Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qizil» sevar qahramon yoki yoki mavsum davomida 5 marta

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Alfredo Morelos - «Glazgo Reynjers»ning yangi yetakchisi. «Liverpul»ning tirik afsonasi Stiven Jerrard «Reynjers» qaddini ko‘tarish uchun izlanishdan sira to‘xtamayapti.

Ammo «Seltik» Shotlandiya chempionati oliy divizionida hamon chinakam raqobatni sezayotgani yo‘q. Azaliy raqiblar o‘rtasidagi katta farq o‘z yo‘liga, ammo «Reynjers»ning yana ravon yo‘lga tushib olganini alohida aytish kerak, baribir. Ha, Jerrard jamoasiga ba’zan barqarorlik to‘liq shakllanmagani biroz pand bermoqda. Shunday bo‘lsada, jamoaning turnir jadvalidagi mavqei chakki emas. Har holda, glazgoliklar chempionatni munosib yakunlash (katta ehtimolki, 2-o‘rinda) imkoniyatiga egalar.

Bugungi «Reynjers»da bosh ijrochi-goleador roli 22 yoshli Alfredo Morelos zimmasida. Istiqbolli hujumchi Premyer-liganing 32ta turida 17ta gol urish barobarida yana 4tasiga assistentlik qildi. Xullas, gollar soni bo‘yicha qisqa faoliyatidagi shaxsiy rekordini o‘rnatgan Morelos bosh to‘purarga atalgan sovrin uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Biroq Alfredo asosiy o‘yin, ya’ni «Seltik»ka qarshi kechgan va jamoasining 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan tugagan derbida maydondan chetlatildi. Diqqat qiling, bu goleador futbolchi uchun joriy mavsumdagi 5-qizil kartochka hisoblanadi. To‘g‘ri, yosh hujumchiga ko‘rsatilgan birinchi «qizil» keyinroq bekor qilingandi, biroq 4 marta haydalish ham ko‘p-da, albatta.

• Oxirgi qizil kartochkadan so‘ng Stiven Jerrardning Morelosga nisbatan muhabbatiyu hurmatidan asar ham qolmadi, shekilli. «Biz uni klub ichida alohida muhokama qilamiz va albatta, tegishli jazo chorasi belgilaymiz. Alfredo olg‘a intilishi kerak, buning uchun avvalo, tabiatini o‘zgartirmasa bo‘lmaydi. Ha, raqib futbolchilari uni izdan chiqarishga urinishdi, ammo yetuklikni ko‘zlagan o‘yinchi barchasiga chidashi shart. Aks holda, hech ham uzoqqa borolmaydi. Axir raqibning jig‘iga tegish holati futbolda tez-tez uchraydi. Bunga qadar barchasidan ko‘z yumib, Alfredoni qo‘llab-quvvatlab keldim, ammo buyog‘iga uni himoya qilolmayman», - dedi ingliz mutaxassisi «Seltik»ka qarshi kechgan o‘sha alamli uchrashuvdan so‘ng.

• Morelos joriy mavsum «Aberdin» bilan o‘yinlarda 3 marta qizil kartochka oldi, shuningdek, «Ufa» (ELda) hamda «Seltik»ka qarshi bahslarda ham jamoasini og‘ir ahvolda qoldirdi. «Reynjers» shu o‘yinlarning atigi 1tasida g‘alaba qozondi, xolos. Demakki, Alfredo kartochkalarining jamoa natijalariga salbiy ta’siri katta. Darvoqe, Morelosning maydondan chetlatilgani hisob nuqtai nazaridan bilinmagan o‘sha yagona uchrashuv fevral oyida «Aberdin»ga qarshi kechgan. Hujumchi o‘shanda 57-daqiqadayoq maydondan chiqib ketgan, ammo bunga qadar raqib darvozasini 2 marta ishg‘ol etib, 4:2 hisobiga zamin yaratgandi.

• «Reynjers» Shotlandiya Premyer-ligasi doirasidagi 32ta o‘yinda 63 ochko to‘pladi. Shundan 39tasi Morelos gol urgan o‘yinlarda qo‘lga kiritilgan. Boshqacha talqin qilsak, kolumbiyalik yosh hujumchi gol urgan uchrashuvlarda «Reynjers» biror marta mag‘lubiyatga uchragani yo‘q (12ta g‘alaba va 3ta durang).

• Qahramonimiz Shotlandiya kubogida ham o‘zini ko‘rsatdi. Misol uchun, u «Kilmarnok» bilan bahs (5:0)da «poker»ga erishdi. Ikkinchi tomondan, «Aberdin»ga qarshi kechgan o‘yinlarni omadsiz o‘tkazdi - gol urolmagani yetmaganidek, 2 marta sariq kartochka oldi. Liga kubogiga kelsak, Morelos bu turnirda birgina  «Danfermlayn» darvozasini ishg‘ol qildi. U shuningdek, YEL guruh bosqichi doirasida «Rapid»ga qarshi kechgan uchrashuvda «dubl»ga erishdi.

• Morelos o‘tgan yili yozda «Bordo» va Kiyev «Dinamo»si nazariga tushgandi. Yanvar oyidagi transferlar bozorida esa «Nissa» kolumbiyalik yigit uchun «Reynjers»ga 9 million yevro taklif qildi, ammo glazgoliklar ko‘nishmadi. Ular yosh va istiqbolli to‘purar transferidan ancha ko‘p olishni ko‘zlashmoqda. Germaniyaning transfermarkt.de (!!!) sayti esa hozircha narxni oshirayotgani yo‘q - 3 million yevro. Darvoqe, Morelos va klub o‘rtasidagi shartnoma 2023 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

• Tahlilchilar Morelosning o‘yiniga baho berishar ekan, uning tajovuzkor harakatga moyilligini ham tilga olishyapti. Umumiy xolosaga ko‘ra, ortiqcha qiziqqonlik uning o‘sishi va yuqori saviyaga chiqishiga xalaqit berishi mumkin. «Ha, har bir futbolchi maydonda o‘zini himoya qilishi kerak, ammo Alfredoning xatti-harakati g‘azabga yo‘g‘rilgan. Bu yosh hujumchining yagona kamchiligi va katta minus. Ko‘ryapmizki, Morelos o‘yinning har qanday lahzasida quyushqondan chiqib ketishi mumkin. Oqibatda ko‘z o‘ngida qizil kartochka ko‘tarib turgan hakamni ko‘radi. Ochig‘i, bu ahmoqlik. Agar mana shu kamchiligi yo‘qotsa, transferi bemalol 15-20 million funtga tortardi, zero, iqtidori bor, xarakteri esa...» - «Reynjers»ning sobiq futbolchisi Charli Adam kolumbiyalik hujumchini shu ma’noda o‘zgarishga undamoqda.

• Morelos mahsuldorlik bobida o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda, garchi chempionat doirasidagi 4ta o‘yinni majburan ertaroq yakunlagan bo‘lsada. U avvalgi mavsum «Reynjers» safida 35 marta maydonga tushib, «Gol Q pas» tizimi bo‘yicha 20 ball to‘plagandi (14ta  gol va 6ta samarali uzatma). Finlyandiyaning XIK klubida esa ikki mavsumda 11ta va 16ta gol hosil qilgan. • Qiziq «qizil»ga oshufta futbolchining o‘zi shaxsiy statistikasini maydondagi tajovuzkorligi buzayotganiga qanday qaraydi? «Tabiatan o‘ta qiziqqon va ehtirosliman. Ayniqsa, maydonda. Hamisha kuchli ko‘rinishni yoqtiraman. Deylik, har qanday vaziyatda ham, to‘pni kuch bilan yo‘naltirishni xush ko‘raman. Umuman, havodagi yakkakurashlar, to‘qnashuvlar - jonu dilim. Yana raqib himoyasini butunlay buzib yuborishni istayman. Meni hech kim cho‘chitolmaydi, axir xarakterim shunaqa. Boshqacha o‘ynolmayman, har doim jamoam uchun borimni beraman. Oddiy aytganda, o‘z jamoam uchun oxirigacha kurashaman. To‘g‘risi, hech qachon o‘zimni o‘zgartirolmasam kerak».  Ko‘rinib turibdiki, Morelos ko‘p  qizil kartochka olayotganida o‘zini uncha aybdor sanayotgani yo‘q.

•  Morelosning aytishicha, u oilasi uchungina futbolni tanlagan va faqat yaqinlari uchun o‘ynaydi. Alfredo bir safar onasi va otasi uning o‘yinini tomosha qila turib, har doim ko‘z yoshi to‘kishlarini aytgandi. Umuman, u yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilishni qarz, deb biladi. Futbolchining ichki kechinmalari ayniqsa, singlisi vafotidan keyin mutlaqo o‘zgargan. U shundan buyon yaqinlarini o‘zgacha qadrlaydi, ularni himoya qilishda hech narsadan tap tortmaydi. Ehztimolki, maydondagi xatti-harakati shu niyatiga chambarchas bog‘liqdir...


Ma’lumot uchun

Alfredo Xose MORELOS Aviles

 

Klubi

«Glazgo Reynjers»

O‘yinchilik raqamii

20

Terma jamoasi

Kolumbiya

Terma jamoadagi Raqami

7

Tug‘ilgan sanasi

1996 yil  iyun (22 yosh)

Tug‘ilgan manzili

Sereti (Kolumbiya)

Pozisiya bo‘yicha

Hujumchi

«Ishchi» oyog‘i

Chap

Shartnomasi muddati

2023 yil 31 may

Bo‘yi

177 sm.

Vazni

79 kg.

 

 

Jamoa

Turnir

O‘

Gol

«Pas»

Daqiqa

Sar. kar.

qiz. kar.

«Glazgo Reynjers»

Shotlandiya

Premyer-ligasi-2018|2019

27

17

4

2094

8

4

Kolumbiya

O‘rtoqlik o‘yinlari

2

0

0

49

0

0

«Glazgo Reynjers»

Shotlandiya

kubogi-2018|2019

3

4

0

270

2

0

«Glazgo Reynjers»

YEL-2018|2019

13

4

2

1101

3

1

«Glazgo Reynjers»

Shotlandiya

Liga kubogi-2018

2

1

0

129

1

0

 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 12:56, 11.04.2019. O'qildi: 2020 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик