Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

To‘xtang, shoshilmay turing… Ronaldu, Ronaldu va yana Ronaldu...

Baho:
+2 | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Krishtianu Ronaldu YECHL chorak finali doirasida «Ayaks»ga qarshi kechgan ilk o‘yin­da turnirning to‘purarlikka daxldor bir necha rekordini yangilagandi, lekin uning 700ta gol marrasiga yetishiga hali bor.

Aniqroq aytsak, portugaliyalik yulduz butun faoliyati davomida hozirga qadar jami 682ta golga mualliflik qilgan. Gap shundaki, «Ayaks» bilan Amsterdamdagi uchrashuvdan so‘ng ayrim OAVda Ronaldu faoliyatidagi 700-golini nishonlagani haqida ma’lumot berildi. Albatta, bu fenomenal natija hisoblanadi. Axir butun futbol tarixida rasmiy o‘yinlarda 700ta gol marrasiga yetish atigi 5 nafar buyuk to‘purarga nasib etgan - Gerd Myuller (735ta), Ferens Pushkash (746ta), Pele (767ta), Romario (772ta) va Yozef Bisan (805ta). Demak, Krishtianu yaqin orada superyubileyni nishonlab, benazir beshlikni oltilikka aylantirishi mumkin. 

Nega shoshilishdi?

Savol tug‘iladi: Ronalduning 700ta gol marrasiga yetgani haqidagi ma’lumot qayerdan olindi? Axir axborot-kommunikasiya sohasi rivojlangan zamonda yashayapmiz va megayulduz statistikasi masalasida xato qilish aqlga sig‘maydi. Ma’lum bo‘lishicha, 700ta gol marrasi haqida bong urgan OAV vakillari Ronalduning «katta» va «kichik» gollarini qo‘shib hisoblashgan. Aniqroq aytsak, ular «Yuventus» yetakchisi tomonidan vaqtida Portugaliya yoshlar va olimpiya termalari safida urilgan gollarni ham umumiy hisobga qo‘shishgan. Shu tariqa axborot olamida ang­lashilmovchilik yuzaga keldi. FIFA tamoyiliga ko‘ra esa, futbolchining shaxsiy statistikasiga uning klublar miqyosidagi rasmiy turnirlar va terma jamoasi (rasmiy va FIFA ro‘yxatiga olingan o‘rtoqlik o‘yinlari) safida urgan gollari kiritiladi.

Messidan «Qochib» ketish

Aslida portugaliyalik hisobida «atigi» 682ta gol mavjud. Tushunarliki, shuning o‘zi ham ko‘p, juda ko‘p. Har holda, amaldagi futbolchilarga qarasak, hech kim Ronalduchalik ko‘p gol quvonchini tuygan emas. Taqqoslash uchun albatta, Krishtianuning bosh raqobatchisi Lionel Messi statistikasiga qaraymiz. Argentinalik futbolchi shu kunga qadar 662ta goldan xirmon yasadi. Leo seshanba oqshomi «MYU»ga qarshi kechgan CHL bahsida «dubl»ga erishdi. Natijada Ronaldu - Messi qarama-qarshiligida farq birozgina qisqardi: portugal shovvozi endi 20ta gol ko‘rinishida oldinda. Krishtianuning «Ayaks» bilan bahslarda CHLga daxldor qanday yuqori ko‘rsatkichlarni zabt etganiga kelsak, ular 3ta:

- CHLda 126-golini urdi (rekord);

- CHL «pley-off» raundlarida 65-golini urdi (rekord);

- CHL chorak final raundida 25-golini urdi (rekord).

Xullas, «Yuventus» hujumchisi o‘ziga tegishli 3ta rekordni yangiladi. Lekin u xotirjam bo‘lolmaydi, baribir. Binobarin, poygada bosh ta’qibchisi - Leo Messining nafasini shundoq his qilib turibdi. Misol uchun, «Barsa» yetakchisi joriy CHLda raqiblar darvozasini 10 marta nishonga olgan bo‘lsa, Krish endi 6-golini rasmiylashtirdiyu, kurashdan chetga chiqdi. Qiziq, Ronalduga tegishli 3ta rekord ko‘rsatkich bo‘­yicha argentinalikning natijasi qanday? U hozircha rekorddan ancha orqada:

- CHLdagi umumiy gollari soni - 110ta;

- CHL «pley-off» raundlaridagi gollari soni - 44ta;

- CHL chorak final raundidagi gollari soni - 12ta.

KUBOK FAKTORI

Ronaldu «Ayaks» bilan o‘yinlarda aynan kubok (olimpiya) tizimidagi bosqichlarda samarani oshira olishga qodirligini yana bir bora isbotladi. Bunga uning joriy CHLdagi statistikasi yaqqol misol: 6ta golidan atigi 1tasini guruh raundida urgan «Yuve» yulduzi 1|8 va 1|4 finallar doirasidagi 4ta o‘yinda raqib jamoa­larni 5 bora jazoladi. Yana bir tomoni, Turin klubining «pley-off»-2019dagi barcha gollari aynan Ronaldu nomiga yozildi. Qiziq ma’lumot: Krishtia­nu CHLdagi debyut golini «Ayaks» bilan o‘yin vaqtidan roppa-rosa 12 yil muqaddam aynan chorak final uchrashuvida nishonlagan edi. Aniqroq aytsak, u 2007 yilning 10 aprel kuni «Roma» darvozasiga to‘p kiritgan. Umuman olganda, Ronaldu mavsum-2003|2004dan buyon o‘z ja­moala­ri - «MYU», «Real» va «Yuventus»ning CHL «pley-off» bosqichlarida urgan jami gollaridan naq 43,9 foiziga mualliflik qilgani bilan maqtanishga haqli. Ha, u «hayot-mamot» olishuvlariga moslashgan chinakam jang­chi!

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 13:33, 28.04.2019. O'qildi: 15950 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик