Bugun 24 yanvar, 2026 yil, shanba.

  • AFC U-23
      • 23.01.2026 20:00
      • Vyetnam
      • 2:2
      • Janubiy Koreya
      • 24.01.2026 20:00
      • Xitoy
      • -:-
      • Yaponiya
  • «A» Seriya
      • 24.01.2026 00:45
      • Inter
      • 6:2
      • Piza
      • 24.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Torino
      • 24.01.2026 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Kalyari
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • -:-
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 24.01.2026 01:00
      • Levante
      • 3:2
      • Elche
      • 24.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.01.2026 20:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.01.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Selta
  • APL
      • 24.01.2026 17:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 24.01.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Tottenhem
      • 24.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Brayton
      • 24.01.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Liverpul
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Man. Yunayted
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 22 52
2 Milan 21 46
3 Napoli 21 43
4 Roma 21 42
5 Yuventus 21 39
6 Komo 21 37
7 Atalanta 21 32
8 Bolonya 21 30
9 Lasio 21 28
10 Udineze 21 26
11 Sassuolo 21 23
12 Cremonese 21 23
13 Parma 21 23
14 Torino 21 23
15 Kalyari 21 22
16 Jenoa 21 20
17 Fiorentina 21 17
18 Lechche 21 17
19 Verona 21 14
20 Piza 22 14

O'tgan o'yinlar.

22-тур Inter 6-2 Piza

Navbatdagi o'yinlar.

24/01/26 Komo - Torino
24/01/26 Fiorentina - Kalyari
25/01/26 Lechche - Lasio
25/01/26 Sassuolo - Cremonese
25/01/26 Atalanta - Parma
25/01/26 Jenoa - Bolonya
25/01/26 Yuventus - Napoli
26/01/26 Roma - Milan
27/01/26 Verona - Udineze

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kazuyoshi Miura: «Hali ketish niyatim yo‘q»

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy yil yanvarida u Yaponiya ikkinchi divizioni ishtirokchisi - «Yokogama» klubi bilan shartnomasi muddatini uzaytirdi, 26 fevralda 52 (!) yoshga to‘ldi, 23 martda esa «Jifu» klubiga qarshi bahsda maydonga tushib, bir bo‘lim davomida tinim bilmadi.

Darvoqe, o‘sha uchrashuvda uning jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi... Yaqinda fransiyalik hamkasblarimiz dunyoning eng keksa futbolchisi Kazuyoshi Miura bilan intervyu tashkil etishdi. 

- Kazu, siz bilan suhbatlashganda, o‘z-o‘zidan bir savol xayolga keladi: butsalaringizni qachon mixga ilmoqchisiz?

- Bilmayman... O‘ylashimcha, futbol o‘ynash xohishi meni hech qachon tark etmasa kerak. Qachonki to‘liq mashg‘ulot o‘tkazishga kuchim yetmasa - shundagina ketish kerak bo‘ladi. Hamma so‘raydi: nega bu yil faoliyatimni yakunlamadim? Qiziqishayotgani tabiiy. Lekin o‘zimga-o‘zim bunday savol bermayman.

- Biroq o‘tgan mavsum atigi 10ga yaqin o‘yin o‘tkazdingiz, xolos. 52 yoshda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishdan xafa emasmisiz?

- Ranjidim, zero mavsumoldi yig‘inlarni ko‘ngildagidek o‘tkazgandim, jiddiy jarohatlarga yo‘liqmagandim. Tushunmadim, maydonga tushirishlari uchun yana nima qilish kerak? Ammo qarorni murabbiy chiqaradi. Biz - futbolchilar uning aytganlariga ko‘nishimiz shart. Faxriymisan yoki 18 yoshli yigitchami, o‘ynamaslik bir xilda alam qiladi.

- Lekin siz murabbiydan so‘rash huquqiga egasiz, yosh bola emassiz...

- Yo‘q, hech qachon bunday savol bermayman. Hammadan yoshim katta, meni kuzatishadi, o‘rnak olishadi - shunday ekan, o‘zimni nazorat qilishim kerak. Ko‘pincha shu kabi zaxirada qolib ketadigan bo‘lsam, o‘yindan keyin yakka holda mashg‘ulot o‘tkazaman - shu tariqa stressni yengaman.

- Aksariyat futbolchilar mashg‘ulotlardan zerikishgani uchun ham faoliyatlarini yakunlashadi. Siz-chi?

- Bu borada o‘zgachaman (kuladi). Tushunaman, vaqtim o‘tdi, yoshlikni qaytarib bo‘lmaydi, jismoniy holatim haminqadar. Lekin shunga qaramay formamni yo‘qotmaslikka, muntazam shug‘ullanishga intilaman... Organizm avvalgi holatda bo‘lmasada, qalbim yosh.

- 52 yoshda-ya?

- Futbol - jamoaviy o‘yin, tezlik avvalgidek yuqori bo‘lmasa ham yordamingiz tegishi mumkin. Hujumchilar juftligida birining yoshi 51, ikkinchisiniki 17 bo‘lsa, ikki nafar 25 yoshli futbolchidan ko‘proq samara keltirishi mumkin.

- 50dan o‘tgan professionalda qanday qiyinchiliklar uchraydi?

- Muammo bisyor. Misol uchun, bu yoshdagilar sog‘lig‘ini nazorat qilishi, to‘g‘ri ovqatlanishi kerak. Ammo men ko‘p taom yeyman, axir mashg‘ulotlar payti vazn yo‘qotasiz, tezroq tiklanish zarur. Aks holda, oyoqlar sizga bo‘ysunmaydi. Va albatta, yillar o‘tgani sari raqib bilan to‘qnashuvlar yanada og‘riqli kechadi.

- Yaponiyada ko‘pchilikning kumiriga aylanishingizga faoliyatingizni Braziliyada boshlaganingiz sabab bo‘lgan. Ajoyib! Bu qanday ro‘y bergan?

- Hamisha Braziliya, Pele haqida o‘ylaganman, braziliyaliklarga xos tarzda aldab o‘tishga intilganman. Otam Yaponiya FF delegasiyasi tarkibida 1970 yili Meksikada o‘tkazilgan jahon chempionatiga borgan, hammasini Super 8 kamerasiga yozib olgandi. Bolaligimda bu kabi havaskor filmlarni ko‘p ko‘rganman: Braziliya termasi, Pele... Tog‘am futbol murabbiyi bo‘lgan, aldab o‘tish, jonglyorni undan o‘rganganman, Pele haqida gapirib berardi. Barchasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni orzu qilardim.

- Va 15 yoshingizda orzuingiz ro‘yobga chiqdi...

- Meni San-Paulodagi «Atletiko Juventus» klubi internatiga qabul qilishdi, u yerda kelgindi bolalar yashashardi. Avvaliga soqovdek yurdim, chunki til bilmasdim. Yangicha hayotga ko‘nikish qiyin kechgan. Mahalliy tengdoshlarim uchun badavlat yaponlarning o‘g‘li, futbolni o‘rganish uchun kelgan sayyoh edim. Hech kim o‘ynashni xohlayotganim, tarkibga kirishga da’vogar ekanim haqida o‘ylamasdi.

- Murabbiylar-chi, ular siz haqingizda qanday fikrda bo‘lishgan?

- Hech nima deyishmasdi, lekin meni jiddiy qabul qilishmayotgani yaqqol sezilardi. Maydonga tushirishmasdi, shu xolos! Hattoki, mash-g‘ulotlar paytida ikki jamoaga bo‘linganimizda ham o‘ynatishmasdi. Juda xafa bo‘lardim. Biroq sukut saqlardim, ichimdagini tashqariga chiqarmasdim. Bu yaponlarga xos odat. 16 yoshga to‘lgandim, jamoadagi eng navqironi edim...

- Ammo taslim bo‘lmadingiz...

- Texnikam yomon emas, o‘zimga bo‘lgan ishonch yetishmasdi. Keyinchalik yaponiyalik muhojirlar jamoasida o‘ynay boshladim. U turli muassasalar, firmalar o‘rtasidagi chempionatda qatnashardi. Zavodlar, munisipal tashkilotlar jamoalariga qarshi to‘p surardik... Raqiblar tarkibidagi futbolchilar mendan ancha katta edi, biroq aynan shu holat mening foydamga ishlagan - chiniqqanman. Hojatxonalar eshiklari qulfsiz, dushlar issiq suvsiz edi, mashg‘ulotlar 40 daraja issiqda o‘tkazilardi, avtobusda qayergadir borardik - deyarli bir sutka davomida tinmasdik. Shu tariqa haqiqiy jangchiga aylandim.

- Pele bilan ilk uchrashuvingiz yodingizdami?

- Albatta, o‘sha paytlari uning qadrdon klubi «Santos»da o‘ynardim. Pelening raqami ostida to‘p surish baxt edi! Bir kuni yoshlar jamoasi bilan shug‘ullanayotganimizda, Pele kiyinish xonasiga kirgan. Klubga qandaydir fotosuratlarni olgani kelgan ekan. Meni ko‘rib, yonimga kelib so‘radi: «Kamamotoni (Yaponiya termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar) taniysanmi? Ajoyib hujumchi». Uning yapon futboli haqida iliq fikr bildirganidan quvondim... Bu kunni hech qachon unutmayman.

- Siz Yevropada ham to‘p surgansiz - 1994-1995 yillarda «Jenoa» safida o‘ynagansiz. Italiya ham siz orzu qilgan mamlakatmidi?

- Braziliyada har hafta «A» seriya o‘yinlari translyasiya qilinardi va hamma braziliyalik yulduzlar Italiyaga yo‘l olishardi. Ziko, Sokrat, Falkao, Kareka, Alemao, Dunga... Shu bois men ham o‘sha tomonga oshiqqanman. Lekin «Milan»ga qarshi kechgan birinchi o‘yinimda jarohat olganman. Franko Barezi bilan to‘qnashuvdan keyin burnim singan. Ikki oy davolanganman. Shunga qaramay, 34ta o‘yindan 21tasida maydonga tushganman.

- Fransiya futboli ham sizga ma’qul bo‘lganmi?

- Jan-Pyer Papen yorqin taasurot qoldirgan. Uning raqib jarima maydonchasida o‘zini tutishi, to‘purarlik texnikasiga tan berganman. Bu borada Papenga yetadigani bo‘lmagan! U meni Marselda o‘tgan yubileyiga taklif etgan (1999 yil 30 may). Papenning do‘stlari jamoasida Zidan, Kantona bilan o‘ynaganman, murabbiy Eme Jake edi. Albatta, bunday odamlar yonida bo‘lishdan faxr tuyganman.

- 1994 yili Yaponiya termasi jahon chempionatiga chiqolmadi, 1998 yilgi mundialda esa sizni «zayavka»ga kiritishmadi. Biror marta JCHda qatnashmaganingiz alam qiladimi?

- 1994 yilgi muvaffaqiyatsizlik haqiqiy fojia sifatida qabul qilingan. 1998 yilgi mundialda esa murabbiy Takeshi Okada shunday qarorga kelgan. Vaholanki, saralash bahslarida hammadan ko‘p gol urgandim. Okadadan xafa emasman, lekin o‘shanda alam qilgandi. «Mundialda o‘ynamasam, qanaqasiga professional futbolchi bo‘la olaman?» deb o‘ylagandim. Hatto bir muddat futboldan ketish haqida o‘ylaganman. Umuman, hammasi asta-sekin unutildi, boshqa bunday xayollar qiynamadi.

- O‘shanda sizni kim qo‘llab-quvvatlagan?

- Filipp Trussye bilan uchrashganman. 1990 yil oxirida Tokio klubi («Verdi Kavasaki») bilan shartnomam yakunlangach, uni uzaytirishmadi, Trussye esa endigina Yaponiya termasini qabul qilib olgan, ko‘p o‘tmay meni chaqirgandi. U yangi, yosh jamoa tuzishga bel bog‘lagandi, buning uchun ikki-uch nafar faxriy futbolchilarga ehtiyoj sezayotganini aytdi - yoshlar ulardan ibrat olishlari ko‘zda tutilgandi. Inglizchani yaxshi bilmasdim, u ham, lekin bir-birimizni tushunganmiz. Trussyening aytganlarini eshitib maroqlandim. Ehtimol, aynan uning gaplaridan keyin Xorvatiyaga borib, u yerda hammasini qaytadan boshlashga intilgandirman...

- 1998 yilgi ko‘ngil yarasi bitdimi?

- Yo‘q. Albatta, hayot davom etadi, balki bunday voqealar foydamga ishlar. Ammo rostini aytsam, o‘sha holatni hamon unutolmayman. Yaponiya termasining JCHdagi o‘yinlarini ko‘rsam, jumladan, jamoamizning o‘tgan yili Rossiyada qanday to‘p surishganini ko‘rib, ko‘zimga yosh keldi.

- Peleni hisobga olmasak, yana kimni buyuk deyish mumkin? Kim sizga ko‘proq yoqadi - Kroyfmi yoki Maradona?

- Nimadir deyish mushkul... Katta ehtimol bilan Maradonani tanlayman, uning hayotga nisbatan munosabati yoqadi: nimani o‘ylasa, shuni gapiradi. Kroyf esa - xushbichim, ko‘rkam, boshqa toifa. Vaholanki, u ham qaysidir ma’noda Maradona singari inqiloblarga moyil.

- Mishel Platini haqida nima deysiz?

- Bilasizmi, u mafiya vakillariga o‘xshaydi. Ishonmaysizmi? Qiyofasida gangsterlarga xos nimadir bor. U Fransiyada hamon mashhurmi?

- Fransiyada Platini va Zidan - barcha davrlarning eng hurmatga sazovor kishilari hisoblanishadi. Zidanni JCH-2006 finalidagi qilig‘idan keyin ham yaxshi ko‘rishadi.

- Bu tushunarli, axir ular ajoyib futbolchilar bo‘lishgan. Ayniqsa, Zidan haqiqiy artist edi, xuddi Maradona singari. Ammo jahonning texnikasi eng yuqori bo‘lgan futbolchisi faoliyatini shu tariqa yakunlashi - buni idrok etish mushkul!

- Kilian Mbappe borasidagi fikrlaringiz qanday? Jahon chempionatidan keyin uni Pele bilan solishtirganlar ham uchradi.

- Ajoyib yigitcha, uni oldinda ulkan ishlar kutmoqda. Biroq Pele... Bugungi kunda unikidek yorqin faoliyatni takrorlash deyarli imkonsiz. Uch marta JCHda g‘olib chiqqan, yana kimdir buni uddalay olarmikan?

- Neymar...

- Undan ko‘nglim sovidi, ko‘p holarda futbolni bir chetga surib, yiqilish, jarima zarbasi ishlashga urindi.

- Yana sizga qaytamiz. Bir kun kelib, baribir, faoliyatingizni tugatishingizga to‘g‘ri keladi...

- Ehtimol, buni ommaviy tarzda e’lon qilmasman. Qachonki, mashg‘ulotlar va yig‘inlar payti ketish fursati kelganini tushunsam, ortiqcha shovqin-suronlarsiz ketaman. Muxlislar to‘la stadionda xayrlashuv so‘zlarini aytishni tasavvur qilolmayman. Garchand, nimadir de-yish kerak bo‘lsa ham...

- Butsalaringizni mixga ilgach nima bilan shug‘ullanmoqchisiz?

- Bu haqda o‘ylamayapman. Tushunaman, yana besh yil to‘p surish juda qiyin bo‘ladi, balki ikki yoki uch yil o‘ynarman... Keyin nima qilaman... Biror-bir klubda murabbiy, prezident, bosh direktor, TVda konsultantlik... Bularning bari menga qiziq emas. Oddiy «jogador» (portugalchada - o‘yinchi) bo‘lmoqchiman. Fransuzchada «jogador» nima bo‘ladi?

- «Joueur»...

- Ha! «Joueur» bo‘lmoqchiman. Bosh-qa soha haqida umuman o‘ylamayapman. Imkoni bo‘lsa, so‘nggi nafasimgacha to‘p surmoqchiman. O‘lganimdan keyin gazetalarda «Sobiq futbolchi Kazu Miura vafot etdi» deb yozishlarini xohlamayman. «Futbolchi Kazu Miura vafot etdi» deyilsa, yaxshiroq eshitiladi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 10:31, 17.05.2019. O'qildi: 5242 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 12
2 Комо Niko Pas 8
3 Милан Kristian Pulishich 8
4 Ювентус Kenan Yildiz 7
5 Верона Gift Orban 7
6 Милан Rafael Leau 7
7 Болонья Rikkardo Orsolini 7
8 Интер Xakan Chalxanoglu 7
9 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
10 Болонья Santyago Kastro 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.