A Pro-liga jamoalari o‘rtasida 1-tur o‘yinlariga yakun yasaldi.
Turning so‘nggi uchrashuvi Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazilib, unda mazkur viloyatning ikki vakili – “Iftixor” va “Istiqlol” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Uchrashuv nominal mehmon sifatida harakat qilgan “Istiqlol”ning katta ustunligida o‘tib, unda yirik – 0:3 hisobi qayd etildi. Bu g‘alaba “Istiqlol” futbolchilarini musobaqada peshqadamga aylantirdi.
Umuman, kecha bo‘lib o‘tgan uchta o‘yindan ikkitasida mehmonlar g‘alaba qozonishgan edi. Shu ma’noda aytadigan bo‘lsak, 1-tur o‘yinlari mehmonlarga ataldi.
“A” Pro-Ligasi
3 aprel
“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Oqtepa” (Toshkent) – 2:1
Gollar: Nurali Padarov (25), Qahramon Bahodirov (77) – Pavel Purishkin (33)
“Neftchi” (Farg‘ona) – “Xorazm” (Xorazm) – 0:1
Gol: Davron Mamatov (70, avtogol)
“Sherdor” (Samarqand) – “Mash’al” (Muborak) – 0:1
Gol: Muhammad Toshpo‘latov (90+4)
4 aprel
“Iftixor” – “Istiqlol” – 0:3
Gollar: Anvar Xojimirzayev (31), Farrux Ibrohimov (35), Anvar Berdiyev (90).