Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Chelsi - Nottingem Forest

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Toshkent «Osiyo bolalari» Xalqaro o‘yinlariga mezbonlik qiladi…mi?

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A
Mamlakatimiz qator nufuzli xalqaro sport musobaqalariga mezbonlik qilib kelmoqda. Qolaversa, yaqin kelajakda kompleks sport musobaqalariga mezbonlik qilish bo‘yicha ham izchil ishlar amalga oshirilayotir.   Xususan, o‘tgan yili Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlaridan keyin davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2030 yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.   Bugun poytaxtimizda “Osiyo bolalari” o‘yinlari Xalqaro qo‘mitasining Ijroqo‘m yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va “Osiyo bolalari” o‘yinlari Xalqaro qo‘mitasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tabiiyki, unda ko‘rilgan asosiy masala – bu yurtimizning mazkur musobaqaga mezbonlik qilishi borasidagi imkoniyatlari yuzasidan muzokara olib borish bo‘ldi.   Yig‘ilishda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda “Osiyo bolalari” o‘yinlari Xalqaro qo‘mitasi prezidenti Dmitriy Glushko boshchiligidagi delegasiya ishtirok etdi.   Deti-Azii5.jpg   “O‘zbekiston kelajakda ko‘plab xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilishni ko‘zlamoqda. Buning uchun yetarli sport ob’ektlari ham barpo etilyapti. Jumladan, 2030 yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish borasida katta ish boshladik. 2028 yili o‘tkaziladigan yozgi “Osiyo bolalari” o‘yinlarini O‘zbekiston yuqori saviyada tashkil qilishga qodir, deb o‘ylayman. O‘sha davrga borib, buning uchun qanday talablar kerak bo‘lsa, barchasi bizda muhayyo bo‘ladi. Qolaversa, Osiyo o‘yinlaridan avval bu musobaqa biz uchun o‘ziga xos tayyorgarlik bo‘lib xizmat qiladi”, – dedi Umid Ahmadjonov.   Shuningdek, “Osiyo bolalari” o‘yinlari Xalqaro qo‘mitasi rahbari D.Glushko ham bu borada o‘z fikrlarini bildirdi.   “Bizni iliq kutib olganingiz uchun rahmat aytaman. Ma’lumki, “Osiyo bolalari” o‘yinlari ham yirik kompleks musobaqalardan biri hisoblanadi. Unda bir emas, ko‘plab sport turlari bo‘yicha bellashuvlar bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladi. Shu bois ham uni o‘tkazish va yoritishga o‘zgacha yondashuv kerak. Musobaqaga mezbonlik borasidagi barcha talab va dasturlarimizni sizga taqdim etamiz. O‘ylaymanki, O‘zbekiston bunday musobaqani qabul qilishga qodir”, – dedi faxriy mehmon.   Deti-Azii10.jpg   Yig‘ilish davomida har ikki taraf o‘rtasida kelajakda o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, musobaqani o‘tkazish borasida qanday ishlar amalga oshirilishi yuzasidan mulohazalar yuritildi. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, “Osiyo bolalari” Xalqaro o‘yinlari har to‘rt yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. 2020 yili mazkur musobaqa Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilsa, 2024 yili unga Rossiyaning Yakutsk shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston esa 2028 yili bo‘lib o‘tadigan musobaqa mezbonligi uchun da’vogarlik qilish niyatida.   Deti-Azii2.jpg
Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 09:30, 14.05.2019. O'qildi: 1454 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик