Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Tarixdagi eng qimmat va noqulay mundial”: JCH-2026ga borayotgan muxlislar nimadan norozi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / JCH-2026
Rukn: Yangiliklar
A A A

Avvalgi Jahon chempionatlari muxlislar uchun haqiqiy bayram va qulaylik ramzi bo‘lgan edi. Masalan, 2006 yil Germaniyadagi turnirda “KombiTicket” tizimi orqali o‘yin kunlari jamoat transporti tekin qilingan, 2018 yil Rossiyada shaharlararo poyezdlar, 2022 yil Qatarda esa metro xizmati muxlislar uchun mutlaqo bepul bo‘lgandi. Biroq 2026 yilgi mundialga mezbonlik qilayotgan AQSHda vaziyat butunlay boshqacha tus olmoqda.

Shundoq ham chiptalar, aviaqatnovlar va mehmonxonalarning haddan tashqari qimmatligidan aziyat chekayotgan futbol ishqibozlari endi stadionga borib-kelish uchun ham katta mablag‘ sarflashga majbur.

Nyu-Jersidagi stadionga poyezdda borib-kelish narxi 98 dollar, Massachusetsda esa 80 dollar etib belgilangani futbol ishqibozlarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Vaholanki, odatiy kunlarda Amerika futboli (NFL) muxlislari ushbu yo‘nalishlar uchun mos ravishda bor-yo‘g‘i 12,90 va 20 dollar to‘lashardi.

Mahalliy rasmiylar narxlar xavfsizlik va qo‘shimcha transport qatnovlari xarajatlarini qoplash uchun belgilanganini aytishsa-da, muxlislar buni turnir tashkilotchilarining navbatdagi “talonchiligi” deb baholashmoqda.

Shotlandiyalik muxlislarning rejasi

Tashkilotchilar taklif qilgan qimmat transport xizmatidan norozi bo‘lgan shotlandiyalik ishqibozlar vaziyatdan chiqishning o‘ziga xos yo‘lini topishdi. 28 yillik tanaffusdan keyin ilk bor mundialga chiqqan Shotlandiya terma jamoasining 1000 nafarga yaqin muxlisi birlashib, 20 ta maktab avtobusini ijaraga oldi. Natijada transport xarajati bir kishi uchun bor-yo‘g‘i 50 dollardan tushdi. Bu orqali ular rasmiylar taklif qilgan transport xarajatidan deyarli ikki barobar tejab qolishdi va umumiy hisobda 85 000 dollardan ortiq mablag‘ni yonlarida olib qolishdi.

“Bu Jahon chempionatini rejalashtirish boshidan oxirigacha dahshatga aylandi. Nazarimda, bu tarixdagi borish eng qiyin va qimmat turnirdir. Men birgina Shotlandiya — Marokash o‘yini chiptasi uchun 1350 dollar sarfladim. Ushbu 6 kunlik AQSH safaridan orttirilgan kredit qarzlarimni uzishim uchun kamida ikki yil kerak bo‘ladi”, deydi 37 yoshli shotlandiyalik muxlis Rori Fillips-Hanter.

Shaharlardagi turlicha yondashuv

Hamma shtatlarda ham transport tizimi bir xil qimmat emas:

Atlanta, Xyuston va Sietl: Stadionlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri metro tizimiga bog‘langan va u yerda odatiy arzon tariflar amal qiladi.

Mayami: Muxlislar uchun shahar markazidan stadiongacha mutlaqo bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Filadelfiya: FIFA homiysi bo‘lgan Airbnb kompaniyasi moliyalashtirgani sababli stadiondan qaytish bepul qilingan.

Kanzas-Siti: Maxsus qatnovchi avtobuslar narxi 15 dollar etib belgilangan.

Nyu-Jersi (“MetLife stadioni”) va Massachusetsdagi (“Gillette stadioni”) yuqori narxlar esa stadionlarning shahar chetida joylashgani bilan bog‘liq. Odatda NFL o‘yinlariga muxlislar shaxsiy mashinasida kelishadi, biroq JCH vaqtidagi xavfsizlik choralari va VIP zonalar sababli avtoturargohlar keskin cheklangan. Bu esa o‘n minglab odamlarni jamoat transportidan foydalanishga majbur qilmoqda.

FIFA va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi nizo

Lozanna universiteti tadqiqotchisi David Gogishvilining ta’kidlashicha, FIFA turnirdan milliardlab daromad ko‘rsa-da (2023–2026 yillar uchun kutilayotgan daromad 13 milliard dollar), xarajatlarni mezbon shaharlar bo‘yniga qo‘yishga o‘rgangan. AQSHdagi mahalliy rasmiylar esa ushbu xarajatlarni soliq to‘lovchilar hisobidan qoplashni istashmayapti. Nyu-Jersi gubernatori Mayki Sherrill ham transport xarajatlarini FIFA to‘lashi kerakligini talab qildi.

Ekspertlarning fikricha, turnir ortidan va’da qilingan ulkan iqtisodiy foyda ham o‘zini oqlamasligi mumkin — hozirda AQSHning 11 ta mezbon shahrida mehmonxonalar bandligi kutilgan darajadan ancha past. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1966 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan deyarli barcha Jahon chempionatlari mezbon mamlakatlar uchun yakunda moliyaviy zarar bilan yakunlangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:53, 26.05.2026. O'qildi: 1425 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик