Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Neymar yoki Grizman? «Barselona» futbolchilari ulardan qay birini tanlashdi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barselona» klubi bu mavsumda hali katta harid amalga oshirganicha yo‘q. Qariyib 2 oy muhokamalarga sabab bo‘lgan Neymar va Grizman transferi yakunlovchi bosqichda turibdi. Faqat endi vaziyat shuni taqozo qilyaptiki, ular bu futbolchilarning ikkisidan birini tanlashga majbur. Ko‘ramiz, «Barselona» futbolchilari va murabbiysi bu ikki yulduzdan qay birini tanlaydi?

Ernesto Valverde

Men Neymarga bog‘liq birorta yangilikka e’tibor qaratishni istamayman. Agarda u bizning klubga rasman o‘tsagina, biron narsa deyishim mumkin. Unga qadar mening unga qanday munosabatda ekanligimni hamma yaxshi biladi. Grizmanga keladigan bo‘lsak, u ayni mening rejamdagi futbolchi. Ko‘pchilik Grizmanning kelishi Suarezni zahiraga o‘tirib qolishi bilan yakunlanadi degan fikrda. Bu juda ham noo‘rin qaror. Sababi, meni Grizmanga nisbatan alohida rejalarim mavjud.

Karlos Reshal (Klubning Transferlarga ma’sul hodimi)

Men Grizmanga achinaman. Unga o‘xshash futbolchilar uchun bunday imkoniyat har doim ham bo‘lavermaydi. Uning poyezdi ketib bo‘ldi va Grizmanning  bizning klubga o‘tishiga ishonish qiyin. Sababi, biz u bilan muzokaralarni batamom to‘xtatdik. Uning «Atletiko Madrid»da qolishini istaganiga bizning zarracha aloqamiz yo‘q. Neymar  o‘z vaqtida bizni ranjitib ketgan bo‘lsada, vaqt o‘tib o‘z xatosini angladi degan umiddaman. Hozirda uning ortga qaytishi anchagina jiddiy masala. Shunday bo‘lsada, biz uni o‘zimiz uchun foydali hisoblaymiz va Parij klubi bilan muzokaralar o‘tkazishda davom etamiz.

Pike

Uning qaytishi biz uchun quvonchli yangilik bo‘lar edi. Sababi, uning klubimiz uchun ko‘rsatgan hizmatlarini qadrlaymiz. Uning ketishi ko‘pchilik uchun tushunarsiz ko‘ringan edi, lekin biz uchun emas. Neymar ketishidan avval biz u bilan gaplashib oldik va uni tushundik. Neymarga nisbatan futbolchilarda hech qanday adovat yo‘q. Afsuski, muxlislarimiz uni yoqtirishmaydi. Biroq bu qo‘rqinchili emas. Ular bilan til topishsa bo‘ladi. Biz Neymarning qaytishini kutyapmiz!
Grizmanning iqtidoriga shubham yo‘q, biroq unga asosiy tarkibda joy topilishiga ishonchim komil emas. Antuan aynan shu sababli bizning jamoaga o‘tmagan ko‘rinadi. U «Barselona»da zahira futbolchisi bo‘lgandan ko‘ra, «Atletiko Madrid»ning yuragi bo‘lishni afzal ko‘rdi. Uning qarorini hurmat qilishimiz shart!

Ter Stegen

Agarda ikki futbolchidan birini tanlash kerak bo‘lsa, men Neymarni tanlagan bo‘lar edim. Muxlislar uning qanday qobiliyatli futbolchi ekanligini juda yaxshi bilishadi. U jamoa uchun qay darajada qadrli ekanligini hammaga ko‘rsatib qoydi. O‘z vaqtida Messi va Suarez uning yordami bilan butun dunyoda tengsizga aylangan, Neymar bu uchlik uchun bor kuchi bilan harakat qilganini hammamiz yaxshi esalaymiz. Neymar bizni yaxshi biladi va klubga tezda moslashib ketadi.
Grizman haqida esa bunday deya olmayman. Agarda u bizning klubda ham «Atletiko Madrid»da ko‘rsatgan o‘yinlarini namoyish etsa, hammasi joyida bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, men Neymarni tanlayman. Negaligini yuqoridagi so‘zlarim bilan izohlagan bo‘lar edim.

Messi

Biz uchun hozirda eng muhimi avvalgi qudratimizni tiklab olish. Qolgani muhim emas. Muxlislarimiz Neymardan biroz ranjiganlari rost, lekin YECHLda g‘alaba qozonadigan bo‘lsak, hammasi joy-joyiga tushib ketadi. Grizman iqtidorli futbolchi, uning bizning klubga o‘tmagani borasida to‘liq ma’lumotga ega emasman. Balki, «Barselona» u bilan jiddiy qizqmagandir.
Tanlash kerak bo‘lsa men Neymarni tanlayman. Sababi, u bor davrlarda bizni yengishni deyarli iloji yo‘q edi. Biz uchun hozirda natija hamma-hamma narsadan ustun!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 08:25, 12.06.2019. O'qildi: 14134 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик