Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • 1:1
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • 0:0
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Kristal Pelas 19 27
10 Fulhem 19 27
11 Brentford 18 26
12 Nyukasl 19 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ektor Kuperning nazariga tushganlar va e’tibordan chetda qolayotganlar

Baho:
+2 | -1
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xabaringiz bor, Ektor Kuper o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun O‘zbekiston terma jamoasining tarkibini e’lon qildi. Bir qarashda  katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmadi, biroq kishini hursand qiluvchi omillar ham yo‘q emas.

Terma jamoaga chaqriligan yangi nomlar

Oston Urunov

Bu futbolchi o‘tgan mavsumning o‘zidayoq ichki chempionatimizda yaqqol ko‘zga tashlanib turgan edi. Bu mavsumdagi o‘yinlari bilan ko‘plab jurnalistlarning e’tiborini tortgan futbolchi haqli ravishda terma jamoaga chaqiruv oldi. Hozirda, uning sport formasi to‘g‘risida  gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas va aynan shu sababli   Oston o‘z pozisiyasida Super Ligamizdagi eng kuchli futbolchi desak, adashmagan bo‘lamiz. Uning terma jamoamizdagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.

Quvondiq Ro‘ziyev

«Qoqon 1912» safida to‘p surayotgan Quvondiq terma jamoamiz murabbiylarining e’tiboriga bejiz tushgani yo‘q. Uning «Qo‘qon 1912»safidagi o‘yinlari ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Hujumni qanotlardan markazga, markazdan qanotga ko‘chira oladigan futbolchining terma jamoaga chaqirilgani quvonarli xolat. Bu chaqiruv Quvondiq Ro‘ziyevning o‘z ustida ko‘proq ishlashi va yangi marralar sari intlishi shartligini ko‘rsatmoqda. Bu futbolchi o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolmasa, uning terma jamoamizga doimiy chaqiruv olishi uchun imkoniyati yetarli.

Xojiakbar Alijonov

Bu futbolchiga ortiqcha ta’rif berishning xojati yo‘q bo‘lsa ham kerak. U bu mavsumda «Paxtakor»ning OCHLdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida ko‘pchilikda iliq  ta’assurot qoldirdi va terma jamoamizning qanoti ishonchli qo‘llarda ekanligni yana bir bor hammaga eslatib qo‘ydi.

Kutilgan, biroq chaqirilmagan futbolchilar to‘g‘risida qisqacha

Bu ro‘yxatda bo‘lishi kerak bo‘lgan bir nechta yosh futbolchilarning yo‘qligi kishini biroz hafa qilgani rost. Sababi, JCH 2022-uchun kurashadigan tarkibimiz hozirdan shakillanmas ekan bizga doim so‘nggi turda nimadir pand beraveradi. Mayli, Kuper o‘z tanlagan usubi uchun o‘zi javob beradi. Shunday ekan, gapni cho‘zib o‘tirmasdan ko‘pchilik kutgan, biroq tarkibga chaqirilmagan iqtidorlarimiz haqida qisqacha

Jasur Jaloliddinov

Mavsum boshida «Paxtakor» va «Bunyodkor» o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng Jaloliddin  Masharipov bilan suhbatlashganimda «Bunyodkor»ning 8-raqamli futbolchisi juda kuchli ekanligini aytgan, u bolada kelajak bor degan edi. Darhaqiqat, Jasur Jaloliddinov futbolimizga katta qadamlar bilan kirib keldi. To‘g‘risi, Hamdamov va Siddiqovlarning jarohatidan so‘ng, shu ko‘zlari yonib turgan yigitchaning termaga chaqirilishiga umid qilgan edim. Afsuski, bu yana noma’lum muddatga ortga surildi. Shunday bo‘lsada, Abromov shogirdidan o‘z ustida tinimsiz ishlashini kutib qolamiz. Uning Olimpiya terma jamoaga chaqirilishini kata gap deb yuraversak, Jaloliddinovning termadagi debyut uchrashuvi 23 yoshida bo‘lishi turgan gap!

Humoyun Murtazoyev

«Nasaf»ning yangi topilmalaridan birining  nimjonroq ko‘ringani bilan, maydonda barzangi himoyachilarga kun bermay qo‘yganini ko‘pchilik guvohi bo‘ldi. To‘g‘ri, u Jaloliddinov singari tezlik yo texnika bilan ajralib turmas, biroq unda sof hujumchilarda bor hislatlar mavjud. Agarda biz uni o‘sishi va yangi darajaga chiqishini istasak, albatta, unga imkon berishimiz shart! Humoyun maydonda ortiqcha dribling yoki fintlardan foydalanib o‘tirmaydi va bor e’tiborini gol urish uchun qaratadi. To‘g‘risi, Abduxoliqov yoki Sergeevning o‘rniga Murtazoyev chaqirilganida, biroz ertangi futbolimiz uchun foydali ish bo‘lar edi.  Temurxo‘janing ham, Igorning ham iqtidoriga shubhamiz yo‘q, biroq o‘rtoqlik uchrashuvlaridan natija uchun emas, yangi futbolchilarni sinash maqsadida foydalansak, maqsadga muofiq bo‘lar edi deb o‘ylayman. Yana kim biladi deysiz?!

Umar Eshmurodov

Bu futbolchining darajasi alaqachon «Nasaf»dagi o‘yinlari evaziga terma jamoanikiga yaqinlashib qolganiga shubhamiz yo‘q. Uning maydindagi ishonchli harakatlari va sovuqqonligi evaziga Ro‘ziqul Berdiyev uni jamoaning sardori etib tayinlagan. Hozirda «Lokomotiv»ning ikki markaziy himoyachisini terma jamoaga chaqirshdan aytarli ma’no yo‘q. Ularning  «JCH 2022» musobaqasi saralash bosqichining xal qiluvchi bahslarida bu yoshi 30 dan oshib ketadi va markaziy himoyada ulardan deyarli foyda bo‘lmasligi aniq. Eshmurov chaqqon va kurashuvchan futbolchi. Tezkor raqiblarga qarshi ayni Umar Eshmurodov singari himoyachilar o‘ta zarur.

Islom Kenjaboyev

`

Islom Kenjaboyev ijrosidagi maydon markazidan yorib kirish evaziga urulgan gol internet tarmoqlarida mashxur bo‘lib ketdi. Islomning maydondagi harakatlari kishini futbolimizning ertasidan umid qilishga undaydi.  Islom o‘tgan mavsumda «Nasaf»da ko‘zga tashlana boshlagan bo‘lsa, bu mavsumda jamoaning yetakchilaridan biriga aylandi. Qisqa muddatda olimpiya terma jamoamizda va «Nasaf» klubida yetakchilikni o‘z zimmasiga olgan futbolchimiz terma jamoamiz tarkibida  debyut qilsa, Ektor Kuper singari kuchli mutaxassisning qo‘l ostida yanada o‘sishga erishsa, bundan faqat futbolimiz foyda ko‘rgan bo‘lar edi.

Ortiqcha darvozabon

Ektor Kuper yig‘inga 4 ta darvozabonni taklif etgani biroz tushunarsizdek ko‘rinishi mumkin. Balki, shu yo‘sinda Argentinalik murabbiy asosiy darvozabonini aniqlab olar, balki 4 ta darvozabon bilan yig‘in o‘tkazishning zamirida boshqa bir reja bordir. Yana kim biladi deysiz? Shunday bo‘lsada, o‘z klubida bo‘sh o‘yin ko‘rsatayotgan darvozabondan asosiy tarkibdagi joyini olib qo‘ya olmagan Eldor Suyunovning o‘rniga yoshroq bir futbolchiga terma jamoada o‘ynash imkonini berib, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini oshirish orqali, ertaga terma jamoaga saviyali futbolchi yetishtirish variyanti ham foydadan xoli bo‘lmas edi. Aytaylik yuqorida nomi keltirilgan futbolchilardan birini bo‘lsada, yangi darajaga olib chiqish imkoni mavjud edi. Darhaqiqat, Fransiya terma jamosi JCH 2018 musobaqasida aynan eng muhim pallalarda yoshlarga ishongani uchun g‘olib chiqqani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Mbappe 19 yoshida Messi va uning jamoasiga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yuborgan bir paytda, bizda iqtidorli futbolchining  24 yoshida  terma jamoada debyut qilishi odatiy holga aylanib ulgurgan. Mayli, Janob Ektor Kuperning bizga noma’lum rejalari bordir. 

Kuper tog‘a! Umid qilamizki, siz bizning 28 yildan beri mundial orzusida  yonayotganimizni yaxshi tushunib turibsiz va bizning orzuyimiz sizning yordamingizda ro‘yobga chiqadi.

Ya . U.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:01, 27.05.2019. O'qildi: 15707 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.