

Hozircha Skoulz angliyalik sobiq futbolchilarning noxush an’anasini davom ettirmoqda: barchalaridan yaxshi murabbiy chiqishi qiyin bo‘lmoqda. Misol uchun, Gari Nevill «Valensiya»dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng mashg‘ulotlar maydonidan chetda yurib, jurnalistika bilan shug‘ullanishni afzal bilmoqda. Skoulzga esa o‘zini ko‘rsatishi uchun yana bir imkoniyat tug‘ildi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:01, 29.03.2019. O'qildi: 2931 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.