Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Ronaldu: «Vaqt o‘tgani sari avvalgi tempda o‘ynay olmasligingni tushunib borasan»

Baho:
+ | -1
JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Bundan 5 kun avval «Evro futbol» nashri Ronaldu bilan juda qizg‘in suhbatni o‘z sayti va "You Tube" kanalida e’lon qildi. Kichik bo‘lsada ancha qiziqarli suhbat bo‘lgani kishini quvontiradi. Saytimiz o‘quvchilariga ham ushbu intervyuni ilindik.

Bugun o‘z xursandchiligingni yashirib bo‘lmaydigan kun. Sababi, oldimda hamma zamonlarning eng yaxshi futbolchisi, buyuk futbolchi Krishtiyanu Ronaldu. Salom Krish! O‘ylashimcha, yaxshi boshladim?

(Kuladi) Albatta, Seni ko‘rib turganimdan hursandman.

Avvalambor, sening jismoniy imkoniyatlaring to‘grisida gaplashsak. Professional faoliyatingni boshlashingdan avval nimjongina yigit eding ,endi esa, haqiqiy atletga aylangansan. Bunday darajaga chiqishing uchun nima shu qadar ruhlantirdi, yoki boshqa sabab mavjudmi?

Hech kimga sir emas, men bundan 13 yil oldin o‘z ustimda ishlash borasida mo‘ljallangan programma asosida shug‘ullanishni boshlaganman. Hozirgi kunlarga qadar aynan shu programma asosida mehnat qilib kelyapman. Meni ruhlantirgan narsa haqida to‘xtalsam. O‘spirin paytimda mashg‘ulot zalida hammadan koproq qolib ketardim. Sababi, o‘zimda o‘sish kuzatila boshlangan, menda muskullar sezilib qolgandi. Keyin yanada katta qizqish bilan ko‘proq shug‘ullana boshladim. Keyin presslar paydo bo‘la boshladi. Shunday tartibda men havaskorlarcha shug‘ullana boshladim. Professional futbolga o‘tganimdan so‘ng, menga yuqorida aytilganidek mahxus programmada ishlashni tavsiya qilishdi. Men bu tavsiyaga hozirgacha amal qilib kelyapman. Rasmga chiroyli tushish ,yoki kimgadir yoqish maqsadida o‘z ustimda ishlamayman. Jismonan baquvvat futbolchilar uchun maydonda harakatlanish ancha osonlashadi. O‘z tanamni tinimsiz chiniqtirib borishdan maqsadim shu.

So‘nggi yillarda tashqaridan qaraganda sening o‘yin uslubing tubdan o‘zgargan, ya’ni oldingidek dribling va fintlar ishlatmay qo‘yding.

Yo‘q, nega (kuladi) hozirgacha o‘yinlarda dribling ishlatamanku!

To‘g‘ri, lekin  «Manchester Yunayted»dagi Ronaldu bilan «Yuventus»dagisining o‘rtasida katta farq bor. Hozir sen sof hujumchi sifatida harakatlanyapsan. Hujumchiga aylanish o‘zing tomoningdan qabul qilingan qarormi? Yoki bizga shunday tuyulmoqdami?

Vaqt o‘tgani sari avvalgi  tempda o‘ynay olmasligingni tushunib borasan va shunday qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Bu - fint va driblingni boshqa ishlata olmayman degani emas. Men bundan 6 yil avval bir narsani tushunib yetdim. Maydonda eng muximi - g‘alaba qozonish, jamoang uchun foydali harakatlarni amalga oshirish va gol urish! 6 yildan beri ayan shu 3 ta omilga bor e’tiborimni qarataman. Avvalgidek bor energiyamni fint yoki driblingga emas, shu 3 ta omilga qaratishga qaror qildim. Sababi, o‘yinda g‘alaba qozonish eng muhimi! Agar men gol ursam, bu - jamoamga yordam bera oldim degani! Aynan shu omil sabab o‘z o‘yin uslubimni o‘zgartirdim.

Endi senga blits savollar beraman. Ikkita variantdan birini tanlashing kerak bo‘ladi.

Ikkita variant? Bu bir dona variant berganingdan yaxshiroq (Kuladi)

Bugatti yoki Lamborgini?

Bugatti!

Mashg‘ulotlardan so‘ng uyga ketib dam olish, yoki hammadan so‘ng qolib qo‘shimcha mashg‘ulot o‘tkazish?

Hmm… Boshqa variant aytsam bo‘ladimi?

Yo‘q! Shu ikkisidan birini tanlashingga to‘g‘ri keladi!

Unday bo‘lsa, qolib mashg‘ulot o‘tkazishni tanlayman

Aynan shu javobni sendan kutgan edim. Insonlarni avval o‘rganasanmi, yoki darrov tanishishga intilasanmi?

Darrov kontakt qilishga urunaman.

Ruhiy ustunlik yoki jismoniy ustunlik?

Ruhiy ustunlik. Sababi, g‘alaba aynan shunday ustunlik evaziga qo‘lga kiritiladi.

Selfi yoki avtograf

Selfi! Chunki avtograf berish ko‘p vaqtni oladi.

Krassovka yoki Butsa?

Butsa!

Fergusson yoki Zidan?

Albatta, Fergusson. U menga o‘z otamdek yaqin.
Krish vaqt ajratganing  uchun sendan minatdormiz. Bugun futbol olamining hamma zamonlardagi eng kuchli futbolchisi bizning savollarga javob berdi.

Y.U tarjima qildi.

Manba: Evro-Futbol
Kiritildi: 19:51, 06.04.2019. O'qildi: 10784 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.