Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Adolat» kubogi g‘oliblari taqdirlandi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A
Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi hamkorligida belbog‘li kurash bo‘yicha “Adolat” kubogi musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.   Mazkur musobaqa davlatimiz rahbarining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusini ro‘yobga chiqarish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom, baquvvat va barkamol qilib tarbiyalash, sportchi yoshlarni milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda belbog‘li kurash sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.   Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari va deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston “Adolat” SDP faollari, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi vakillari, ushbu bellashuvning hududiy bosqichlari g‘oliblari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.   Ta’kidlanganidek, yurtimizda sportni rivojlantirish, yoshlarni jismonan va ma’nan sog‘lom qilib tarbiyalash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro musobaqalar, olimpiadalarda sportchilarimiz yutuqlarga erishib, Vatanimiz sharafini ulug‘lab kelmoqda.   photo_2019-05-19_09-51-23.jpg   — Keyingi ikki yil davomida jismoniy tarbiya va sport sohasiga doir qabul qilingan bir qator farmon va qarorlarda aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilandi, — deydi partiya Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov. — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilda Oliy Majlisga taqdim qilgan Murojaatnomasida mamlakatimizda sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat berish, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish kerakligi alohida ta’kidlangan.   Partiyamiz bir necha yildan buyon O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. “Adolat” kubogi musobaqalarining o‘tkazilishi esa hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqdi, deb o‘ylaymiz.   Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida mazkur sport turi bilan ko‘plab yoshlarimiz muntazam shug‘ullanmoqda. Azal-azaldan turli sayillarda, to‘y va boshqa tadbirlarda bir-biridan qiziqarli bellashuvlar o‘tkazilgan. Bu bellashuvlarda kuragi yerga tegmagan polvonlarimiz yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitganlar. Uzoq tarixga ega bo‘lgan belbog‘li kurash o‘zbek polvonlarining mahorati, matonatini namoyon etib keladi.   Belbog‘li kurash sport turini keng targ‘ib qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarda mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirishda partiya deputatlari O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasining hududiy kengashlari bilan hamkorlikda joylarda saylovchilar hamda yoshlar bilan o‘tkazayotgan uchrashuvlar, musobaqalar amaliy ahamiyat kasb etmoqda.   photo_2019-05-19_09-51-31.jpg   Mamlakatimiz kelajagini sog‘lom va har tomonlama uyg‘un rivojlangan yoshlar qo‘lida, deb hisoblovchi O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida joriy yilning mart-aprel oylarida belbog‘li kurash bo‘yicha “Adolat” kubogi musobaqasining tuman, shahar va hududiy bosqichlari ochiqlik, oshkoralik, raqobat mezonlari asosida o‘tkazildi.   136 ta tuman, shaharlarda o‘tkazilgan saralash hamda hududiy bosqichlardagi bellashuvlarda 7 500 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishdi.   Musobaqaning respublika bosqichida hududlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri qatnashchilari — 2000, 2001 hamda 2002 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar 6 vazn toifasida (55, 60, 65, 71, 77, 83 kg. vazn toifasida) 80 dan oshiq eng sara polvonlar o‘zaro kuch sinashdi.   Xalqimiz o‘rtasida halollik, mardlik, jasorat namunasi hisoblanib, yosh avlodning ma’naviy va jismoniy jihatdan rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur sport turi bo‘yicha bellashuvlar boshlanishidan avval Prezidentimizning 5 tashabbusiga hamohang ravishda san’at ustalarining badiiy chiqishlari musobaqa ishtirokchilari va tomoshabinlarni xushnud etdi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida badiiy hamda huquqiy adabiyotlar yarmarkasi tashkil etildi.   Ko‘tarinki ruhda boshlangan musobaqa qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi. Bir-biridan mahoratli polvonlar bahsida kuchlilar orasidan eng kuchlilar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.   Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng ko‘p sovrinli o‘rinlarni egallagan Andijon viloyati jamoasi umumjamoa hisobida “Adolat” kubogi respublika musobaqasi g‘olibi bo‘ldi. Musobaqada Toshkent shahridan Hasan Azimov (55 kg.), Andijon viloyatidan Oybek Sultonov (60 kg.), Nusratbek Sultonboyev (65 kg.) va Ro‘zioxun Ro‘zioxunov (71 kg.), Farg‘ona viloyatidan Rahmatilla Anvarjonov (77 kg.), Toshkent shahridan Nodir Ahadjonov (83 kg.) 1-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Mazkur vazn toifalarida Kamronbek Ortiqov (Andijon), Jahongir Haitov (Namangan), Xolmirza Hasanboyev, Shahzod Mirzayorov (Toshkent shahri), Manguberdi Imyanov, Sardor To‘layev (Toshkent viloyati) ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, har bir vazn toifasida ikki nafardan ishtirokchi 3-o‘ringa loyiq topilib, g‘oliblar safidan joy olishdi.   — Uzoq yillik tarixga ega belbog‘li kurash sport turi bugun nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda ham o‘z muxlislariga ega bo‘lib bormoqda, — deydi O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi raisi Ravshan Dastirov. — O‘zbekiston belbog‘li kurash federasiyasi Birlashgan kurash olamining (UWW) haqiqiy a’zosi hisoblanadi. Mazkur tashkilotning dastur-rejasiga muvofiq jahon chempionatlari va kubok musobaqalari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan mazkur musobaqa yuqori saviyada o‘tkazilgani bilan ahamiyatlidir. Chunki ushbu bellashuv joriy yilning 18-21 iyun kuni Olmaliq shahri mezbonlik qiladigan, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionati oldidan terma jamoa a’zolariga nomzodlarni yana bir bor saralab olish imkoniyatini berdi.   G‘oliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan Andijon viloyati jamoasiga “Adolat” kubogi topshirildi.
Manba: UZA
Kiritildi: 14:32, 19.05.2019. O'qildi: 1964 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик