Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

La liga, 37-tur. «Barselona» g‘alaba qozondi, «Real» yutqazdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Ispaniya chempionatining 37-tur o‘yinlari bir vaqtda boshlandi.

"Barselona"dan g‘alaba
Bundan 2 tur avval Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan "ko‘k-anorranglilar" o‘z maydonlarida "Xetafe"ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘lim oxirlarida Arturo Vidal hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin so‘ngida Messining zarbasidan so‘ng to‘p rekoshet holatida raqib darvozasiga borib tushdi.

"Atletiko" durang o‘ynadi
Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan "Sevilya" Madridda "Atletiko" mehmoni bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Koke "matraschilar"ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Sarabiya muvozanatni tikladi. Mazkur durang Simeone jamoasiga 2-o‘rinni taqdim etgan bo‘lsa, andalusiyaliklar yo‘qotilgan 2 ochko evaziga jadvalda 6-o‘ringa tushib qolishdi.

"Real" mavsumni 3-o‘rinda yakunladi
Ispaniya La ligasida g‘olib chiqishga qiynalayotgan "Real" ketma-ket ikkinchi yildirki hattoki 2-o‘rinni ham egallay olmayapti. Zidan shogirdlari Basklar yurtida "Sosyedad" mehmoni bo‘lib, imkoniyatni boy berishdi. Vaholanki, madridliklar 6-daqiqada Braim Diasning goli evaziga hisobni ochishgandi. Bo‘lim o‘rtalarida mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Birinchi bo‘limga tugashiga 6 daqiqa qolganida Valyexo o‘z darvozasiga kirib ketayotgan to‘pni qo‘li bilan qaytargani bois, maydondan chetlatildi. Belgilangan penaltini esa Kurtua qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda "Real Sosyedad" Qirollik klubi darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Shu tariqa, basklar ushbu mavsumda "Real"ni har ikkala o‘yinda mag‘lub etishdi. "Real"ning mag‘lubiyatlar soni esa 11taga yetdi.

"Valensiya" 4-o‘ringa ko‘tarildi
"Ko‘rshapalaklar" o‘z uylarida "Alaves"ni qabul qilib, 3:1 hisobida mag‘lub etishdi. Natijada "Xetafe"ning mag‘lubiyatidan foydalangan "Valensiya" jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa so‘nggi turda g‘alaba qozonsa, YECHL yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Ispaniya chempionati, 37-tur
Barselona – Xetafe 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 39 Vidal, 2:0 – 89, avtogol Dakonam.
Barselona – Sillessen, Alba, Umtiti, SerJi Roberto, Pike, Rakitich (Alenya, 62), Vidal, Koutinyo (Abel Ruis, 69), Buskets, Malkom (Nelson Semedu, 78), Messi.
Xetafe – Soriya, Kabrera, Olivera, Dakonam, Fulkye (Says, 75), Maksimovich, Sibasaki (Portilyo, 46), Arambarri, Suares, Anxel (Duro, 86), Molina.
Ogohlantirishlar: Fulkye (37), Olivera (52), Vidal (76), Dakonam (90).

Atletiko – Sevilya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 30 Koke, 1:1 – 70 Sarabiya.
Atletiko – Oblak, Godin, Montero, Xuanfran, Filipe Luis, Saul, Parti, Rodri Ernandes (Korrea, 57), Koke, Morata (Lemar, 78), Grizmann.
Sevilya – Vaslik, Gomes, Nyanyon, Kyer (Aleish Vidal, 46), Vaskes, Navas, Mesa (Rog, 76), Gonalon (Amadu, 36), Sarabiya, Munir, Ben-Yedder.
Ogohlantirishlar: Mesa (58), Parti (68), Morata (72), Aleish Vidal (75), Koke (81), Rog (86), Lemar (88), Navas (90), Saul (90).

Real Sosyedad – Real Madrid 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 6 Braim Dias, 1:1 – 26 Merino, 2:1 – 57 Saldua, 3:1 – 67 Barrenechea.
Real Sosyedad – Ruli, Moreno, Munyos, Saldua (Yanuzay, 68), Lyorente, Pardo (Ilyarramendi, 77), Merino, Subeldiya, Oyarsabal, Barrenechea (Xuanmi, 87), Villian Joze.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Marselo, Valyexo, Nacho, Kroos, Isko (Modrich, 56), Braim Dias (Vaskes, 65), Kazemiro, Asensio (Vinisius Junior, 76), Benzema.
Ogohlantirishlar: Karvaxal (42), Subeldiya (59), Kazemiro (75).
Chetlatish: Valyexo (39).

Jirona – Levante 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 60 Stuani, 1:1 – 62 Morales, 1:2 – 86 Bardi.
Jirona – Bunu, Xuanpe, Munyesa, Alkala, Granel, Fernandes (Porro, 84), Duglas Luis (Moxika, 71), Pons, Portu, Stuani, Losano (Soni, 71).
Levante – Fernandes, Tonyo (Pedro Lopes, 4), Ruben Vezu, Koke, Rober (Postigo, 20; Kabako, 79), Vukchevich, Kampanya, Morales, Bardi, Jeyson, Mayoral.
Ogohlantirishlar: Jeyson (27), Duglas Luis (48), Bardi (49), Losano (62), Kabako (90).

Betis – Ueska 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 22 Sanches, 1:1 – 55, penalti Anyor, 2:1 – 90 Sanches.
Betis – Robles, Bartra, Firpo, Feddal, Gerrero (Vilyam Karvalyu, 66), Kaptum (Xese, 77), Lo Chelso, Sanches, Guardado (Laynes, 90), Telyo, Moron.
Ueska – Yovanovich, Diyeges, Pulido, Echeyta, Galan, Gomes, Anyor (Rivera, 80), Melero (Musto, 80), Ferreyro (Luizinyu, 90), Errera, Galyego.
Ogohlantirishlar: Echeyta (61), Diyeges (64), Galan (64), Melero (70), Guardado (70), Feddal (90), Luizinyu (90), Sanches (90).
Chetlatish: Pulido (76).

Rayo Valyekano – Valyadolid 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 6, penalti Unal, 1:1 – 73 Medran, 1:2 – 80 Serxi Gvardiola.
Rayo Valyekano – Dimitriyevski, Katena (Komesanya, 87), Tito (Gerra, 67), Ba, Moreno (Trexo, 75), Garsiya, Poso, Medran, Agbo, Bebe, de Tomas.
Valyadolid – Masip, Kiko Olivas, Martines, Moyyano, Kalero, Alkaras, Michel, Plano, Rubio (Antonito, 61), Unal (Chop, 90), Serxi Gvardiola (Xoakin Fernandes, 83).
Ogohlantirishlar: Moreno (69), Poso (76), Kiko Olivas (77), Kalero (86).

Vilyarreal – Eybar 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 59 Toko-Ekambi.
Vilyarreal – Fernandes, Kosta, Alvaro Gonsales, Mario Gaspar, Funes Mori, Kasorla (Xavi Fuego, 88), Chukvueze (Bakka, 90), Fornals, Iborra, Toko-Ekambi (Trigeros, 74), Moreno.
Eybar – Dmitrovich, Xose Anxel, Ramis, Paulu Oliveyra (Mari, 70), Kukurelya, Alvares, De Blasis, Leon (Sharles, 59), Orelyana, Jordan, Enrik (Kike, 82).
Ogohlantirishlar: Kukurelya (64), Mario Gaspar (76), Moreno (90), Xose Anxel (90), Bakka (90).

Leganes – Espanyol 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 35 Iglesias, 0:2 – 71, penalti Iglesias.
Leganes – Lunin, Xuanfran, Silva, Siovas, Omeruo, Oskar Rodriges (Xose Arnais, 71), Resio (El-Jar, 81), Mikel Vesga, Bustinsa, En-Nesiri, Breytueyt (Karrilyo, 76).
Espanyol – Lopes, Ermoso (Duarte, 79), Naldo, Rosales, Pedrosa, Darder, Mark Roka, Sanches, Melendo, U Ley (Garsiya, 80), Iglesias (Ferreyra, 90).
Ogohlantirishlar: Bustinsa (29), Resio (38), Ferreyra (90), En-Nesiri (90).
Chetlatish: Bustinsa (45).

Valensiya – Alaves 3:1 (2:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 12 Ximo Navarro, 1:1 – 29 Soler, 2:1 – 34 Santi Mina, 3:1 – 68 Gameyro.
Valensiya – Domenek, Gabriel, Gayya, Garay, Pichchini, Soler, Gedesh, Parexo, Vass (Diakabi, 82), Santi Mina (Ferran Torres, 83), Rodrigo (Gameyro, 65).
Alaves – Pacheko, Ximo Navarro, Duarte, Laguardia, Agirregabiria (Baston, 65), Pina (Manu Garsiya, 75), Xoni Rodriges, Brashanas, Vigaray, Kalyeri, Rolan (Tvumasi, 75).
Ogohlantirishlar: Brashanas (17), Pina (35), Garay (45), Gabriel (64), Baston (72), Laguardia (89), Tvumasi (90).

Atletik – Selta 3:1 (3:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 16, penalti Raul Garsiya, 2:0 – 17 Raul Garsiya, 3:0 – 40 Inyaki Uilyams, 3:1 – 89, penalti Aspas.
Atletik – Yago Errerin, Martines, Yeray Alvares, Berchiche, Kapa, Ibai Gomes (Kordoba, 76), Benyat, Dani Garsiya, Raul Garsiya, Muniain (Susayeta, 79), Inyaki Uilyams (Aduris, 82).
Selta – Blanko, Arauxo, Olasa, Xudt, Malyo, Brais Mendes, Yokushlu (Xosabed, 72), Lobotka (Beltran, 86), Budebuz, Aspas, Maksi Gomes (Bufal, 63).
Ogohlantirishlar: Budebuz (24), Arauxo (36), Benyat (45), Muniain (61), Xudt (64), Kapa (87), Aduris (89).

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 Barselona 37 26 8 3 88-34 86
2 Atletiko 37 22 9 6 53-27 75
3 Real Madrid 37 21 5 11 63-44 68
4 Valensiya 37 14 16 7 49-35 58
5 Xetafe 37 15 13 9 46-33 58
6 Sevilya 37 16 8 13 60-47 56
7 Atletik Bilbao 37 13 14 10 41-43 53
8 Real Sosyedad 37 13 11 13 45-44 50
9 Espanyol 37 13 11 13 46-50 50
10 Betis 37 13 8 16 42-52 47
11 Alaves 37 12 11 14 37-49 47
12 Eybar 37 11 13 13 44-48 46
13 Leganes 37 11 12 14 36-41 45
14 Vilyarreal 37 10 13 14 47-50 43
15 Levante 37 11 10 16 57-64 43
16 Valyadolid 37 10 11 16 32-49 41
17 Selta 37 10 10 17 51-60 40
18 Jirona 37 9 10 18 36-51 37
19 Rayo Valyekano 37 8 7 22 39-68 31
20 Ueska 37 6 12 19 41-64 30
Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:36, 13.05.2019. O'qildi: 7206 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик