Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Muxlislarni yig‘latgan futbolchilar…

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolchilar jonajon jamoalaridan ketish oldidan OAV uchun matbuot anjumani tashkil etishlari an’anaga aylanib ulgurdi. Bugun ana shunday uchrashuvlarda aytilgan eng ta’sirli so‘zlarni e’tiboringizga havola etamiz

2015-yil Iker Kasilas

-  Avvalambor, shu yerga kelib meni qo‘llab-quvvatlab turgan insonlarga o‘z minnatdorchiligimni  bildirmoqchiman. To‘g‘risi, bugun men uchun o‘ta og‘ir kun. Umrimning eng yaxshi onlari o‘tgan klubim bilan xayrlashmoqdaman. Meni bu yerda ardoqlab katta qilishdi. Endi boshlagan ishimni «Poru»da davom ettiraman. Sizlar bilan esa, xayrlashmayman, sababi ha demay yana ko‘rishamiz. Hala, Madrid!

2015-yil Xavi

-  Men bundan 25 yil avval «Barselona»ga kelgan edim. Ishoning, bunday yutuqlarga erishish haqida xatto orzu ham qilmagan edim. Men «Barselona»dan minnatdorman va bu klubning bir bo‘lagi ekanligimdan faxrlanaman. Sizlar bilan xayrlashish men uchun juda og‘ir, ammo kelajakda, albatta, ortga qaytaman deb umid qilaman…

2018-yil Iniyesta

-  Bu klubda o‘tgan 22 yil uchun hammaga rahmat aytmoqchiman. «Barselona»ga ilk kelgan kunlarimda  bolakay edim. Endi erkak bo‘lib uni    tark etmoqdaman. Men dunyoning eng kuchli klubida o‘ynaganim bilan faxrlanaman va bu haqida o‘z farzandlarimga g‘urur bilan aytib beraman. Hamma-hammasi uchun rahmat sizlarga…

2018-yil Arsen Venger

-  Uzoq muddat davomida menga chidaganingiz uchun rahmat! Bilaman, sizlarga oson bo‘lmagan (Kuladi). Men ham xuddi sizlar kabi «Arsenal»ning chin muxlisiman. Bu bilasizmi nima degani? Bu degani biz bir oilamiz va jamoamiz uchun birgalikda qayg‘uramiz, quvonamiz, g‘azablanamiz.  Men keyingi mavsumda yigitlarimni chin yurakdan      qo‘llab-quvvatlab turishingizni sizlardan iltimos qilgan bo‘lar edim. Ular shunga loyiq futbolchilar! Sizlarga oxirgi so‘zimni aytmoqchiman. Men sizlarni juda sog‘inaman…

Ronalduning «Yuventus»ga o‘tish oldidan muxlislariga yozgan maktubidan parcha

“Bu buyuk 9 yilni hech qachon unutmayman. Mening qalbim «Real Madrid»ga bo‘lgan mehr va sog‘inchga to‘la. Ketishimga keladigan bo‘lsak, bunda klubning aybi yo‘q. Men o‘zim ulardan iltimos qildim. Hayotimda yangi sahifa ochish maqsadida Turinga yo‘l olyapman. Shunday bo‘lsada, «Real Madrid»ning emblemasi, stadioni, futbolkasi doim meniki bo‘lib qolaveradi! Mening klub muxlislari oldida qarzim ko‘p. Ular va jamoadoshlarim yordami bilan men jamiki sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Endi xayrlashish vaqti yaqinlashganida klubimga omad va zafarlar tilab qolaman. O‘z so‘zlarim yakunida bundan 9 yil avval aytganimdek Hala, Madrid!”

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:59, 27.04.2019. O'qildi: 12386 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик