Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 16.11.2025

      07:00 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      08:00 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      09:40 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      11:35 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      13:30 Д/ф "КОПА 71".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      19:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      01:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      02:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 16.11.2025

      05:00 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 109 кг.
      06:05 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. Свыше 109 кг.
      07:10 "Страна спортивная".
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      10:10 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      11:00 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      12:35 Д/ф "Криштиану Роналду. Единственный и неповторимый".
      13:45 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Женщины. Финал. Прямая трансляция.
      18:55 LIVE Волейбол на снегу. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Мужчины. Финал. Прямая трансляция.
      20:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 3. Прямая трансляция.
      23:30 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      01:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      01:35 Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан.
      03:40 "Эволюция спорта".
      04:05 Прыжки на батуте. ФГК Чемпионат России в Екатеринбурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 16.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли. Прямая трансляция.
      11:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC 173 в Токио, Япония. Анатолий Малыхин против Умара Кейна. Прямая трансляция.
      16:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Челябинск" - "КАМАЗ" (Набережные Челны). Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. СКА (Санкт-Петербург) - "Металлург" (Магнитогорск). Прямая трансляция.
      22:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:00 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:35 Д/ф "Мэнни Пакьяо. Непреодолимая сила".
      04:00 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Белогорье" (Белгород) - "Зенит-Казань".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 16.11.2025

      05:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      08:00 Олимпийский канал. "Сила Олимпиады". "Милан-Кортина 2026. 100 дней до начала".
      09:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Финальный этап. "8 часов Бахрейна" в Сахире. Лучшие моменты.
      12:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      13:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      13:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка. Прямая трансляция.
      15:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      16:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      16:45 LIVE Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Пауэрлифтинг. Чемпионат мира в Клуж-Напоке, Румыния. Женщины. До 84 кг; Мужчины. Свыше 120 кг. Прямая трансляция.
      21:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      22:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Короткая программа.
      23:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Мужчины. Произвольная программа.
      00:10 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Танцы на льду. Произвольный танец. Прямая трансляция.
      01:55 LIVE Фигурное катание. Гран-при ISU. Skate America в Лэйк-Плэсиде, США. Женщины. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      04:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston jahon chempionatiga boradi. Keyin-chi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

20 yildan oshiqroq vaqt bo‘libdiki, mamlakatimiz futbol ahli jahon chempionati yo‘llanmasi orzusi bilan yashamoqda.

Chiqolmaslik hammamiz uchun oddiy holga aylanib qoldi, bunga yillar davomida ko‘nikdik, kimdir JCH yo‘llanmasi haqida gapirsa, qo‘l siltab ketadigan darajaga kelganmiz. Lekin men bugun shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, orzular ro‘yobga chiqadigan kunlar yaqinlashayotgani aniq.

Imonim komilki, keyingi musobaqalarda milliy terma jamoamiz mundialning doimiy ishtirokchilari qatorida bo‘ladi. Haqiqat biroz achchiq bo‘lsada, shuni ta’kidlash joiz - JCHda qatnashishga o‘z mehnatimiz bilan erishayotganimiz yo‘q.

Shunday ekan, bizga berilayotgan imkoniyatdan oqilona foydalanishimiz qay darajada kechadi? Mazkur yo‘llanma millatimiz futbolini tubdan o‘zgartirib yubora oladimi yoki hammasi eski tos, eski tog‘oraligicha qolib ketadimi? Bugun mazkur savollarga javob topishga harakat qilamiz. 

Kirish so‘zlaridan ba’zilar hayron bo‘layotgani tabiiy, lekin 2022 yili Osiyo maydonlarida o‘tajak jahon chempionatida mamlakatimiz milliy terma jamoasi ham ishtirok etishi haqiqatga yaqinligi kunda-kunga oydinlashib bormoqda. Aslida, FIFA JCH ishtirokchilari sonini 48taga yetkazishi haqidagi qarorini 2026 yildan qo‘llamoqchi edi. Lekin oxirgi oylarda jarayon anchagina tezlashib ketdi, xususan, FIFA rahbari Janni Infantino va uning jamoasi Qatar atrofidagi mamlakatlarga tashrif buyurib, u yerdagi ahvolni atroflicha o‘rganishlari alal-oqibat mazkur fikrning 2022 yilgi mundial uchun ham qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Shu kunlarda Osiyo futbol konfederasiyasi musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Avazbek Berdiqulov Toshkentda bo‘lib turibdi. Avaz - mening ko‘p yillik qadrdon do‘stim, qolaversa, eski hamkasbim. U bilan futbol borasida, ayniqsa, Osiyo futboli xususida ko‘p musohaba qilamiz. O‘z ishiga professional munosabatda bo‘lishiga, ya’ni OFKdagi gap-so‘zlarni, hattoki, bizga ham aytmaslikka harakat qilishiga qaramasdan, undan baribir, ba’zi ma’lumotlarni olib turamiz.

Yaqinda u bilan gaplashib shunga amin bo‘ldimki, 2022 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari sonining 48taga oshirilishi deyarli 99 foizga hal bo‘lgan. Aslida, bunga Berdiqulovning gaplarisiz ham katta ishonch bor edi, bizda. Lekin OFK vakilining FIFA musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi xodimi bilan bo‘lgan suhbatidagi gaplar orqali shuni payqash mumkinki, yozda bo‘lib o‘tadigan FIFA yig‘ilishi JCH ishtirokchilari sonining 48taga oshirilishi bilan yakun topadi.

Hozirda asosiy muammo - Qatar atrofidagi mamlakatlardan JCH uchun yarab beradigan 4 dona stadion «topilishi» kerak. Aytishga oson, lekin buning ortida ne-ne mashaqqatlar turibdi. Mehmonxona, infrastruktura, mashg‘ulot maydonlari, degandek ko‘pgina masalalar bor. FIFA loaqal ikkita mamlakatdan 2tadan stadion topilsa, mundial ishtirokchilari sonini 48taga oshirishga tayyor. Mazkur ikki davlat o‘z maydonida JCHni qabul qila olishga «kafolat xati» taqdim etsa, yetarli.

Bu ro‘yxatda dastlab BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Ummon va Quvayt kabi davlatlar bor edi. Bahrayn haqida tayinli bir nima deyish qiyin bo‘lsada, BAA va Saudiya Arabistoni bunday musobaqani muammosiz qabul qila oladi. Lekin mazkur uch mamlakat bilan Qatarning munosabati yaxshi emasligi FIFA uchun shunchalik ahamiyatliki, shu birgina sabab tufayli bularni mundial uchun Qatarga sherik qila olmaydi. Boshqa tomondan, o‘ziga sherik bo‘lishi kutilayotgan mamlakatlarni xususan, Qatarning o‘zi tasdiqlashi kerak. Ummon bilan Quvayt esa jahon chempionatini o‘zida qabul qilishga juda mos mamlakatlar emas. Ulardan atigi ikkita stadion so‘ralayotgan bo‘lsada, shuni ham ta’minlab berishiga ishonish qiyin. Xullas, masala ancha chigal.

Ko‘rinishidan chigallik borga o‘xshasada, FIFA rahbarlari bunday muammolarni doimo o‘zlari o‘ylagandek tarzda bartaraf etib kelishgan. Men yuqorida Avaz Berdiqulov bilan bo‘lgan suhbatlarimizni bejiz tilga olmadim. U FIFAdagi musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi xodimi bilan o‘zaro suhbati haqida aytgandi. Berdiqulovning «Qatar bilan ishlash juda qiyin, ular bilan 2011 yilgi Osiyo chempionatida ham ishlab ko‘rganmiz», degan gapiga FIFA rasmiysi «Xotirjam bo‘ling, biz undan murakkabroq bo‘lgan Rossiya bilan ham ishlab ko‘rdik», degan. Bu gaplardan shuni tushunish mumkinki, Qatarni JCH ishtirokchilari sonini 48taga yetkazishga ko‘ndirish FIFA uchun unchalik qiyin yumush emas. Barcha ishning boshida Janni Infantinoning shaxsan o‘zi turganligi esa, mazkur masala ijobiy hal bo‘lishini bildirishiga yana bir turtki.

Xullas, yuqorida aytganimizdek, JCH ishtirokchilari soni 48taga oshirilishi masalasi deyarli 99 foizga hal qilib bo‘lingan, natijada, Osiyodan ishtirokchilarning soni ham 8,5taga chiqariladi.

Doimiy ishtirokchilar - Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron va Avstraliyaga qo‘shimcha, yana 4 terma jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialga yo‘l oladi. Milliy terma jamoamiz uchun kuchli sakkizlikka kirish - oyga uchish emas. Lekin...

Shu yerga kelganda juda katta bir «lekini» borki, yaqin kelajakda barcha masala mana shu so‘z atrofiga qurilsa ajab emas. Xo‘p, jahon chempionatining doimiy ishtirokchisiga aylandik ham deylik. Keyin-chi? Ke-yin bizni qanday kunlar kutib turibdi? FIFAning bizga taqdim etayotgan imkoniyatidan vakillarimiz qay darajada foydalana olishadi?

So‘nggi bir yil ichida Urugvay terma jamoasi bilan o‘tkazilgan ikki o‘rtoqlik uchrashuvida bo‘lgan voqealardan yaxshi xabardorsiz. Ikkita o‘yin - ikkita 0:3 hisobi. Luis Suares va Edinson Kavani ishtirok etgan o‘yinlarda ham, ularsiz ham Urugvay bizni osonlikcha taslim etmoqda.

Milliy terma jamoamiz agar shu kunlarda janubiy amerikaliklar bilan yana bir marta maydonga tushsa, men yana bir bora 0:3 hisobi takrorlanishiga zarracha shubha qilmayman. Urugvay kabi terma jamoalar bilan hozirgi farqimiz rostdan ham nolga uch. Ikkinchi tomondan - Xitoyni mehmonda yutishimiz ham anchayin normal holat. JCH saralashida Babayan bilan yutqazgan bo‘lsak ham, oldinroq o‘rtoqlik o‘yinida 2:1 hisobidagi g‘alabani muxlislar yaxshi eslashadi. Aytmoqchimanki, kecha yoki bugun bizning kuch va salohiyatimiz jiddiy tarzda o‘zgarib qolgani yo‘q. O‘sha temp, o‘sha kuch, o‘sha o‘yinlar...

Men Urugvay masalasi tilga olinganda, o‘sha kunlari biz bilan parallel o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida Yaponiya va Janubiy Koreya qayd etgan natijalarni alohida tilga olishni istardim. Yapon va koreys futbol uyushmasi rahbarlari birgalikda harakat qilishganmi, ishqilib, o‘sha 22 va 26 mart kunlari Kolumbiya va Boliviya terma jamoalari ikki Osiyo grandiga qarshi almashib maydonga tushishdi. Natijalar:

22.03.2019

Janubiy Koreya - Boliviya - 1:0

Yaponiya - Kolumbiya - 0:1

26.03.2019

Janubiy Koreya - Kolumbiya - 2:1

Yaponiya - Boliviya - 1:0

Bu to‘rt o‘yin natijasini to‘lig‘icha e’tiboringizga havola etayotganim bejiz emas. Gap shundaki, Urugvay bilan nisbatan yaqin futbol namo-yish etadigan, deyarli teng kuchga ega bu ikki terma jamoaga qarshi o‘yinlarda Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari umumiy hisobda 4 o‘yindan uchtasida g‘olib chiqishdi. Yagona uchrashuvda Kolumbiyaga mag‘lub bo‘lgan Yaponiya ham atigi bir to‘p farqi bilan yutqazdi. Aytmoqchimanki, jamoalar o‘rtasidagi farq katta emas. Hattoki, osiyoliklarning ustun taraflari ham ko‘p. Oldingi jahon chempionatlarida buni isbotlashgan yaponlar, koreyslar, qolaversa, eronliklar bu borada ancha dadillik bilan olg‘a qadam tashlashmoqda. Lekin biz-chi?

Qiziq bir holatga e’tibor qarataman: go‘yoki, biz Yaponiya va Janubiy Koreya kabi terma jamoalar bilan juda kichik farq bilan orqada ekandek ko‘rinsak-da (eslang, jahon chempionatiga chiqishimizga bitta gol yetmadi - 2017 yilgi gap, jahon chempionatiga chiqishimizga 2ta gol yetmadi - 2013dagi gap), o‘sha Yaponiya va Janubiy Koreyalar ko‘pincha asosiy maydonlarda o‘z so‘zlarini aytishadi. O‘sha lahzalarda JCH saralashidagi kichik farqlardan asar ham qolmaydi.

Uzoqqa bormaylik, aynan biz bilan maydonga tushgan tarkib, aynan o‘sha yigitlari bilan o‘ynagan Urugvayga qarshi Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni qanday natija qayd etishgani haqida biroz to‘xtalsak.

20 iyun 2018. Jahon chempionati

Urugvay - Saudiya Arabistoni - 1:0

Gol: Luis Suares (23).

Urugvay: Muslera, Godin, Ximenes, Kaseres, Varela, Sanches (Nandes 82), Bentankur, Rodriges (Torreyra 59), Vesino (Laksalt 59), Suares, Kavani.

12 oktyabr 2018. O‘rtoqlik uchrashuvi

Janubiy Koreya - Urugvay - 2:1

Gollar: Xvan In Cho (66),

Chon U Yon (79) - Vesino (72).

Urugvay: Muslera, Godin, Laksalt, Kaseres, Koates, Nandes (Silva 46), Bentankur, Torreyra, Vesino (Pereyro 73), Stuani (Gomes 62), Kavani.

16 oktyabr 2018. O‘rtoqlik uchrashuvi

Yaponiya - Urugvay - 4:3

Gollar: Minamino (10, 66),

Osako (36), Doan (59), - Pereyro (28), Kavani (57), Rodriges (75).

Urugvay: Muslera, Godin, Laksalt, Kaseres, Koates, Pereyro (Stuani 85), Bentankur (Valverde 46), Torreyra (Nandes 74), Sarrachi, Arraskayeta (Rodriges 46), Kavani.

Yana Osiyo vakillari ijrosida 3 o‘yin, 2 g‘alaba.

Men anchagina joy talab qilsa ham atayin uchala o‘yindagi Urugvay tarkibini to‘lig‘icha bermoqdaman. Bu uch uchrashuvdagi hisoblar va gollar ketma-ketligiga e’tibor qiling.

Janubiy Koreya dastlab to‘p kiritmoqda, keyin Urugvay hisobni tenglashtiradi, yakunda koreyslar yana gol urib, g‘alabani ilib ketishadi - 2:1.

Yaponiya hisobni ochadi, keyin -1:1, yaponlar yana oldinga chiqib olishadi, Kavani 2:2 qiladi, yaponlar endi 2ta gol urishadi - 4:2. So‘nggi zarbani Urugvay beradi - 4:3, lekin bu janubiy amerikaliklarning o‘yindagi so‘nggi goli bo‘lib qoladi.

Ko‘rayapsizmi, o‘yinlarning qanaqa borishini. Bu bahslarni tomosha qilolmagan inson ham o‘yindagi shiddat va murosasizlikni bemalol his qilishi mumkin.

Birgina Urugvay misolida bizning terma jamoamiz xalqaro maydonlardagi katta uchrashuvlarga hali umuman tayyor emasligini ko‘rishimiz mumkin. Shu onda qiziq bir fikr beixtiyor miyaga keladi. O‘sha yutgan o‘yinlarda Yaponiya ham, Janubiy Koreya ham asosan o‘z maydonida harakat qilgan. Xo‘sh, nega biz aynan shunday o‘yinlarni o‘z maydonimizga - Toshkentga olib kela olmaymiz? Balki shunda yirik hisoblar biroz kichiklashib, balki durang ham qayd etilib qolar? O‘z uyimizdagi devorlar kuch berishi oqibatida bora-bora g‘alabali seriyalarni ham boshlab olarmiz (gap faqat bizdan ikki hissa kuchli terma jamoalar haqida ketmoqda). Shaxsan men o‘sha Urugvay terma jamoasi bilan «Milliy» stadionida yana bir o‘yin o‘tkazilsa, hisob endi boshqacharoq bo‘lishiga ishonaman.

Afsuski, bunday yirik o‘yinlar Toshkentda o‘tkazilganiga muxlislar deyarli guvoh bo‘lishmagan. 1995 yili Nigeriya terma jamoasi «Paxtakor»da to‘liq tarkibi bilan o‘ynab, biznikilarni 3:2 hisobida yutgan o‘yin, menimcha, hozircha yagona bo‘lib turibdi.

Ortga qaytib, shuni alohida tilga olishni istardimki, 2018 yilda O‘FA tomonidan tashkil qilingan Senegal, Marokash, Eron, Urugvayga qarshi nazorat o‘yinlari shubhasiz, futbolimiz tarixiga o‘rtoqlik uchrashuvlari borasidagi tub burilish bo‘lib kirdi. Endi O‘FA mazkur yirik ishning davomini ham shunday tempda bajarsa, juda a’lo ko‘rsatkich bo‘lardi. Ya’ni, dunyoning top terma jamoalari bilan tashkillashtirilajak o‘yinlarning Toshkentda o‘tishini ta’minlab berishni. Zero, neytral maydon va mehmondagi uchrashuvlardagi mag‘lubiyatlardan boshi chiqmayotgan milliy terma jamoamiz bo‘lajak jahon chempionatlariga shu tarzda munosib tayyorgarlik ko‘rsa, qachondir mundialga borganda, Urugvayga o‘xshash kuchli raqib qarshisida dovdirab qolmagan bo‘lur edi...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 23:16, 06.04.2019. O'qildi: 8188 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.