Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 23 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ayaks» yozda talon-taroj bo‘ladimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A


Hozirda o‘z o‘yini bilan hammani e’tiborini o‘ziga qaratgan Gollandiya klubi futbolchilari grand klublar nishonida turibdi. Katta ehtimol bilan futbolchilar yozda top klublar safiga borib qo‘shilishi kutilmoqda.

Mattias De Ligt

19 yosh bo‘lishiga qaramasdan klub safida 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan futbolchining haridori ko‘p. Uning taxminiy qiymati 75 million atrofida baholanmoqda. Shunga qaramasdan, top klublar uni qo‘lga kiritish uchun bundanda ko‘proq pul berishga tayyor turishibdi. Mattias uchun kurash asosan «Barselona», «Liverpul», «Manchester Yunayted» klublari o‘rtasida kechadiganga o‘xshamoqda. Futbolchining o‘zi «Barsa» safida o‘ynashga qarshi emas. Uni Kataloniyada Pikening o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda.

Karim Ziyech (Ziyex)

Marokashlik futbolchiga o‘tgan mavsumda «Everton» va «Roma» klublari katta qiziqish bildirgan edi. Bu mavsum ular futbolchi uchun kurashga kirishmasligi aniq. Sababi, unga shaxsan «PSJ» va «Real Madrid»dan «Sovchilar» kelgan. «Miror» nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, shaxsan Zidanning o‘zi uni «Qaymoqranglilar» safida ko‘rmoqchi. Uning ajoyib texnikasi va maydonni ko‘ra olishi ko‘plab grand klublarning oromini o‘g‘irlagani hech kimga sir emas. Karimning o‘zi ham klubda uzoq qolmasligini ko‘p bor o‘z intervyularida aytib o‘tdi. Hozirning o‘zida futbolchining qiymati 45 million yevroni tashkil etmoqda. Agarda «Ayaks» YECHLda g‘olib bo‘lsa, bu summa yanada kattaroq ko‘rinish olishi mumkin.

Van de Beek

Jamoadoshlari orasida porlab turmasada, maydonda juda katta hajmdagi ishni amalga oshirayotgan futbolchi «Tottenhem» e’tiborida turibdi deb yozmoqda «Daili Maili» nashri. Darhaqiqat, ko‘rimsiz yigitning maydondagi xatti-harakatlari ko‘plab mutaxassislarning e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Futbolchining jismoniy va ruhiy xolati istalgan chempionatga moslashib ketish imkonini beradi.

Andre Onana

«Barselona» tarbiyalanuvchisi sanaladigan darvozabon bir necha yillar avval Kataloniyadan ketishga majbur bo‘lgan edi. «Ayaks» Jasper Sillisenni kataloniyaliklarga sotib yuborgach, Onanani tarkibga qo‘shib olishgani ko‘pchilikka sir emas. Ayni damda «Barsa» Sillesinni transfer summasini kamaytirib bo‘lsa ham sotib yubormoqchi. Onanani esa, ikkinchi raqamli darvozabon sifatida ko‘rishmoqda. Futbolchining o‘zi esa «Barselona»ga qaytishni xohlamayapti. Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday tus olar ekan?

Nikolas Talyafiko

Asosan yoshlarga suyanadigan klub argentinalik futbolchini harid qilganida ko‘plab muxlislar hayron qolishgan edi. Shunga qaramasdan futbolchi o‘z ustida ishlashda davom etdi va sezilarli darajada o‘yinini kuchaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchi bilan hozirda «PSJ» va «Manchester Yunayted» qiziqib qolgan. «Ayaks» uni sotib yuborishga qarshi emas. Futbolchining o‘zi esa  APLda o‘zini sinab ko‘rmoqchi ekanligini yashirib o‘tirmayapti.

Neres

Braziliyalik iqtidor o‘z Vatanida atigi 6 oy to‘p  surmasdan turib «Ayaks»  klubi tomonidan harid qilingan edi. Bu harid o‘zini to‘liq oqladi deb bemalol ayta olamiz. Hozirda futbolchi bilan «Manchester Siti», «PSJ», «Manchester Yunayted», «Liverpul» singari klublar shartnoma tuzish orzusida yurishibdi. Braziliyaliklar bir klubda uzoq qolmasligini inobatga olsak, bu futbolchini hademay top klublarda ko‘rsak, ajab emas. Uning qanotlardagi reydlari  va o‘yinni o‘ziga olishi ko‘plab mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Uning transfer summasi ham 50 million yevro atrofida ekanligi top klublarni yanada qiziqtirib qo‘ydi. Markaziy himoyachilar 65 millionga baholanayotgan bir paytda kelajagi porloq hujumchini bunday narxda kim ham harid qilmaydi deysiz?

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:05, 20.04.2019. O'qildi: 11902 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.