Transfermarkt portali 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Bundesliganing eng ko‘p narxi pasaygan futbolchilari antireytingini e’lon qildi. «Bavariya» yarim himoyachisi Djamal Musiala ushbu ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda — uning transfer qiymati birdaniga 20 mln yevroga arzonlashdi.
Qizig‘i shundaki, kuchli o‘nlikdan Musialaning yana uch nafar jamoadoshi, jumladan, hujumchi Xarri Keyn ham joy olgan. Ingliz futbolchisining narxi 5 mln yevroga pasaygan bo‘lsa-da, uning statistik ko‘rsatkichlari hayratlanarli: Keyn yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Bundesliganing narxi eng ko‘p pasaygan futbolchilari — top-10 (27 may, 2026 yil):
Djamal Musiala («Bavariya») — € 100 mln (- € 20 mln).
Karim Adeyemi («Borussiya» Dortmund) — € 40 mln (- € 10 mln).
Seru Girassi («Borussiya» Dortmund) — € 32 mln (- € 8 mln).
Moxamed Amura («Volfsburg») — € 20 mln (- € 7 mln).
Fabiu Silva («Borussiya» Dortmund) — € 22 mln (- € 6 mln).
Xarri Keyn («Bavariya») — € 60 mln (- € 5 mln).
Alfonso Devis («Bavariya») — € 40 mln (- € 5 mln).
Yozua Kimmix («Bavariya») — € 35 mln (- € 5 mln).
Jonatan Burkardt («Ayntraxt») — € 30 mln (- € 5 mln).
Eksekiel Palasios («Bayer») — € 25 mln (- € 5 mln).
Mutaxassislarning fikricha, Musialaning narxi pasayishiga uning mavsum davomidagi barqarorligi va kutilgan natijalarni to‘liq bera olmagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Keyn va Kimmix kabi tajribali o‘yinchilarning arzonlashishi esa ko‘proq yosh omili bilan bog‘liq deb ko‘rilmoqda.