Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. Chempionlikni hal qiladigan o‘yin!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A


Xabaringiz bor, bugun tunda Manchester shahrining ikki grand klublari afsonaviy «Old Trafford»da to‘qnashadi. Bu uchrashuv APLning bu mavsumdagi eng muhim bahslaridan biri bo‘lishi aniq. Sababi o‘rtaga ko‘p narsa tikilgan. Bugun shu uchrashuv atrofidagi va o‘yin ichidagi voqealar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

«Qizil iblislar» g‘alaba uchun maydonga tushadi

Agarda bugun Sulsher shogirdlari «shaharliklar»ni mag‘lub etadigan bo‘lsa, Yevropa chempionlar ligasiga chiqish uchun imkoniyatni saqlab qolishadi. Bilasiz, Yevropaning grand klublari YECHLda doim ishtirok etishlari shart. Aks holda, klubning moliyaviy ahvoli biroz og‘irlashib qoladi. «Manchester Yunayted»ning «Adidas» bilan tuzilgan shartnomasida aynan shu band qayd etilgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.  Hozirda 4-o‘rin uchun APLda dahshatli kurash ketayotgani hech kimga sir emas. «Manchester Yunayted»  ushbu kurashda yutib chiqishi uchun, bugun qanday qilib bo‘lsa ham g‘alaba qozonishi shart! Sulsher va uning futbolchilari buni yaxshi tushunib turishibdi. Keyingi mavsumda klubning YECHLsiz qolishi nafaqat klub, balki futbolchilarning ham ziyoniga ishlashi aniq. Pogba kabi yetakchilar o‘zlari uchun Yevropa ligasi musobaqasini o‘zlariga ep ko‘rishmaydi. Shu bois, Pol yozgi transfer paytida "Real"ga o‘tib ketishi mumkin.

«Manchester Siti» uchun hal qiluvchi bahs

Klub YECHLdan chiqib ketganidan so‘ng avtomatik ravishda e’tiborini APLga qaratdi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Futbolchilar va murabbiy mavsumni ijobiy hal qilish uchun APLda g‘olib bo‘lish shartligini his qilib turibdi. Poyga so‘nggida qoqilish chempionlikdan mahrum bo‘lish bilan barobar. Bugun tunda bo‘lib o‘tadigan bahsning qiymati Gvardiola uchun oltinga teng. Sababi, murabbiyning YECHLdagi omadsiz ishtiroki uning futbol falsafasi eskirib qolayotganini anglatganday bo‘lsa, APL g‘olibligini qo‘ldan chiqarish u yaratgan futbol uslubining tanazzulga yuz tutdi,0 degandek gap. Ispaniyalik mutaxassisning klubga olib kelinishidan asosiy maqsad APL emas, YECHL ekanligi hammaga kundek ravshan. Sababi, "shaharliklar" Gvardiolasiz ham bu ishni uddasidan chiqa olishgan edi.

Klub o‘z tarixida yangi sahifa ochishi uchun qit’ada tengsiz bo‘lishi, shu orqali futbol tarixiga o‘z nomini o‘chmas qilib yozdirib qo‘yishi shartdek ko‘ringandi. Ushbu uchrashuv APL g‘olibligini deyarli 90 foiz naqd qilib berishi hammaga ayon. Shunday ekan, bugungi uchrashuvda Gvardiola shogirdlari g‘alaba qozonishga majbur, aks xolda, klub mavsum so‘ngida faqat Angliya liga kubogiyu, Angliya kubogi bilan cheklanishi mumkin...

Agarda durnag qayd etilsa

Bu uchrashuvdagi durang — ikkala klub uchun ham mag‘lubiyatga teng. «Shaharliklar» «Liverpul»ni o‘zlaridao‘tkazib yuborishsa, «Manchester Yunayted» 4-o‘rin uchun imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi. Agarda kuchlar teng keladigan bo‘lsa, ikki klub ham oldiga qo‘ygan maqsadidan bir qadam uzoqlashishga majbur bo‘ladi. Aynan o‘sha bir qadam eng so‘nggi soniyalarda ikki jamoaga pand berib qo‘yishi aniq. Shunday ekan, bugungi uchrashuvda ikki klub ham faqat va faqat g‘alaba qozonish maqsadida maydonga tushishlariga shubhamiz yo‘q.


«Qizil iblislar» muxlislari ikki xil fikrda

Qiziquvchan ingliz matbuoti bugun «Manchester Yunayted» «Liverpul» chempion bo‘lmasligi uchun ham hamshaharlariga yengilib berishini taxmin qilmoqda. Bunga bir qaraganda ishonish qiyindek tuyulgani bilan aslida bu taxminning tagida qiziq tarix yotadi.

«Liverpul» va «Manchester Yunayted» Britaniya futboli tarixidagi eng keksa dushmanlardan biri desak adashmagan bo‘lamiz. Klub muxlislarining bir-biriga bo‘lgan nafrati avloddan-avlodga ko‘chib o‘tayotgan yoqimsiz an’anadek davom etib kelmoqda. To‘g‘ri derbida mag‘lubiyatga uchrash muxlislarni xursand qilmasligi aniq, ammo yana kim biladi deysiz? «Manchester Yunayted» APLda 20 bor zafar quchgan bo‘lsa, «Liverpul» 18 bor tengsiz deb topilgan. Bu boradagi ustunlikni ushlab qolish uchun ham ayrim «Manchester Yunayted» muxlislari bugungi uchrashuvdagi mag‘lubiyat og‘ir botmasligini ijtimoiy tarmoqlarda ochiqchasiga e’lon qilishdan tortinishmayapti. Qolganlari esa YECHLda ishtirok etish uchun yo‘lda uchragan raqibni mag‘lubiyatga uchratish tarafdori. Bugungi tunni “Liverpul" muxlislari ham bedor o‘tkazishsa, ajab emas. Zero, ularning bugun azaliy raqiblariga muxlislik qilishdan boshqa choralari yo‘q. APL g‘olibligini qo‘lga kiritish uchun so‘nggi umid «Manchester Yunayted» qo‘lida ekanini ular ich-ichlaridan yaxshi tushunib turishibdi.



Xulosa

«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti»dek jamoalarning to‘qnashuvi, o‘rtaga APL g‘olibligi va YECHL yo‘llanmasi tikilganini hisobga olsak, bizni tunda dahshatli uchrashuv kutib turibdi. APLning bu mavsumdagi eng muhim uchrashuvini o‘tkazib yubormang! To‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:10, 24.04.2019. O'qildi: 9994 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик