Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Dinamo» - «Metallurg»: Ustunlik kimda?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

6 aprel kuni Cuperligasi 3-turi doirasidagi e’tiborli o‘yinlardan biri Samarqandda «Dinamo» hamda «Metallurg» o‘rtasida kechadi. Ushbu o‘yinda har ikki jamoani ham g‘alabadan boshqa natija qoniqtirmasligi aniq. Shunday ekan, shanba kuni ko‘hna shaharda shiddatli o‘yin bo‘lishi aniq.

Superliga-2019. 3-tur

6 aprel (shanba)

«Dinamo» (Samarqand) – «Metallurg» (Bekobod)

Samarqand, “Dinamo” stadioni.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 16:30.

SAMARQANDDAGI O‘YINNI «SPORT» TV NAMOYISH ETADIMI?

“Dinamo” – “Metallurg” uchrashuvi ham “Sport” telekanali tomonidan namoyish etilishi rejalashtirilgan. 6 aprel kuni MTRK ko‘chma televizion stansiyasi Samarqandda bo‘ladi. Shu kuni “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvi 17:00da boshlanishi bois ushbu bahs “jonli efir”da namoyish etiladi, “Dinamo” - “Metallurg” o‘yini esa yozib olingan holda o‘yin tugashi bilan soat 19:00dan boshlab “Sport” telekanalida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvni sharhlovchi Abdulla Nurmonov sharhlab boradi.

ESKI TANISHLAR...

“Dinamo” - “Metallurg” o‘yinida jamoalar tarkibida aksariyat futbolchilar o‘zlarining sobiq klublariga qarshi to‘p surishadi. Xususan, “Dinamo” safidagi Dilmurod Karimov bir necha yillar davomida “Metallurg” sharafini himoya qilib, tanilgan bo‘lsa, “Metallurg” safidagi Muhammad Isayev “Dinamo” safidagi o‘yinlari bilan muxlislar e’tiboriga tushgandi.

JAMOALAR MAVSUMNI QANDAY BOSHLASHDI?

«Dinamo» jamoasi Superliganing 1-turida Samarqandda “Nasaf”ni qabul qilib 1:1 hisobini qayd etgan bo‘lsa, 2-turda Termizda “Surxon”ga mag‘lub bo‘ldi - 1:0.

“Metallurg” klubi esa dastlabki turda Termizda 1:1 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, 2-turda Bekobodda “Buxoro”ni 2:0 hisobida mag‘lub etishga erishdi.

O‘ZARO O‘YINLAR TARIXI: USTUNLIK «DINAMO»DA

“Dinamo” va “Metallurg” jamoalari shu kunga qadar kuchlilar safida o‘zaro36 bor kuch sinashishgan. Ushbu o‘yinlarning 17 tasida “dinamochilar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 11 ta o‘yinda bekobodliklar zafar quchishgan. 8 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 53:41, samarqandliklar foydasiga.

Eng sermahsul uchrashuv ikki bor qayd etilgan bo‘lib, darvozalarga sakkiztadan gol kiritilgan. Tomonlar bir martadan 5:3 hisobida g‘alaba qozonishgan. Bu o‘yinlarda “Dinamo” 59 ochkoni, “Metallurg” esa 41 ochkoni qo‘lga kiritgan.

“Dinamo”ning o‘zaro o‘yinlarda bekobodliklar ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:0. “Metallurg”ning “Dinamo” ustidan qozongan yirik g‘alabasi – 3:0.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga nazar tashlab shuni bilish mumkinki, «Dinamo» so‘nggi 17 yil davomida «Metallurg»ni Samarqandda faqat 1 marta mag‘lub eta olmagan. Bekobodliklar so‘nggi marta 2017 yilda ko‘hna shahardan g‘alaba bilan qaytishgan.

Samarqandda o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv:

05.08.2017 «Dinamo» - «Metallurg» 0:3

02.05.2015 «Dinamo» - «Metallurg» 1:0

23.03.2014 «Dinamo» - «Metallurg» 2:0

29.10.2013 «Dinamo» - «Metallurg» 1:0

27.08.2012 «Dinamo» - «Metallurg» 3:2

01.10.2011 «Dinamo» - «Metallurg» 3:1

“DINAMO” 683-O‘YIN ARAFASIDA...

“Dinamo” 1992 yildan buyon O‘zbekiston chempionatlari yuqori ligasida 682 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 235 tasida g‘alaba qozongan. 120 ta uchrashuvda durang qayd etgan. 327 o‘yinda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Samarqandliklar raqiblari darvozasiga 829 ta to‘p kiritganlari holda, o‘z darvozalaridan 989 ta to‘p olib chiqishga majbur bo‘lishgan. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2000 yil Angrenning “Semurg‘” jamoasiga qarshi uchrashuvda kuzatilgan – 8:0. O‘z navbatida “Dinamo”ning milliy chempionatimizdagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati ham 0:8 ni tashkil etadi.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 13:57, 05.04.2019. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик