Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rekordlarga boy mavsum

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Statistikalar
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Bu mavsum uzoq muddat yodimizdan ko‘tarilmasa, ajab emas. Yakunlangan ko‘hna qit’a chempionatlari va YECHL bahslarida bir nechta rekordlar qayd etilgani e’tiborga loyiq. Bugun aynan shunday rekordlar haqida

«Ayaks» Gollandiyada tengsiz

Gollandiyaning «Ayaks» klubi YCHLda shov-shuv ko‘targani yetmaginidek, o‘z chempionatida oltin dublni qo‘lga kiritdi. Yakunlangan mavsumda  klub 160 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi va «Az Alkmar» klubi tominidan 1981-yilda o‘rnatilgan rekordni yangiladi. O‘sha mavsumda «Az» klubi 158 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan edi.  Bu mavsumda «Ayaks» 111 bor ichki chempionatda, 30 bor YCHLda, kubok o‘yinlarida esa 17 ta gol kiritishdi va Gollandiya klublari tarixidagi eng sermahsul mavsumni o‘tkazdi.

«PSJ» yevropada tengsiz

Parij klubi bu mavsumda ko‘hna qit’a klublari orasida yangi rekordni o‘rnatdi. Gap shundaki, jamoa bu mavsumni ketma-ket 14 ta g‘alaba bilan boshladi va bu borada «Tottenhem» klubi o‘rnatgan rekordni quvib o‘tdi. 1960/61-yilgi mavsumda London klubi APLda 11 ta g‘alaba bilan start olgan edi. «PSJ» bu ko‘rsatgichni yangilab qo‘ydi.

«Yuventus» mutloq chempion

Turinning «Yuventus» klubi bu mavsumda qatorasiga 8-bor «Skudetto»ni qo‘lga kiritdi va bu borada ko‘hna qit’a rekordini yangiladi. Shu kunga qadar birorta klub 8 bor shohsupaga chiqmagan edi. Shuningdek klub bu mavsumda o‘zining mehmonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 26 ta uchrashuvga yetkazdi va o‘z rekordini ham yangilab oldi. Tan olish lozim, hozirda Italiyada bu klubga teng kela oladigan kuch yo‘q!

«Chelsi» Yevropa Ligasi musobaqasida tengsiz

Londonning «Chelsi» klubi bu mavsumda Yevropa Ligasi musobaqasida g‘olib chiqqanidan xabaringiz bor. Klub ushbu turnir davomida biror marotaba mag‘lubiyatga uchramadi va chempionlikni qo‘lga kiritdi. 2012/13-yilgi mavsumlarni hisobga olsak, jamoa 18 ta uchrashuv davomida mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirib kelmoqda. Musobaqa tarixida bunaqasi avval kuzatilmagan edi.

Sulsher tarixda qoldi

O‘tgan yilning dekabr oyida Joze Mourinyo o‘rnini egallagan Sulsher o‘zining topog‘onligi bilan klubni anchayin qiyin ahvoldan olib chiqib ketishni uddasidan chiqdi. Jamoa uning qo‘l ostidagi ilk 8 ta uchrashuvda g‘olib chiqishni uddasidan chiqdi va klub rekordini yangiladi. Oradan ko‘p o‘tmay jamoa mehmondagi uchrashuvlarda 8 bor g‘olib bo‘ldi va klub rekordining boshqa bir bandini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Bu ham yetmaganidek, YCHL doirasidagi «PSJ»ga qarshi kechgan bahsda o‘z uyida 0 : 2 hisobida yengilib, keyingi bosqichga chiqishni uddasidan chiqan ilk klubga aylandi.  Bundan avval hech qaysi klub o‘z uyida 0 : 2 hisobida yengilib turib mehmondagi g‘alaba evaziga keyingi bosqichga chiqmagan edi.

«Liverpul»dan oltinga teng kumush

Bu boradagi rekord 2009/10-yilgi mavsumda «Real Madrid» tomonidan o‘rnatilgan edi. O‘sha yili «qirollik klubi» 96 ochko to‘plasada 2-o‘rinda qolib ketgan va ko‘plab muxlislarning olqishiga sazovar bo‘lgan edi. Bu mavsumda Klopp va uning shogirdlari «Real Madrid» o‘rnatgan rekordan bir ochko ko‘proq jamg‘arishdi va 97 ochko bilan chempion bo‘la olmagan jamoa sifatida yangi rekordni qayd etishdi. Bir qarashda juda alamli natija, shunday emasmi?

«Manchester Siti» 129 yillik rekordni yangiladi

Gvardiola boshchiligidagi «Man Siti» 2 mavsum davomida APL klublarining barchasini mag‘lubiyatga uchratdi va bundan 129 yil avval «Preston» tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilashga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan tashqari klub yakunlangan mavsumda 169 ta gol kiritdi va ingliz klublari orasidagi eng sermahsul natijani qayd etdi. Shu kunga qadar birorta klub bu qadar ko‘p gol urishni uddasidan chiqmagan edi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 18:35, 12.06.2019. O'qildi: 7147 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.