Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba.

  • Superliga
      • 20.09.2024 17:00
      • Lokomotiv
      • 0:1
      • Navbahor
      • 20.09.2024 19:15
      • So‘g‘diyona
      • 1:1
      • Andijon
  • Futzal. Jahon chempionati
      • 20.09.2024 17:30
      • Tailand
      • 1:9
      • Braziliya
      • 20.09.2024 17:30
      • Kuba
      • 0:7
      • Xorvatiya
      • 20.09.2024 20:00
      • Kosta-Rika
      • 5:3
      • O‘zbekiston
      • 20.09.2024 20:00
      • Niderlandiya
      • 5:2
      • Paragvay
  • «A» Seriya
      • 20.09.2024 21:30
      • Kalyari
      • 0:2
      • Empoli
      • 20.09.2024 23:45
      • Verona
      • 2:3
      • Torino
      • 21.09.2024 18:00
      • Venetsiya
      • -:-
      • Jenoa
      • 21.09.2024 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Napoli
      • 21.09.2024 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Parma
      • 22.09.2024 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
      • 22.09.2024 18:00
      • Monsa
      • -:-
      • Bolonya
      • 22.09.2024 21:00
      • Roma
      • -:-
      • Udineze
      • 22.09.2024 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 21.09.2024 00:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Sevilya
      • 21.09.2024 17:00
      • Valyadolid
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 21.09.2024 19:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Las-Palmas
      • 21.09.2024 21:30
      • Valensiya
      • -:-
      • Jirona
      • 22.09.2024 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Espanyol
      • 22.09.2024 17:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Leganes
      • 22.09.2024 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 22.09.2024 21:30
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Barselona
      • 23.09.2024 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 21.09.2024 16:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Chelsi
      • 21.09.2024 19:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 21.09.2024 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 21.09.2024 19:00
      • Lester
      • -:-
      • Everton
      • 21.09.2024 19:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Brentford
      • 21.09.2024 19:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Bornmut
      • 21.09.2024 19:00
      • Sautgempton
      • -:-
      • Ipsvich
      • 21.09.2024 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 22.09.2024 18:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 22.09.2024 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Paragvay 3 6
2 Niderlandiya 3 5
3 Kosta-Rika 3 4
4 O‘zbekiston 3 1

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 3 9
2 Tailand 3 6
3 Xorvatiya 3 3
4 Kuba 3 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 2 6
2 Afg‘oniston 2 3
3 Ukraina 2 3
4 Angola 2 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 2 4
2 Qozog‘iston 2 4
3 Liviya 2 3
4 Yangi Zelandiya 2 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Portugaliya 2 6
2 Marokash 2 6
3 Tojikiston 2 0
4 Panama 2 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 2 6
2 Fransiya 2 6
3 Gvatemala 2 0
4 Venesuela 2 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Tailand 1-9 Braziliya
3-тур Kuba 0-7 Xorvatiya
3-тур Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
3-тур Niderlandiya 5-2 Paragvay

So'rovnoma

  • U-23 terma jamoamizning Olimpiadadagi muvaffaqiyatsizligida kim ko‘proq aybdor?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4226 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Superliga-2024'da kim g‘olib chiqadi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4434 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 21.09.2024

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Евротур.
      09:05 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Майнц 05".
      11:10 Чемпионат Германии. Перед туром.
      11:40 Новости футбола.
      11:45 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Дармштадт 98".
      13:45 Новости футбола.
      13:50 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Майнц 05".
      15:50 Новости футбола.
      15:55 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Фортуна Дюссельдорф" - "Кёльн". Прямая трансляция.
      17:55 Чемпионат Германии. Перед туром.
      18:25 LIVE Чемпионат Германии. On-line. Прямая трансляция.
      20:30 Марадона. Лучший в истории.
      21:25 "Третий тайм". Вячеслав Якимов.
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Галатасарай". Прямая трансляция.
      23:55 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Бавария Мюнхен".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 "Человек из футбола". Анатолий Зинченко.
      02:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Ботафого". Прямая трансляция.
      04:25 Фабрика грез: Бенфика. Посвящение.
      04:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Баия". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 21.09.2024

      06:35 Диск-гольф. ПроТур. Этап в Тольятти.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Дзюдо. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      09:40 Падел-теннис. Международный турнир в Москве. Мужчины. 1/2 финала.
      10:50 "Что за спорт?".
      11:20 Автоспорт. Российская Дрифт серия Гран-При 2024. Этап 6 на автодроме "Красное кольцо".
      12:15 Падел-теннис. Международный турнир в Москве. Мужчины. 1/2 финала.
      13:25 Диск-гольф. ПроТур. Этап в Тольятти.
      14:25 Д/с "Век нашего спорта".
      14:55 LIVE Спортивная акробатика. Чемпионат мира в Португалии. Прямая трансляция.
      16:40 LIVE Триатлон. Чемпионат Европы во Франции. Женщины. Прямая трансляция.
      18:40 "Вопреки всему".
      19:10 LIVE Триатлон. Чемпионат Европы во Франции. Мужчины. Прямая трансляция.
      21:05 "Небесная грация".
      21:25 LIVE Спортивная акробатика. Чемпионат мира в Португалии. Прямая трансляция.
      23:15 Спортивная акробатика. Чемпионат мира в Португалии.
      00:45 Д/с "Век нашего спорта".
      01:10 Спортивная акробатика. Чемпионат мира в Португалии.
      02:45 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 8 во Вроцлаве, Польша.
      03:30 Падел-теннис. Международный турнир в Москве.
  • MATCH-TV
    • Sana: 21.09.2024

      05:00  Х/ф "На пределе. История легенды".
      07:10 "Небесная грация".
      07:30 "Кто кого?".
      08:00 "РецепТура".
      08:30 "Центральный круг".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 М/с "Команда МАТЧ".
      12:25 "Лица страны". Беслан Мудранов.
      12:45  Х/ф "Чемпионы".
      14:50 Новости.
      14:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:30 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. ЦСКА (Москва) - УНИКС (Казань). Прямая трансляция.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 LIVE Футбол. Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Бавария Мюнхен". Прямая трансляция.
      20:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:55 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Ювентус" - "Наполи". Прямая трансляция.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:55 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Реал Мадрид" - "Эспаньол". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 Регби. PARI Чемпионат России. 1/2 финала. "Стрела-Ак Барс" (Казань) - "Красный Яр" (Красноярск). 2-й матч.
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 21.09.2024

      06:00 Велоспорт. Гран-при Валлонии в Бельгии.
      07:00 Велоспорт. Тур Люксембурга. Этап 3.
      08:00 Теннис. Кубок Лэйвера в Берлине, Германия. День 1.
      10:00 Велоспорт. Тур Люксембурга. Этап 3.
      11:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. 1/4 финала.
      13:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Бильштайне, Германия. Электрический кросс-кантри. Обзор.
      13:30 Велоспорт. Тур Люксембурга. Этап 3.
      14:30 Теннис. Кубок Лэйвера в Берлине, Германия. День 1.
      16:00 LIVE Теннис. Кубок Лэйвера в Берлине, Германия. День 2. Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:30 Трейлраннинг. UTMB World Series. Этап на горе Монблан, Франция. Обзор.
      21:30 Теннис. Кубок Лэйвера в Берлине, Германия. День 2.
      22:00 LIVE Теннис. Кубок Лэйвера в Берлине, Германия. День 2. Прямая трансляция.
      02:00 Теннис. Кубок Лэйвера в Берлине, Германия. День 2.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Праге, Чехия. Мужчины. Болдеринг. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jordi Alba: «Men uchun «Barselona» - bu bir oila»

Baho:
+1 | -
YEVROPA
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» himoyachisi Jordi Alba France Football nashriga bergan intervyusida jamoasining nima sababdan bir oiladek ekanligi, uni nega asosiy tashabbuskor sifatida bilishlari, o‘yindan oldin nima uchun uch marta sakrashi va zaxira o‘rindig‘ida o‘tirganlarni qanday hurmat qilishi xususida gapirdi.

- So‘nggi paytlarda «Barselona» ancha o‘zgardi, Puyol, Xavi, Inyesta, Maskerano ketishdi... Ehtimol, shundan so‘ng jamoadagi muhitda ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatilgandir?

- Futbolchilar o‘zgarishadi, jamoaviy ruhiyat esa o‘z holicha qoladi. Jamoaning darajasi o‘sha-o‘sha - yangi kelganlarning barchasi futbol o‘ynashni biladi. Albatta, siz sanab o‘tgan o‘yinchilar o‘zlari bilan nimalarnidir olib ketishgan, axir shuncha yil birga to‘p surdik. Ammo bu futbol: kimdir keladi, kimdir esa ketadi. Asosiysi, jamoa o‘z saviyasini saqlab qolib, g‘alabalarga erishishda davom etsin.

- Siz «Barsa»ga kelganingizdan buyon Messining o‘yini o‘zgardimi?

- O‘ylashimcha, Leo insoniylik jihatlari bo‘yicha mutlaqo o‘zgarmagan. U bilan munosabatlarimiz avval ham yaxshi edi, hozir ham shunday. Futbol bo‘yicha aytganda esa, u ancha o‘sishga erishdi, deb o‘ylayman. Umuman olganda esa, jahonning eng yaxshi futbolchisi yana qanaqasiga rivojlanishga erishishi mumkin? Albatta, boshqa o‘yinchilar bilan uning o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor!

- Ammo uning yoshi 30dan oshdi, otalik baxtiga erishdi. Ancha yetildi, avvalgidanda aqlliroq bo‘ldi. Bu jihat suhbatlashish jarayonida sezilsa kerak?

- Yo‘g‘-e, avval qanday bo‘lsa, hozir ham shundayligicha qolgan, o‘zgarmagan. «Aqlliroq bo‘ldi» deyilishiga kelsak, uning hamisha yelkasi ustida kallasi, uning ichida esa kuchli miyasi bo‘lgan.

- Axir u endi sardor. Odatga ko‘ra, sheriklariga nimadir deyishi, ya’ni nisbatan ko‘proq gapirishiga to‘g‘ri keladi.

- Nima farqi bor - sardormi yoki yo‘qmi?! Gap sardorlik bog‘ichida emas. Seni yo hurmat qilishadi yoki yo‘q. Leo ham futbolchi, ham inson sifatida jamoada hamisha o‘ziga yarasha obro‘ga ega bo‘lgan.

- Maydonda Messi bilan bir-biringizni ko‘zingiz yumuq holda ham yaxshi tushunasiz. Bunday hamjihatlikka qanday erishgansizlar?

- Axir yetti yildan buyon birga o‘ynaymiz! Undan minnatdorman - Leoning yonida yanada yaxshiroq o‘ynay boshladim. Aksariyat gollarimni uning uzatmasidan so‘ng urganman. To‘g‘ri, u ham mening yordamimda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Uzatmaning ajoyib chiqqani yaxshi, ammo u gol bilan yakunlanishi uchun o‘ziga xos mahorat ham talab etiladi.

- Malkom intervyu-larining birida «Barselona» - yagona oila ekanligi, bu yerda har kim bir-biri uchun qayg‘urishi haqida gapirgandi. Siz o‘zingizni ushbu oilada kim deb hisoblaysiz? Boshqacha aytganda, rolingiz qanday?

- Umuman olganda, hazilkashman, jamoadoshlarimning kayfiyatini ko‘taraman. Jamoada shunday kishi bo‘lishi muhim, axir har doim birgamiz, bir-birimizdan bezib qolishimiz hech gapmas. Jamoada esa quvnoq muhit hukm surishi kerak.

- Sizni jamoaning asosiy tashabbuskori sifatida bilishadi.

- Boshqa shaharlarga borganimizda, darhaqiqat, yigitlarni ruhlantiraman, ispancha «parchis» (fishka va kubiklar bilan o‘ynaladigan o‘yin) o‘ynaymiz. Men har doim ham yutavermayman, ammo bu vaqtni «o‘ldirish»ning yaxshi usuli. Ishtiyoq ortadi, hamma yutishni xohlaydi. Biroq chegaradan chiqmaslikka intilamiz - axir bu shunchaki o‘yin, xolos.

- Demak, sizning vazifangiz «Barsa»ni yaxshi kayfiyat bilan ta’minlash ekan-da?

- Yo‘g‘-e! Har holda, asosiysi - maydondagi harakatlaring. Hazil-mutoyibalarni ko‘pchilik qilishi mumkin. Muayyan bir futbolchi, xususan, o‘zimni ham ajratib ko‘rsatolmayman. Bizda jamoadagilarning barchasi xushchaqchaq.

- Hozirgi Jordi Alba yetti yil avvalgisidan nimasi bilan farqlanadi?

- Asosiy jamoada (u «Barselona» tarbiyalanuvchisi, 2005 yili ijaraga berib yuborilgan, 2012 yili Kataloniyaga qaytgan) o‘tkazgan yetti yilim mobaynida haqiqiy erkakka aylandim. Barcha muammolar ortda qoldi, endi ta’bir joiz bo‘lsa, jamoa faxriysiman. «Barsa»ga qaytganimda, yoshim 23da edi, hozir esa 30ga to‘ldim. Men bilan birga boshlagan futbolchilarning aksariyati ketishdi: Xavi, Puyol, Viktor Valdes, Inyesta... Ajoyib o‘yinchilar, jahondagi eng zo‘rlari. Ammo o‘sha tarkibdagilarning ayrimlari hozir ham safimizdalar: Serxi (Buskets), Leo (Messi), Jerri (Pike). Ular, bir so‘z bilan aytganda, oilamiz posbonlari. O‘zimni ham shu qatorga qo‘sha olaman. Yangilar ham bu manzaraga putur yetkazishmaydi, hammasi o‘zimizning yigitlar - «Barselona»ning futboli qanday ekanligini yaxshi tushunishadi. Ular maydonda ham, hayotda ham o‘zimiznikilar. Mustahkam kollektiv jam bo‘lgan.

- Yoshlar haqida nima deya olasiz? O‘zaro til topisha olyapsizlarmi?

- Men hamisha hamma bilan til topishaman, sheriklik, ulfatchilikni xush ko‘raman. Albatta, yoshlarga yordam berish kerak, zero o‘zim ham bir paytlari «Barsa»ga moslashish jarayonida tajribali futbolchilardan ko‘mak olganman. Yoshlar tarkibimizga qo‘shilishganda, bizga xuddi ilohlarga qaragandek nazar solishadi... Ammo munosabatlar oddiy, insoniylikka mos bo‘lishi lozim. Bunga navqiron futbolchilarni ham ishontirishimiz darkor.

- O‘zingiz yangi kelganlar, aytaylik, fransuzlar - Samyuel Yumtiti, Usmon Dembele yoki Kleman Langlega maslahat berganmisiz?

- Qanaqa maslahat?! Har kimga miya berilgan. Albatta, murabbiy, uning yordamchilari bor - o‘shalar berishadi tavsiyalarni. Biz - futbolchilarning ishimiz futbol o‘ynashdan iborat. Ular endi bolakaylar emas, nima yaxshi-yu nima yomon ekanligini xabardorlar. To‘g‘ri, «Barselona»ning shonli o‘tmishi haqida hikoyalar so‘zlab berishimiz mumkin. Ammo yigitlar biz aytmasak ham qanday klubga kelishganini juda yaxshi bilishadi.

- Lekin o‘yin payti sheriklaringiz - o‘sha Langle va Yumtitiga ko‘pincha nimalardir deysiz... Sir bo‘lmasa, o‘shanda suhbat mavzusi qanaqa bo‘ladi?

- Birinchidan, ular ajoyib futbolchilar. Kleman faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazdi. Kamtar yigit, hozirjavob. Albatta, bir-birimizga vaziyatni tushuntiramiz. Raqiblarning qaysi o‘yinchisini ushlash, qaysi sherigimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerakligi xususida gaplashamiz.

- Ammo siz nafaqat sherigingizga gapirasiz, balki uni quchoqlab olishingizga ham ko‘p guvoh bo‘lganmiz...

- Men shunaqaman. Ochiqko‘ngil. Umuman, hayotda ham shundayman. Jamoadagilar bilan juda yaxshi chiqishamiz, bir-birimiz uchun qayg‘uramiz. Sherigim nimanidir qoyillatib bajarayotgan bo‘lsa, uning uchun juda xursand bo‘laman - shu bois quchoqlayman.

- Usmon Dembele gol ursa, uni birinchi navbatda siz tabriklaysiz. Bu bilan har qanday holatda ham unga ishonishingizni ko‘rsatasizmi? Axir fransiyalik bu hujumchining har doim ham o‘yini qovushavermaydi...

- Xuddi shunday. Umuman olganda, nafaqat Dembele, balki qiyinchilikka uchrayotgan boshqa istalgan futbolchini qo‘llab-quvvatlash kerak. Axir har kimning ham faoliyatida qora chiziq bo‘lishi mumkin.

- Tanqidga qanday qaraysiz? Agar sheriklaringiz - jamoadoshlaringiz «turtib-surtishsa» nima qilasiz?

- Umuman, «Barselona»da to‘p surish uchun o‘zgacha shaxs bo‘lishingiz kerak. Na Alba, na uning nomdor sheriklari, na gollar «Barsa»ning Chempionlar Ligasida «Liverpul» to‘sig‘idan o‘tishida yordam berdi. «Barselona» - Alba uchun oila. Qolgani bundan keyingi o‘rinda. Har kimning o‘z fikri bor, tanqid qilishi mumkin - bu odatiy hol. Ammo umumiy olganda tanqidlar bo‘layotgani yo‘q...

- Irimchimisiz? O‘yindan oldin qandaydir odatlar, diniy marosimlarga amal qilasizmi?

- Ha, shunaqasi bor. O‘yin boshlanmasidan avval uch marta, ikkinchi bo‘lim oldidan esa to‘rt marta sakrayman. Bu zaruriyatga aylanib qolgan.

- Uchrashuv boshlanmasidan turib, tribunaosti yo‘lagida suv ichib, keyin uni yerga sochasiz, buni bir necha marta takrorlaysiz. Bu nima - stressdan qutulish usulimi?

- Hech qanday stress yo‘q, asablarim joyida! Shunchaki odat bo‘lib qolgan. Nima sababdan bunday qilishimni o‘zim ham bilmayman.

- Mashg‘ulotlardan avval «Barselona» kiyinish xonasida nimalar ro‘y beradi?

- U yerda odam ko‘p bo‘ladi. Futbolchilardan tashqari massajchilar, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylar... Har kim o‘z ishi bilan shug‘ullanadi. An’anaga muvofiq, qizishib, oyoq-qo‘llarimizning chigilini yozish uchun mashg‘ulot boshlanishidan yarim soat oldin kelamiz. Kimdir gapiradi, kimdir sukut saqlaydi. Hamma har xil, har kimning o‘ziga xos xarakteri bor.

- Xo‘sh, turli fe’l-atvorga ega 25 kishi butun bir yil davomida qanday qilib birgalikda hamjihatlikka erishmoqda?

- Bu yerda ko‘p narsa murabbiylar shtabiga bog‘liq. Albatta, muammolar ko‘p, ammo takrorlayman, «Barselona»da barcha bir oiladek. Qandaydir ixtilof yuzaga kelishi mumkin, biroq u yiriklashib ketmaydi. Hammaning birdek mamnun bo‘lishi amrimahol. O‘yin amaliyoti kam futbolchilarni hurmat qilaman, garchi ular zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishsa ham, mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kishadi. Bu juda muhim jihat: zaxiradagilar va asosiy tarkibdagilar bitta to‘lqinda suzishlari darkor. Shundagina «Barselona» singari barcha frontlarda birdek barqaror to‘p surish imkoni tug‘iladi.

- 2014 yili klubdagi shartnomangizni uzaytirganda, hamma jamoadoshlaringizni restoranga taklif qilgandingiz. Yaxlit oila bo‘lish deganda shuni nazarda tutiladimi?

- Xuddi shunday. Men nafaqat futbolchilar, balki ularning rafiqalari, butun boshli murabbiylar shtabini ham chaqirdim... Axir shu insonlar tufayli «Barsa»da uzoq muddat to‘p surdim, endi esa shartnomamni uzaytirayotgandim. Bizning ishimizda mayda-chuydalar bo‘lmaydi, g‘alabada barchaning birdek ulushi bor: massajchilar, qo‘riqchilar, murabbiylar, matbuot xizmati vakillari... Umuman, yonimizda bo‘layotgan barchaning hissasi beqiyos.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 09:42, 28.05.2019. O'qildi: 1872 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.