Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbeklarni yig‘latgan yigitlar

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Toshkent derbisini stadiondan kuzatdim. O‘yin juda qizg‘in ko‘rinish olgan, jamoalar maydonning har bir qarichi uchun kurash olib borishardi. Ikkinchi bo‘limning o‘rtalariga yaqin «Bunyodkor» fan klubi a’zolari kattagina bannerni baland ko‘tarishdi. Unda «Paxtakor - 79» abadiy qalbimizdasiz”,- deya yozilgandi. To‘g‘risi bir lahzaga o‘yin ham yodimdan ko‘tarilib o‘y surib qoldim…

Dadamning aytishlaricha, o‘sha mudhish voqea xabari O‘zbekistonga kelganida avvaliga hech kim ishonmagan, biroz vaqt o‘tgach esa butun o‘zbek xalqi uvvos tortib yig‘lagan ekan. Shu qatori rahmatli buvim mo‘’jazgina hovlining o‘rtasidagi karavotda o‘tirgancha ko‘z yosh to‘kkanlarini haligacha to‘lqinlanib aytib beradilar. Yana aytishlaricha, qo‘shni qardoshlarimiz ham huddi nimanidir yo‘qotib qo‘ygandek uzoq vaqt karaxt ahvolga tushib qolishgan ekan.

1979-yilning 11 avgust sanasida Toshkentda «Zarya» klubini 3 : 1 hisobida dog‘da qoldirgan «Paxtakor» Minskning «Dinamo» klubiga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazish uchun otlangan, xalqimizning 17 ta erkatoy farzandlari «TU-134» rusumdagi samaliyot bortiga chiqqib borishar ekanlar bu ularning so‘nggi safari bo‘lishi mumkunligi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan bo‘lsalar kerak. 11-avgust sanasida Ukraina osmonida 8400 metr balandlikda ikki samolyot to‘qnashib ketadi. O‘sha kun o‘zbek futboli tarixida abadiy qora kun bo‘lib qoldi. Ravil Agishev, Mixail An, Olim Ashirov, Sirojiddin Bozorov, Konstantin Bakanov, Yuriy Zagumennix, Shuhrat Eshbo‘tayev, Aleksandr Korchyonov, Nikolay Kulikov, Vladimir Makarov, Sergey Pokatilov, Vladimir Sobirov, Idgay Taztedinov, Mansur Tolibjonov, Vladimir Fyodorov, Viktor Churkin, Vladimor Churkin… bu futbolchilar 11-avgust sanasdida Belorussiyaga uchib ketayotgan futbolchilarning to‘liq ro‘yxati edi…

Eng achinarlisi shundaki, baxtsiz hodisa tufayli futbolchilarning tanalari parchalanib ketgan edi. Olamdan o‘tgan futbolchilarni O‘zbekistonga jo‘natish uchun jo‘natilgan tobutlarga joylashtirish  maqsadida jasadlarni qidish ishlari uzoq davom etadi, ammo besamar yakunlanadi. Shunda uchuvchilar uslubidan foydalanilgan ekan.

Samolyot qulagan yerdagi tuproqlar bir joyga yig‘ilib, tobutlarga solinib, dafn marosimini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga jo‘natiladi.

Samolyot erta-indin O‘zbekistonga kelishini eshitgan xalqimiz uyida o‘tira olmay qoladi. Qanday qilib shunday paytda uyda o‘tirish mumkin?

Samolyot aeraportga tongda qo‘nishini bilgan muxlislar o‘sha tunni qo‘nalg‘a oldida o‘tkazishadi. O‘zbek xalqining sevikli farzandlarini so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun kelgan odamlar ko‘chalarga sig‘may ketadi.
O‘zbeklardan tashqari  qo‘shni tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman og‘alarimiz bu dardni o‘zlarinikidek bilib xalqimizning og‘ir kunida yelkama-elka turishgani taxsinga sazovor… Samoga sochilgan 17 yulduzning tobutlari O‘zbekistonga keltirilganda hamma eng yaqin insonini yo‘qotgandek  ko‘zlaridagi yoshlarni to‘xtata olamy qolgan ekan. Futbolchilarning tobutlari xalqimizning mehnatda qoraygan qo‘llarida daryoda suzib ketayotgan soldek so‘nggi manziliga oshiqardi.  
Keyinchalik o‘tkazilgan «Dinamo Minsk» va «Paxtakor» o‘rtasidagi uchrashuvda xalqimiz jamoasining o‘rinbosarlari maydonga tushishadi. O‘sha davrlarda Sobiq Ittifoqning eng kuchli klublaridan biri bo‘lgan «Dinamo Minsk» o‘sha uchrashuvda yirik hisobda yengilib beradi. Hammasini tushunub turgan muxlislar  uchrashuv yakunlangach,  o‘rinlaridan tuirb, ko‘zda yosh bilan futbolchilarni uzoq vaqt olqishlab turishadi…

Bu voqealar qariyib 40 yil avval bo‘lib o‘tgan bo‘lsada, Otalarimiz xotiralaridan hozirgi kunimizgacha bir lahza ham o‘chmasdan yetib keldi. Istalgan o‘zbekdan ushbu voqea haqida so‘rang. U o‘ylab o‘tirmay javob beradi. Sababi, «Bunyodkor» fan klubining bannerida yozilganidek, ular har bir o‘zbekning yuraklarida abadiy qolajak!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:16, 03.04.2019. O'qildi: 10497 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.