Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Dinamo» - «Navbahor»: Ustunlik kim tomonda?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliga 6-turi doirasidagi e’tiborli qarama-qarshilik Samarqandda o‘tadi. Hozirda turnir jadvalida yonma-yon borayotgan azaliy raqiblar «Dinamo» va «Navbahor» jamoalari o‘zaro saf tortishadi. Ushbu bahs Samarqand va Namangan klublari o‘rtasidagi 47-uchrashuv sifatida tarixga kiradi.

Superliga. 6-tur.
26 aprel (juma)
“DINAMO” – “NAVBAHOR”
O‘yin boshlanish vaqti: 17:30
Chipta narxi: 10 000 co‘m.
TV-translyasiya: «Sport» TV (jonli efir)
Sharhlovchi: Xayrulla Hamidov.

JORIY MAVSUMDA…
Yangi mavsum oldidan Davron Fayziyev boshchiligidagi “Dinamo” tayyorgarlikni Toshkentda olib borgan bo‘lsa, Andrey Kanchelskis qo‘l ostidagi “Navbahor” yakuniy yig‘inni xorijda o‘tkazdi.

“Dinamo” Superliganing 5-turidan so‘ng 1 ta durang, 2 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat bilan 7 ochko bilan 7-o‘rinni band etgan bo‘lsa, “Navbahor” ham xuddi shunday natija bilan 7 ochko jamg‘arib, gollar nisbatiga ko‘ra “Dinamo”dan bir pog‘ona yuqori 6-o‘rinda ketmoqda. 6-turdagi “Dinamo” – “Navbahor” uchrashuvidagi g‘alaba jamoalardan birini yanada yuqorilashiga sabab bo‘ladi.

“Dinamo”ning o‘tkazgan o‘yinlari:
1-tur. “Dinamo” – “Nasaf” – 1:1
2-tur. “Surxon” – “Dinamo” – 1:0
3-tur. “Dinamo” – “Metallurg” – 2:1
4-tur. “Dinamo” – “So‘g‘diyona” – 1:0
5-tur. “Paxtakor” – “Dinamo” – 2:0

“Navbahor”ning o‘tkazgan o‘yinlari:
1-tur. “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 1:1
2-tur. “Lokomotiv” – “Navbahor” – 1:0
3-tur. “Navbahor” – “Bunyodkor” – 2:3
4-tur. “Nasaf” – “Navbahor” – 0:1
5-tur. “Navbahor” – “Surxon” – 3:0

O‘ZARO O‘YINLAR TARIXI
Samarqand va Namangan jamoalari 1992 yildan buyon Oliy Liga tarixida 46 marotaba ro‘baro‘ kelishgan. Statistika vodiy jamoasining foydasiga «gapirmoqda»: 25 ta o‘yinda «Navbahor» g‘alabani tantana qilgan, 8 bahs murosa yo‘li bilan intiho topgan, 13 marta esa «Dinamo» g‘olib sifatida maydonni tark etgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham «tosh» “Navbahor” tomonini bosmoqda: 82:41. O‘tkazilgan 46 o‘yin yakunida «Navbahor» 83 ochkoga ega chiqqan bo‘lsa, «Dinamo» 47 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklarning eng yirik g‘alabasi 7:1, «Dinamo»da esa bu ko‘rsatkich – 2:0 ga teng.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv:
31.03.2017 «Dinamo» - «Navbahor» 0:1
23.09.2015 «Dinamo» - «Navbahor» 2:1
21.06.2014 «Dinamo» - «Navbahor» 2:0
31.05.2013 «Dinamo» - «Navbahor» 1:1
14.09.2012 «Dinamo» - «Navbahor» 2:0
02.04.2011 «Dinamo» - «Navbahor» 0:1

ESKI TANISHLAR…
Joriy yilda «Navbahor» safida «Dinamo»ning bir qator sobiq futbolchilari to‘p surishmoqda. Shu jumladan «Dinamo»da ham.
Xususan, ayni damda “Navbahor” safida to‘p surayotganlardan, Bahodir Nasimov “Dinamo” tarbiyalanuvchisi sanalib, 2003-2010 yillarda, Aziz Ibragimov 2015 yilda va yarimhimoyachi Abdujamol Isroilov 2017 yilda aynan “Dinamo” safida Oliy Ligada debyutini o‘tkazgan.
Hozirda “Dinamo” safida to‘p surayotgan darvozabon Botirali Ergashev 2018 yilda, himoyachi Akmal Xolmurodov esa 2010-11 yillarda “Navbahor” sharafini himoya qilgan.

Qolaversa, "Dinamo" bosh menejeri Ilhom Sharipov o‘z vaqtida "Dinamo"dan tashqari "Navbahor" klubida ham muvaffaqiyatli to‘p surgan.

REKORD YODINGIZDAMI?

2017 yilgi “Dinamo” – “Navbahor” (0:1) o‘rtasidagi o‘zaro so‘nggi uchrashuvda Samarqandda rekord qayd etilgandi. O‘shanda “Dinamo” 3-turda “Paxtakor”ni safarda mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarilgach, 4-turdagi “Dinamo” – “Navbahor” o‘yinida stadion o‘yin boshlanishiga 1 soat vaqt qolganda 13 mingdan ortiq muxlis bilan liq to‘lgan, o‘yingoh tashqarisida 4 mingdan ortiq muxlis qolib ketgandi. Bu yaqin 10 yillikdagi rekord tashrif edi.

Bu safargi “Dinamo” – “Navbahor” uchrashuvi ham muxlislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Barchani 26 aprel kuni soat 17:30da «Dinamo» stadioniga taklif etamiz!
«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 17:09, 25.04.2019. O'qildi: 2271 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.