Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10117 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3130 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.11.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      08:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      12:00 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      13:10 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      18:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      22:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      02:00 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      02:50 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.11.2025

      05:25 "Непобедимый".
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      15:25 "Вы это видели".
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      17:30 "Эволюция спорта".
      17:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
      19:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 102 кг.
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1. Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      03:15 "Эволюция спорта".
      03:40 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      04:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.11.2025

      05:50 Новости.
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "Небесная грация".
      15:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 133" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      21:30 Смешанные единоборства. UFC. Ислам Махачев. Лучшее.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 "Вы это видели".
      03:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      04:00 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Светланы Хоркиной "Спортрота".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.11.2025

      05:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2024 в Париже.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      18:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevrotur: Kimdir yetdi maqsadga, kimdir esa yo‘q

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Reytinglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ha, VAQT izmiga bo‘ysungan holda top-chempionatlar ham marra sari tobora yaqinlashmoqda. Ayrim masalalar hal bo‘lib ulgurdi, lekin intrigaga yuksak harorat bag‘ishlayotgan jihatlar ham yo‘q emas. Jumladan, APLda bosh sovrin masalasi so‘nggi turga olib qo‘yildi.

Angliya. To‘rtlik aniQ, chempion esa...

37-tur natijalaridan keyin APLning yetakchi kvarteti ta’qibchilar yeta olmaydigan marraga ko‘tarilib oldi. Jumladan, g‘oliblikka da’vogarlik qilayotgan juftlik ochko yo‘qotmaslik vazifasini uddalashdi va o‘z muxlislarini «parda» tushiriladigan kunda xursand qilishga va’da berishdi. YECHL yo‘llanmalarining sohiblari esa deyarli ma’lum bo‘ldi.

Uzoq vaqt davomida uchinchi pog‘onani band etib kelgan «Tottenxem» Bornmutda o‘z o‘yinchilarining «xo‘roz»lik xislati tufayli alamli mag‘lubiyatni (0:1) tan oldi. Avvaliga Son Xyon Min raqibning ikki nafar o‘yinchisi bilan janjallashgani uchun hakamning qizil kartochkasiga munosib ko‘rildi. Tanaffusdan keyin esa zaxiradan maydonga tushirilgan Xuan Foyt Natan Akening tizzasiga tepgani uchun o‘yindan chetlatildi. Oqibatda Pochettino shogirdlari bellashuvni 9 kishi bo‘lib yakunlashdi. Bunday vaziyatda safardan mag‘lubiyatsiz qaytishning o‘zi qahramonlik bo‘lardi. Biroq qo‘shimcha vaqtning ilk daqiqasida «Bornmut» raqib darvozasini zabt etdi. Golni Ake (tepkiga javob) amalga oshirgani e’tiborga loyiq.

Shu kuni «Nyukasl» mehmoni bo‘lgan «Liverpul» mezbonlarning jiddiy qarshiligiga qaramasdan kerakli natijaga erisha oldi. O‘ta murosasiz o‘tgan bahsda Klopp shogirdlari chinakam qat’iyat ko‘rsatishdi. Biroq mezbonlar ham o‘z an’analariga xos tarzda to‘p surib, so‘nggi soniyalarga qadar raqib murabbiyi va muxlislarini hayajonda ushlab turishdi. Ammo Origining g‘alaba to‘pidan keyin javob qaytarishga ulgurishmadi. «Qizillar» uchun eng achinarli holat 73-daqiqada yuz berdi - jamoasini oldinga olib chiqishga uringan tinib-tinchimas Muhammad Saloh raqib himoyachisi va darvozabon bilan to‘qnashish oqibatida jarohat olib, maydonni tark etdi. Lekin misrlik to‘purar o‘yindan so‘ng avtobusga mustaqil ravishda yurib chiqish orqali muxlislari ko‘nglida umid uyg‘otdi.

«Tottenxem»ning eng yaqin ta’qibchisi bo‘lmish «Chelsi» Londonda «Uotford» darvozasiga javobsiz 3ta gol urib, «shporlar» o‘rnini egalladi. Izzattalab mehmonlar tanaffusga qadar tengma-teng to‘p surishgan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limda «ko‘klar» YECHL yo‘llanmasini naqd qilishdi.Aynan shu nufuzli yo‘llanma uchun kurashayotgan «Arsenal» va «MYU» esa «Tottenxem»ning omadsizligidan unumli foydalana olmadilar. «Brayton» bilan o‘z maydonida durangga (1:1) imzo chekkan «to‘pchilar» endi faqat YEL g‘olibi sifatida YECHLda to‘p surishlari mumkin. So‘nggi o‘rindagi «Xaddersfild»ni yenga olmagan (1:1) «MYU» esa keyingi mavsum YEL bilan kifoyalanishga majbur.

Ispaniya. «Kon»da faQat bitta yo‘llanma

La Liganing yakunlovchi ikki turida YECHLning to‘rtinchi yo‘llanmasi uchun ayovsiz kurash kechadigan bo‘ldi. Boisi, «Sevilya» kutilmaganda o‘z maydonida «Leganes»ning 3ta javobsiz goli tufayli 3 ochkodan mahrum bo‘ldi, «Xetafe» o‘z uyida «Jirona»dan (2:0), «Valensiya» esa safarda «Ueska»dan (6:2) ustun kelishdi. Oqibatda 4-o‘rin sohibi nafaqat to‘plar nisbati, balki ochkolar bo‘yicha ham o‘z mavqeini mustahkamlab oldi. Endi sevilyalik hamda valensiyalik muxlislar nafaqat suyukli jamoalari, balki «Xetafe»ni qabul qiladigan chempionni ham qo‘llab-quvvatlashlari talab etiladi. Chunki keyingi turda «Xetafe» «Kamp-Nou»da mehmon bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham, Ispaniya chempionatidagi intrigani mana shu jamoalar ishtirokidagi bellashuvlar ta’minlaydigan bo‘ldi.

Germaniya. Bremendan «Bavariya»ga

orombaxsh epkin

Bundesliganing hisobot turidan keyin myunxenlik muxlislar biroz yengil tin olishgani aniq. Chunki chempion anchadan beri o‘z ta’qibchisidan uzoqlasha olmayotgandi. Nihoyat, «Bavariya» «Alyans-Arena»da «Gannover»ni osonlikcha (3:1) mahv etdi, Robert Levandovski o‘z gollari sonini 22taga yetkazib oldi. 4 may oqshomida aksariyat muxlislar nigohlarini Bremenga qaratishdi. Bu yerda mahalliy «Verder» Dortmundning «Borussiya»sini qabul qilib, jangovar (2:2) durangga imzo chekdi. Qizig‘i shundaki, mehmonlar faqat g‘alaba uchun maydonga tushganliklarini faolliklari bilan isbotlashgan va tanaffusga ikki to‘p ustunligida yo‘l olishgandi. Ammo muhim 3 ochkoni beradigan hisobni saqlab qola olishmadi, 5 daqiqa ichida 2ta gol o‘tkazib yuborishdi. E’tiborlisi, dortmundliklarni muhim ochkolardan mahrum etgan golni Klaudio Pisarro amalga oshirdi. O‘z vaqtida «Bavariya» sharafini himoya qilgan 40 yoshli futbolchi shu tariqa Myunxenga orombaxsh shabadani sovg‘a qilgan bo‘lsa, ajabmas.

Uchinchi o‘rinda borayotgan «RB Leypsig» ham Maynsda ochko yo‘qotgani (3:3) bois, «Borussiya D» bilan o‘rtadagi farq o‘zgarishsiz qoldi. Endi dortmundliklar va ularning tarafdorlari keyingi turda aynan «Leypsig» tomonida bo‘lishlariga shubha yo‘q - 11 may oqshomida Leypsigga tashrif buyuradigan peshqadam g‘alabaga erisha olmasa, intriga saqlanib qoladi. Aks holda... «Bavariya» qatorasiga yettinchi marta «kumush tovoq» sohibiga aylanadi.

Italiya. «Atalanta» o‘zini ko‘rsatmoQda

Yodingizda bo‘lsa, ikkinchi davra startida ko‘pchilik mutaxassislar «A» seriya grandlarini «Atalanta»ga jiddiy e’tibor qaratishga da’vat etishgan, bu jamoa esa vaqti-vaqti bilan shov-shuvli natijalar ko‘rsatishda davom etayotgandi. Rimda «Lasio»ni ishonchli tarzda (3:1) mahv etgan «Atalanta» sovrindor uchlikka yaqinlashib oldi. Mezbonlar esa hatto YEL hududidan ham chiqib ketishdi. Qizig‘i shundaki, 3-daqiqada oldinga chiqib olgan jamoa keyinchalik uch marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Sapata esa to‘purarlar bahsida Pentekka yetib oldi.

Udinega safar qilgan «Inter» mahalliy «Udineze» bilan sulh (0:0) imzolashga majbur bo‘ldi.

O‘z maydonida «Bolonya»dan 3 ochkoni tortib olgan «Milan» 6-o‘rin bilan kifoyalanishga majbur. Chunki «Roma» Genuyada «Jenoa» bilan ochkolarni bo‘lishib oldi (1:1). Aniqrog‘i, omad tufayli mag‘lubiyatdan qutulib qoldi - qo‘shimcha vaqtning ilk daqiqasida muvozanatni tiklagan maydon egalari so‘nggi soniyalarda penaltini golga aylantira olishmadi.

Muddatidan avval Skudettoni naqd qilgan «Yuventus» Turin derbisida «Torino» bilan jangovar durangga (1:1) rozi bo‘ldi. Vaholanki, chempion 84-daqiqaga qadar hisobda ortda qolayotgandi. Ronalduning boshi «Keksa sinyora»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Turning oxirgi qarama-qarshiligida «Napoli» «Kalyari» ustidan o‘ta qiyin g‘alabaga (2:1) erishib, kumush medallarni naqd qildi. Avvaliga maydon egalari Mertensning 85-daqiqadagi goli bilan muvozanatni tiklashdi, qo‘shimcha vaqtning so‘nggi daqiqasida esa penalti evaziga o‘yin taqdirini o‘z foydalariga hal etishdi.

Fransiya. «PSJ»ning «Qora» haftasi

Navbatdagi chempionlikdan keyin poytaxt klubi mavsum yakunini xotirjamlik bilan kutishga haqli edi. Ammo so‘nggi paytlarda jamoa noxush voqealar girdobida qoldi. «Nissa»ga qarshi 35-tur bellashuvi arafasida Fransiya futbol federasiyasi Kilian Mbappeni 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi. Yosh iqtidor sohibi mamlakat kubogi uchun kechgan final uchrashuvidagi fe’l-atvori uchun shunday jazoga loyiq ko‘rildi. Bundan tashqari, intizom qo‘mitasi o‘sha uchrashuvda muxlisga qo‘l ko‘targan Neymarga qarshi ish boshladi. Braziliyalik hujumchi ham mavsumni barvaqt yakunlashga yaqin turibdi.

«Nissa»ga qarshi uy uchrashuvini chempion muvaffaqiyatli o‘tkaza olmadi. Vaholanki, jamoa 2 marta penalti tepish huquqini qo‘lga kiritgan. Ammo Neymar 60-daqiqadagi aniq zarbasi bilan mehmonlar vakili Ganago goliga javob qaytargan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqtda Kavani 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. Tabiiyki, parijlik muxlislarni durang natija qoniqtirmasdi.

Boshqa uchrashuvlar xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, sovrindorlar safiga intilayotgan «Sent-Etyen» Monakodan muhim 3 ochkoni tortib olishga erishdi (3:2) va yetakchi to‘rtlikdagi mavqeini mustahkamlab oldi. Knyazlik klubi esa aksincha, autsayderlardan uzoqlasha olmadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda borayotgan «Lion» - «Lill» qarama-qarshiligi chinakam jangovar durang (2:2) bilan nihoyasiga yetdi.

Turnir jadvalidagi yana bir qo‘shnilar - «Reyms» va «Nim» klublari o‘rtasidagi bellashuv kutilmaganda mehmonlarning yirik (3:0) g‘alabalari bilan yakun topdi. Shu tariqa yevrokuboklar hududi uchun kurash yanada keskinlashdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 21:01, 09.05.2019. O'qildi: 3160 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.