Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kilian Mbappening orzulari futbol tufayli amalga oshmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol qiroli Pele PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan o‘tgan yilning noyabrida uchrashishni rejalashtirgandi.

Ammo Pelening tobi qochib qolgani bois uchrashuv boshqa muddatga qoldirildi. Natijada ular shu yilning 2 aprel kuni Parijdagi «Lyutetiya» mehmonxonasida uchrashib, dildan suhbatlashishdi. Mazkur uchrashuv taassurotlari haqida Mbappe France Football nashriga so‘zlab berdi.

«UNING OLDIDA XUDDI YODGORLIK QARSHISIDA TURGANDEK BO‘LDIM»

- Menga Pelening uchrashmoqchiligini aytishganida, darhol rozi bo‘ldim. Bu uchrashuv uchun Shimoliy qutb­gacha borishga tayyor edim. O‘sha kecha uxlay olmadim, xayolimdan turli savollar o‘taverdi. To‘g‘risini aytsam, uni ajablantirishdan cho‘chidim. Qolaversa, «Pele ingliz tilida yaxshi gaplasha olmasa-chi?» deb o‘ylab qoldim. Men ham portugalchani u qadar durust bilmayman. Shu tariqa til tanlash masalasida jiddiy savol tug‘ildi. Lekin matbuot anjumanidan oldin Pelening ingliz tilida ravon gaplasha olishini aytishdi. Uning oldida tursangiz, o‘zingizni xuddi yodgorlik qarshisida turgandek his qilasiz. Ya’ni o‘zingizni mitti odamchadek his qilasiz. Tog‘ning etagida turibman-u, yuqoriga yo‘l yo‘qdek tuyuldi. Lekin matbuot anjumanida jurnalistlarning unga boqayotganlarini ko‘rib, hissiyotlarimiz bir xil ekanligiga guvoh bo‘ldim. U barcha bo‘shliqlarni to‘ldiradi. Bir og‘iz so‘z aytmay, shunchaki, uni tomosha qilish ham kifoya. Hayotimda bir marta shunday holatga tushgandim, ya’ni Zidan bilan uchrashganimda. O‘shanda ham o‘zimni juda kichkina his qilganman. Yana shunday hissiyotlar bo‘ldi, faqat o‘tkirroq. Go‘yo tush ko‘rayotgandek edim. Axir qarshimda futbol qiroli turardi.

«HAR SOHADA PELEGA O‘XSHAMOQCHIMAN»

- Bu soatni (Mbappe va Pele o‘z nomlari yozilgan soatlarni almashtirishdi) bir umr saqlayman. Hatto buzilib qolsa ham. Aytishlaricha, har qanday sovg‘a bebaho bo‘larkan. Lekin bu hadya men uchun o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Bolaligimda to‘pning ortidan quvayotganimda, meni nafaqat zamonaviy yulduzlar, balki o‘tmishning mashhur futbolchilari ham qiziqtirardi. Pele degan futbolchi borligini eshitardim va bu nom tez-tez uchrab turardi. Bir kuni uning qanday o‘ynaganiga qiziqib ko‘rdim, o‘yinlari yozilgan videoni topdim... Pelening harakatlarini ta’riflash qiyin. Men mutaxassis emasman. Buni shunchaki, olgan taassurotlarim tufayli gapiryapman. Boz ustiga, u braziliyalik. Bolaligimdan Braziliyaga ishqibozman. Yoshligimizda hamma Ronaldinyo, Robinyo, Ronaldo, Kaka haqida gapirardi. TV orqali braziliyalik futbolchilarning ko‘rsatgan fintlari to‘g‘risidagi roliklar namoyish etilardi. Menda Ronaldinyo yozuvi tushirilgan Braziliya terma jamoasi futbolkasi bor edi. Bondidagi bolalar jamoamizda hamma braziliyaliklarga muxlislik qilardi. Braziliya ishtirokidagi o‘yinlar biz uchun futbol bayramiga aylanardi. Pele esa barcha davrlarning afsonasidir. Ishonchim komilki, yana yuz yildan keyin ham u haqda gapirishadi. Axir bu inson uch marta jahon chempioni bo‘lgan. Eng e’tiborli tomoni, hozirda Pele haqida gapirayotganlarning aksariyati uning o‘yinlarini ko‘rishmagan. Shunga qaramay, uni yaqinda faoliyatini yakunlagan futbolchidek esga olishadi. Afsona shunday bo‘lishi kerak. Har sohada Pelega o‘xshashni istayman.

«PELE JCHda BRAZILIYA TERMASIGA XALAL BERMASLIKNI SO‘RADI»

- Pele bilan kichikroq bir xonaga kirdik. U yerga jurnalistlar ham kirmoqchi bo‘lishgandi, ulardan bizni yolg‘iz qoldirishlarini so‘radim. Pele ham bunga qarshi chiqmadi. Ushbu mehmonxonaga kelganimda hamma men uchun eshiklarni ochgandi, bu safar Pele uchun o‘zim eshik ochdim. U kulib qo‘ydi. Yolg‘iz qolganimizda, quvonchdan boshim aylandi. Pele quvnoq inson ekan. Afsuski, yoshi o‘tib qoldi, sog‘lig‘i biroz yomonlashdi. Uning so‘zlarini qunt bilan tingladim, gapini bo‘lishni istamadim. U menga bolaligini eslatishimni aytdi. U menga qarab, o‘zini ko‘rayotganini aytdi. To‘g‘risi, biroz noqulay bo‘ldi. U bilan xuddi bobo va nabira singari o‘tirdik. Vaqti-vaqti bilan «Yonimda Mbappe turibdi», deb takrorladi. Aslida esa, men Pelening yonida edim. Ayrimlar meni Pelening vorisi deyishadi. Ammo bunday maqomga erishish uchun uning qilgan ishlarini takrorlashim kerak bo‘ladi. Ammo buni uddalash oson emas. Shuningdek, Pele Qatarda o‘tadigan jahon chempionatida Braziliyaga xalaqit bermasligimiz lozimligini aytdi. Men esa buning iloji yo‘qligini ta’kidladim. Axir unga o‘xshamoqchiman-ku. Qolaversa, o‘zimga e’tibor berishim kerakligini aytdi, chunki zamonaviy futbol ko‘p kuch talab etadi. O‘yinlar soni ham oshgan. U menga taktika va texnikani ko‘p o‘ylamay, jismoniy holatim va kuchim haqida ko‘proq qayg‘urishim kerakligini tushuntirdi. Mavsum davomida oltmishta o‘yin o‘tkazish qiyinligini ta’kidladi. Har bir o‘yindan so‘ng maroqli hordiq chiqarishim shartligini uqtirdi. Go‘yoki gipnoz qilingandek bo‘ldim. Futbol orzularim amalga oshishida yordam bermoqda. Krishtianu Ronaldu bilan uchrashishni orzu qilgandim, bu maydonda yuz berdi. Messiga qarshi o‘ynashni istadim va bunga ham erishdim. Neymar bilan qachondir bir jamoada o‘ynamoqchi bo‘lgandim, bu ham ro‘yobga chiqdi. Jeyms Lebrondek buyuk shaxslar bilan ko‘rishdim, boshqa chempionlar bilan ham uchrashishni maqsad qilganman. Misol uchun, Rojer Federer bilan.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 11:35, 29.04.2019. O'qildi: 4275 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик