Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 06.11.2025 01:00
      • Ayaks
      • 0:3
      • Galatasaroy
      • 06.11.2025 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Barselona
      • 06.11.2025 01:00
      • Inter
      • 2:1
      • Qayrat
      • 06.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 06.11.2025 01:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 06.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 0:1
      • Atalanta
      • 06.11.2025 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Bayer
  • OChL-2
      • 06.11.2025 15:00
      • Makartur
      • 2:1
      • Kongan Hanoi
      • 06.11.2025 15:00
      • Lion Siti Seylors
      • 1:2
      • Bangkok Yunayted
      • 06.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 1:1
      • Tampines Rovers
      • 06.11.2025 17:15
      • Beyjing Guoan
      • 0:0
      • Tay Po
      • 06.11.2025 17:15
      • Selangor
      • 2:3
      • Persib
      • 06.11.2025 17:15
      • Pathum Yunayted
      • 2:1
      • Kaya–Iloilo
  • Superliga
      • 07.11.2025 18:00
      • OKMK
      • 3:1
      • Navbahor
      • 07.11.2025 18:00
      •   Buxoro
      • 1:1
      • Neftchi
      • 08.11.2025 16:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Paxtakor
      • 08.11.2025 17:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Dinamo
      • 08.11.2025 18:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Mash’al
  • «A» Seriya
      • 08.11.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.11.2025 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Kalyari
      • 08.11.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Verona
      • 08.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 08.11.2025 01:00
      • Elche
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 08.11.2025 18:00
      • Jirona
      • -:-
      • Alaves
      • 08.11.2025 20:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Osasuna
      • 08.11.2025 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Levante
  • APL
      • 08.11.2025 17:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 08.11.2025 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Fulhem
      • 08.11.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Byornli
      • 08.11.2025 22:30
      • Sanderlend
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro - Neftchi

Navbatdagi o'yinlar.

07/11/25 Buxoro - Neftchi
08/11/25 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
08/11/25 Bunyodkor - Dinamo
08/11/25 Nasaf - Mash’al
09/11/25 Qizilqum - Andijon
09/11/25 Xorazm - So‘g‘diyona
09/11/25 Surxon - Sho‘rtan

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9147 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2988 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Арам Задоян.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Крузейро".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Фламенго".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.11.2025

      05:20 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 61 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 71 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "КОПА 71".
      09:35 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      11:10 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      12:40 "10 лет в спорте". "2019/2020".
      13:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция.
      14:25 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      16:35 "Страна спортивная".
      16:55 LIVE Самбо. Чемпионат мира в Кыргызстане. День 1. Прямая трансляция.
      18:30 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 2-й заезд.
      19:15 "Страна спортивная".
      19:30 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:50 "10 лет в спорте". "2019/2020".
      22:20 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 1-й заезд.
      23:10 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 2-й заезд.
      00:00 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      01:40 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      03:05 "Эволюция спорта".
      03:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары.
      04:50 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.11.2025

      05:00 "Эволюция спорта".
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Зенит" (Санкт-Петербург) - УНИКС (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "География спорта". Астрахань.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      13:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция.
      14:25 Новости.
      14:30 Есть тема! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Россия U-20 - Казахстан U-20. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:25 LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Беларусь U-20 - Россия U-18. Прямая трансляция.
      21:55 LIVE Смешанные единоборства. ACA 195 в Санкт-Петербурге. Кирилл Корнилов против Алихана Вахаева, Антон Вязигин против Зумсо Зураева. Прямая трансляция.
      00:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/4 финала.
      11:00 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      14:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      15:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      19:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      20:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Мужчины. Короткая программа.
      21:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Женщины. Короткая программа.
      21:55 LIVE BMX-фристайл. Чемпионат мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Мужчины. Флэтленд. Финал. Прямая трансляция.
      23:20 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
      01:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      02:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Startning aks manzarasi yoki Superliga 2-turiga tahliliy sharh

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliga-2019 qatorasiga 5ta durang natija bilan startga chiqqandi. 2-turda buning aks manzarasi bo‘y ko‘rsatdi.

7ta o‘yindan 6tasida g‘olib tomon aniqlandi, faqat 1ta bellashuvda murosa ko‘chasi tanlandi. Safarda g‘alaba nashidasini surgan yagona jamoa - «Paxtakor». 2ta turdan so‘ng 100 foizli natijaga ega ishtirokchi ham aynan Shota Arveladze drujinasidir. Qolgan 13ta klub ochko yo‘qotishga ulgurdi. Ha, «intriga» chakki emas...

TUR QAHRAMONI - ELGUJA GRIGALASHVILI

Nega aynan «Qizilqum» vakili? Asos shuki, Elguja Grigalashvili O‘zbekiston kubogining amaldagi sohibiga qarshi bahsda umumiy holat qaltis bo‘lib turgan pallada jarima nuqtasi (darvozadan chamasi 30 metr uzoqlikda)dan mukammal zarba ijro etib, tarozi pallasini Hamidjon Aktamov jamoasi tomon og‘dirdi. Qolaversa, u shu bilan cheklanmadi: 20 daqiqadan keyin «dubl»ni rasmiylashtirib, hisobga nuqta qo‘ydi. Umuman, Grigalashvili butun vaqt davomida AGMK himoyachilariga sira tinchlik bermadi. 

TUR IQTIBOSLARI

- «Qizilqum» legionerlari? Ular haqida ma’lumotga ega edik. Deylik, o‘rtoqlik o‘yinlarida Smitni kuzatgandik, Grigalashvilini esa yaxshi bilamiz. Biroq... Mirjalol Qosimov (AGMK bosh murabbiyi).  

- Bizda «otning kallasidek» pul yo‘q. Misol uchun, o‘tgan yil hisobidan qolgan mukofot puli ham bor. Lekin futbol shunday - bugun bizda bayram... Hamidjon Aktamov («Qizilqum» bosh murabbiyi).

- Tan olaman, mezbonlar haqli ravishda g‘alaba qozonishdi. Har holda, maydondagi voqealar biz hali ayrim jihatlar ustida ko‘p ishlashimiz kerakligini ko‘rsatib berdi. Baxtiyor Ashurmatov («Buxoro» bosh murabbiyi).

- Yomg‘ir ostida, sirpanchiq maydonda rejadagidek to‘p surish qiyin. Muhimi, goldan keyin barchasi o‘zgardi. Xullas, chiroyli hujum va ajoyib gol bizga qanot bag‘ishladi. Andrey Shipilov («Metallurg» bosh murabbiyi).

- Ikkinchi o‘yinki, darvozabonimiz qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Buni hali muhokama qilamiz, albatta. Mudofaa chizig‘i ishonchli o‘yin namoyish etsagina ko‘ngil xotirjam bo‘ladi. Andrey Kanchelskis («Navbahor» bosh murabbiyi).   

- Stadionga muxlislar tashrifi oshgani - joriy yildagi eng katta yutug‘imiz. Shota Arveladze («Paxtakor» bosh murabbiyi).

- Ogohlik qo‘ng‘irog‘i chalinadigan va g‘alaba qozonishimiz shart bo‘lgan payt keldi allaqachon. Vadim Abramov («Bunyodkor» bosh murabbiyi).

- Mag‘lubiyat hech ham yoqmaydi. Ayniqsa, bunday hisobda yengilish hafsalani pir qiladi. Sergey Lushan («So‘g‘diyona» bosh murabbiyi). 

1-KUN: LEGIONERLAR ULUSHI KATTA

2-tur uzoq Nikaraugadan kelgan legioner - Smit Medina Ariagner urgan gol bilan boshlandi. U «Qizilqum» - AGMK uchrashuvining 1-daqiqasidayoq Suhrob Sultonov darvozasini nishonga olib, «Yoshlar» SMga yig‘ilgan deyarli 8 ming muxlisni oyoqqa turg‘izdi. Tezkor gol ta’siri kuchli bo‘lsada, Mirjalol Qosimov jamoasi tezda o‘zini o‘nglab, maydonda tashabbusni qo‘lga oldi, bir qator chiroyli hujumlar uyushtirib, Evgeniy Cheremisinni dam-badam bezovta qildi. Bu faollik bo‘lim oxiridagina samara keltildi - Jasur Hakimov zarbasidan so‘ng to‘p Muhsin Ubaydullayev qo‘liga tegdi va Aziz Asimov penaltiga ishora qildi. Shu tariqa Dilshod Jo‘rayev AGMKning yangi mavsumdagi ilk golini o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi - 1:1. Tanaffusdan keyin esa «Qizilqum»ning yana bir legioneri - Elguja Grigalashvili katta sahnaga chiqdi. Gruziyalik hujumchining qandaydir 20 daqiqa ichida urgan 2ta goli mehmonlarni majolsizlantirdi. Elgujaning ayniqsa, birinchi goli chiroyli chiqdi - jarima nuqtasidan berilgan ideal zarba. Uning bosh bilan urgan ikkinchi goliga esa Smit Medina Ariagner assistentlik qildi. Xullas, legionerlar bosh rolda!

«Metallurg» - «Buxoro» bahsida ham hisob xorijlik futbolchi tomonidan ochildi. Farqi shuki, Sergey Tumasyan o‘yin boshida emas, 34-daqiqadagina o‘zini ko‘rsatdi. Rossiyalik yarim himoyachi bu vaziyatda faolligi bilan alohida ajralib turgan Bahrom Abdurahimovning ajoyib uzatmasidan keyin raqib darvozaboni Xurshid Xo‘jayev oldida oldida yolg‘iz qoldi va imkoniyatni qo‘ldan chiqarmadi - 1:0. Ikkinchi bo‘limda ham bosimni pasaytirmagan Andrey Shipilov shogirdlari 74-daqiqada hisobdagi ustunlikni mustahkamlashdi: buxoroliklar jarima maydoni ichida murabbiyning o‘g‘li Andrey Shipilovga nisbatan o‘yin qoidasini buzishgach, penalti belgilandi va Server Jeparov uni golga aylantirdi - 2:0. O‘z o‘rnida ta’kidlash joiz, terma jamoamiz sobiq sardorining o‘yinidan ko‘ra, golga atagan «salto»si ancha chiroyli chiqdi. Yana bir jihat: bosh hakam Temur To‘xtasinov o‘yinga «sariq» tus berdi - u naq 10 nafar futbolchini ogohlantirdi. Diqqatni tortadigan tomoni, 10ta «sariq»dan 8tasi «Buxoro» vakillariga munosib ko‘rildi, qolaversa, ular «qizil»­dan ham bebahra qolishmadi.

2-KUN: MINIMAL MAHSUL

Qarangki, 30 mart kuniga belgilangan ilk uchrashuvda ham tezkor gol kuzatildi: 2-daqiqa, Sherzod Hakimov, 1:0. Faqat shunisi boki, bu «Surxon» va «Dinamo» o‘rtasidagi prinsipial o‘yinning eng yorqin lahzasi bo‘lib qoldi. To‘g‘ri, termizliklar qolgan vaqt ichida ham hisobni oshirish uchun yaxshigina imkoniyatlar hosil qilishdi. Biroq mezbonlarga so‘nggi pallalarda aniqlik va sovuqqonlik yetishmadi. Hattoki, penalti ham naf bermadi. Bunda Sherzod Karimov darvozabon Botirali Ergashevni alday olmadi. O‘z navbatida, «Dinamo» ham hujumlardan samara chiqarolmadi. Xullas, ikki debyutant olishuvida tarkib nuqtai nazaridan o‘tgan yilgi «Navbahor»ni eslatib yuborayotgan «Surxon» ustun keldi.

 «Lokomotiv» - «Navbahor» o‘yiniga qiziqish juda baland bo‘lgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Har holda, biri - amaldagi chempion, ikkinchisi - bronza medali sohibi. Maydonda shunga yarasha keskin va jonli kurash bordi, lekin o‘rtadagi 3 ochko taqdirini Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan 64-daqiqada urilgan yagona gol hal qildi. Andrey Kanchelskis shogirdlari ancha faol harakatlanib, o‘yin bobida «temiryo‘lchilar»dan qolishmagan bo‘lsalarda, aynan mezbonlar yana gol urishga yaqin kelishdi. Ammo Husniddin G‘ofurov so‘nggi daqiqalarda O‘tkir Yusupov bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozabonni dog‘da qoldirolmadi. Shu tariqa ikkinchi kungi ikkinchi uchrashuv ham mezbon jamoaning minimal hisobli g‘alabasi bilan yakun topdi.

3-KUN: YAGONA DURANG

«Paxtakor» bu safar «Bunyodkor» maydonida ancha qiynaldi. Chunonchi, Vadim Abramov tomonidan yangitdan shakllantirilgan jamoa asosan ishtiyoq hisobiga baralla qarshilik ko‘rsatdi va hattoki, vaziyatlardan foydalanganida g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishi ham hech gap emasdi. To‘g‘ri, o‘yinga faol kirishgan «sherlar» 17-daqiqada hisobni ochishdi. Jaloliddin Masharipovboshlagan hujumni Marat Bikmayev davom ettirdi va yakunda Doston Hamdamov sobiq jamoasini jazolash barobarida «Paxtakor»dagi birinchi golini nishonladi. 35-daqiqaga kelib, «qaldirg‘ochlar» burchak zarbasidan keyin muvozanatni tiklashdi - Mirjahon Mirahmadov boshi bilan aniq zarba yo‘lladi. «Paxtakor»ning g‘alaba goli esa 63-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Bu safar Jaloliddin Masharipov assistent rolida, oxirgi nuqtani esa Dragan Cheran qo‘ydi. Serbiyalik hujumchi shu bilan «Paxtakor»ning 2-derbini ham o‘z foydasiga hal qilishini ta’minlab, Superliga to‘purarlari yetakchisiga aylanib oldi.

2-turning yagona durang natijasi «Vodiy derbisi»da qayd etildi. Aslida Farg‘onada mezbon sifatida o‘ynagan «Qo‘qon-1912»vakillari ham, debyutant - «Andijon» futbolchilari ham hisobni ochish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lishdi, ammo yakuniy pallada ularga aniqlik yetishmadi - 0:0.

«Nasaf» - «So‘g‘diyona» o‘yinida esa muxlislar miriqib gollar ko‘rishdi. Qolaversa, jamoalar tomonidan hujumkor futbol tortiq etildi.

Qayd etilgan 4ta goldan 3tasi «Nasaf» vakillari nomiga yozildi - Dilshod Saitov, Bobur Davlatov va Islom Kenjaboyev. 

Sergey Lushan jamoasining yagona javob goliga esa Nikola Milinkovich mualliflik qildi. Ayniqsa, «Nasaf»ning 3-goli chiroyli chiqdi. Bunda Islom Kenjaboyev raqib himoyachilarini birin-ketin ortda qoldirib, individual mahorati ko‘z-ko‘z qildi. Qoyilmaqom yurish, dahshatli gol. 

«QIZILQUM» - AGMK - 3:1 (1:1)

29 mart. Navoiy. «Yoshlar» sport majmuasi.7833 tomoshabin.

Hakamlar: Aziz Asimov, Temur Gaynullin, Rasuljon Fozilov, Ilya Ilin.

Gollar: Smit Medina Ariagner (1), Elguja Grigalashvili (50, 69) - Dilshod Jo‘rayev (44-pen.).

 

«METALLURG» - «BUXORO» - 2:0 (1:0)

29 mart. Bekobod. «Markaziy» stadioni.

4178 tomoshabin.

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Ibrohim Ismoilov.

Gollar: Sergey Tumasyan (34), Server Jeparov (74-pen.).

«SURXON» - «DINAMO» - 1:0 (1:0)

30 mart. Termiz. «Surxon» stadioni. 9214 tomoshabin.

Hakamlar: Sherzod Qosimov, Alisher Usmonov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Ravshan Abduvohidov.

Gol: Sherzod Hakimov (2).

 

 «LOKOMOTIV» — «NAVBAHOR» - 1:0 (0:0)

30 mart. Toshkent. «Lokomotiv» stadioni.

4118 tomoshabin.

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Temur Galeev, Aleksandr Sidorov, Elyor Tursunov.

Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov (64).

«BUNYODKOR» - «PAXTAKOR» - 1:2 (1:1)

31 mart. Toshkent. «Paxtakor» stadioni.

18770 tomoshabin. 

Hakamlar: Ravshan Ermatov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, Shavkat Nasibullayev.

Gollar: Dostonbek Hamdamov (17), Dragan Cheran (63) - Mirjahon Mirahmadov (35).

 «QO‘QON-1912» - «ANDIJON» - 0:0

31 mart. Farg‘ona. «Istiqlol» stadioni.

6651 tomoshabin.

 

«NASAF» - «SO‘G‘DIYONA» - 3:1 (1:1)

31 mart. Qarshi. «Markaziy» stadioni.

11232 tomoshabin.

Hakamlar: Zokir Qodirov, Obid Jumayev, Ruslan Samandarov, Shuhrat Rajabov.

Gollar: Dilshod Saitov (7), Bobur Davlatov (53), Islom Kenjaboyev (79) - Nikola Milinkovich (33).

Tur Statistikasi

O‘yin: 7

Gol: 15  (o‘rtacha: 2,14...)

Tomoshabin: 61996 (o‘rtacha: 8856...)

Mezbonlar g‘alabasi: 5

Mehmonlar g‘alabasi: 1

Durang: 1

Yirik hisobli g‘alaba: -

Eng  sermahsul o‘yinlar: «Qizilqum» - AGMK, «Nasaf» - «So‘g‘diyona» (4tadan gol)

Ogohlantirish: 29 (o‘rtacha: 4,14...)

Chetlatish: 1 (0,14...)

Eng «qo‘pol» o‘yin: «Metallurg» - «Buxoro» (10ta sariq } 1ta qizil kartochka)

Eng ko‘p tomoshabin kirgan o‘yin: «Bunyodkor» - «Paxtakor» (18770)

Penalti: 3 (2tasi samarali)

«Dubl»: 1 (Elguja Grigalashvili, «Qizilqum»)

«Xet-trik»: -

Avtogol: -

To‘purarlar

Dragan Cheran («Paxtakor») - 3ta (1ta - pen.)

Sherzod Hakimov («Surxon») - 2ta

Dilshod Saitov («Nasaf») - 2ta

Elguja Grigalashvili («Qizilqum») - 2ta

 

3-tur

5 aprel (juma)

ANDIJON - LOKOMOTIV

PAXTAKOR - NASAF

6 aprel (shanba)

NAVBAHOR - BUNYODKOR

DINAMO - METALLURG

7 aprel (yakshanba)

BUXORO - QIZILQUM

AGMK - QO‘QON-1912

SO‘G‘DIYONA-SURXON

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 22:39, 01.04.2019. O'qildi: 2206 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.