Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
  • La-liga
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • 2:1
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • 0:0
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 33 41
10 Osasuna 32 39
11 Valensiya 33 39
12 Rayo Valyekano 32 38
13 Espanyol 32 38
14 Jirona 33 38
15 Alaves 33 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekistonda Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladimi?

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Yangiliklar
A A A

2019 yil 14 may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida»gi 401-son qarori qabul qilindi. Bu qaror o‘z nomi bilan o‘zbek sportida yangi sahifa ochib berishi lozim.

O‘zbekistonda futbol va sportning boshqa turlari bo‘yicha ko‘plab xalqaro sport musobaqalari bo‘lib o‘tgan. Lekin ularning geografik ko‘lami bir shahar doirasidan chiqmaganligi, sport turlari ko‘pligi va unda ishtirok etadigan atletlar soni bo‘yicha ham haqiqiy xalqaro musobaqalar bilan bellasha olmasdi.

Osiyo Olimpiya Kengashining qaroriga muvofiq, XIX yozgi Osiyo o‘yinlari - Xanchou shahri (Xitoy), XX yozgi Osiyo o‘yinlari - Nagoya shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tishi belgilangan.

2030 yilgi XXI yozgi Osiyo o‘yinlari uchun mezbon hozircha aniqlanmagan. O‘zbekiston Respublikasida da’vogar sifatida Osiyo Olimpiya Kengashiga buyurtma berish imkoniyati mavjud. Ushbu O‘yinlar mezbonligiga, O‘zbekistondan tashqari Qatar, Hindiston, Janubiy Koreya, Malayziya, Tailand va Filippin ham da’vogarlik qilmoqda.

Yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish orqali O‘zbekistonning nufuzi, brend sifatida mamlakat to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali mehmonlarning xabardorligini oshirish, mamlakat infratuzilmasini rivojlantirish, turizmni taraqqiy ettirish va chet el investisiyalarini jalb qilish, nafaqat poytaxt, balki mamlakatning boshqa hududlari qiyofasini yaxshilash natijasida mamlakatning ichki qiyofasiga ham o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Ayni paytdagi mavjud muammolar

Xalqaro talablarga javob beradigan sport infratuzilmasi, shu jumladan, olimpiya shaharchasi yaratilmagan.

Yirik xalqaro kompleks musobaqa o‘tkazish uchun xalqaro talablarga to‘liq javob bera oladigan logistika, transport infratuzilmasi mavjud emas.

Tashkiliy ishlar

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi va shu masalaga bevosita mas’ul ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:

Osiyo Olimpiya Kengashiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomidan imzolangan murojaat xati 2019 yil 30 iyunga qadar yuboriladi;

O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlari va turli darajadagi xalqaro nufuzli musobaqalarni o‘tkazishni o‘z ichiga olgan jamg‘arma tashkil etiladi;

Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish tajribasini o‘rganish bo‘yicha vazirlik va idoralararo ishchi guruh 2017 yil 12-28 sentyabr kunlari Ashxoboddagi yopiq sport inshootlarida bo‘lib o‘tgan jang san’atlari va V Osiyo o‘yinlari, 2018 yil 14 avgust - 3 sentyabr kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari tajribalari 2019 yil iyul-avgust oylarida o‘rganiladi;

O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarining 30 ming ishtirokchisini qabul qilish, maishiy shart-sharoitlarni o‘z ichiga olgan Olimpiya shaharchalarini Toshkent va Samarqand shaharlarida qurish belgilandi.

 

Moliyaviy ta’minot

Musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘lari, xorijiy investorlarning mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

Musobaqalarni o‘tkazish uchun tanlovga buyurtma berish, badal puli, kafolat depoziti hamda O‘zbekistonda musobaqalarni targ‘ibot (reklama) qilish uchun mablag‘larni Osiyo Olimpiya kengashiga o‘tkazib berish O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va xorijiy investorlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

 

«Ettinchidan, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish yana bir dolzarb vazifadir.

Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat beramiz.

Yosh avlodimiz o‘rtasida sportni ommalashtirish maqsadida eng chekka tumanlarda ham bolalar va o‘smirlar sport maktablarini tashkil etamiz.

2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiadaga puxta tayyorgarlikni hozirdan boshlashimiz lozim.

Yana bir muhim masala - mamlakatimizda qishki sport turlari bo‘yicha xalqaro talablar darajasida sportchilar tayyorlash samarali tizimini yaratish kerak.

Poytaxtimizda barpo etilayotgan «Humo» muz sporti saroyi, shuningdek, yaqinda Toshkent viloyatining Amirsoy dam olish maskanida ishga tushiriladigan zamonaviy majmua ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladi.

Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo o‘yinlari kabi nufuzli sport musobaqalari o‘tkazilmagan.

Shu bois yaxshi niyat bilan kelgusida yozgi Osiyo o‘yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo‘yicha istiqbolli reja ishlab chiqishni boshlashimiz kerak.

Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda bu masala bo‘yicha tegishli dastur loyihasini tayyorlash topshiriladi».

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan).

Fakt o‘rnida. 2000 yili Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga Toshkent shahri da’vogar bo‘lgan. Bu haqda hatto «Los Angeles Times» nashrining 1992 yil 24 may sonida maxsus maqola ham chiqqan. Lekin O‘zbekistonning endigina mustaqil bo‘lganligi, bu yerda katta miqyosda sport musobaqalari o‘tkazilmaganligi shahrimizning yakuniy savatchadan joy olishiga yo‘l qo‘ymagandi. 1993 yil 23 sentyabrda Sidney 45ta ovoz bilan g‘olib deb topilgandi. Pekin, Manchester, Berlin va Istanbul bu o‘ziga xos musobaqada g‘olib chiqolmagandi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:13, 24.05.2019. O'qildi: 4796 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Атлетико Aleksandr Serlot 12
8 Барселона Robert Levandovski 12
9 Алавес Lukas Boye 12
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик