Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Sanderlend - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbek-Belarus hamda O‘zbek-Rus qo‘shma fakultetlari tashkil etiladi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti (Belarus Respublikasi) bilan hamkorligidagi qo‘shma jismoniy tarbiya, sport va turizm fakultetini;

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti (Rossiya Federasiyasi) bilan hamkorlikda qo‘shma jismoniy tarbiya, sport va salomatlik fakultetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

Quyidagilar qo‘shma fakultetlarning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

jismoniy tarbiya, sport va turizmni rivojlantirish uchun turli darajadagi pedagogik kadrlar, trenerlar, hakamlar jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

 

jismoniy tarbiya, sport va turizm sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish hamda ta’lim berish;

jismoniy tarbiya, sport va turizm sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;

jismoniy tarbiya, sport va turizm sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish hamda ta’lim berish;

yuqori malakali mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviyligi hamda uzluksizligi tamoyillari, shuningdek, jahon ta’lim va ilmiy hamjamiyatiga integrasiyalashish asosida rivojlantirish;

jismoniy tarbiya, sport va turizm sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish, rivojlantirish va mustahkamlash.

Belgilab qo‘yilishicha:

qo‘shma fakultetlar kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar, ilmiy-pedagogik tayyorlashni amalga oshiradigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan universitet tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi; 

qo‘shma fakultetlarda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida rus tilida, kunduzgi ta’lim shaklida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari inobatga olingan holda tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti hamda P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladi;

 

qo‘shma fakultetlarga abituriyentlarni talabalikka qabul qilish va qo‘shma fakultetlar bitiruvchilarining attestasiyasi tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti hamda P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetida belgilangan tartib, talablar va muddatlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

 

qo‘shma fakultetlarda bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotasi mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, universitet va tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti hamda P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;

 

qo‘shma fakultetlarda o‘qish uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori milliy valyutada tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining bazaviy to‘lov-kontrakt summasidan kam bo‘lmagan miqdorda universitet va tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti hamda P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;

qo‘shma fakultetlarning bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga har yili ajratiladigan qabul kvotasining 30 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tavsiyasiga ko‘ra qabul qilinadigan maqsadli qabul kvotalari ajratiladi hamda ularning ta’lim olishlari uchun mablag‘lar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

 

Qo‘shma fakultetlar mahalliy o‘qituvchilarini tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti hamda P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetiga malaka oshirish, qayta tayyorlash va stajirovkaga yuborish xarajatlarini moliyalashtirish Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin;

 

qo‘shma fakultetlarda ta’lim oluvchi talabalar o‘quv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tasarrufidagi sport inshootlari va bazalari hamda laboratoriyalaridan bepul foydalanadi;

 

qo‘shma fakultetlar bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi hamda tegishlicha Belarus Respublikasida yoki Rossiya Federasiyasi oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan, o‘zaro kelishuv asosida ikki tomonlama tan olinadigan universitet va tegishlicha Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti hamda P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti diplomlari beriladi;

qo‘shma fakultetlar faoliyatini moliyalashtirish universitetga talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 08:28, 30.03.2019. O'qildi: 1845 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик