Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bir oyda ikki klubga o‘tgan futbolchilar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbol olamida transferlarning o‘rni beqiyos. Futbolchilar yangi klubga o‘tgach, klubda iloji boricha uzoqroq qolishga urunadilar. «Tanganing ikki tomoni bor» deganlaridek, ayrim futbolchilar borki, qisqa muddat ichida bir necha bor o‘z klubini o‘zgartirishlariga to‘g‘ri kelgan. Bugun futbolda kam uchraydigan ana shunday voqealar  qurbonlari haqida so‘z boradi.

Martin Demichelis

Argentinalik himoyachi 2013-yilning yozida «Malaga» dan  «Atletiko Madrid» klubi safiga o‘tadi. Eng qizig‘I shundaki, Martin «matraschilar» safida birorta uchrashuvda maydonga tushmaydi. O‘sha yilning 1-sentabr sanasida Angiliyaning «Manchester Siti» klubiga o‘tib ketadi. Bu transfer uning kariyerasidagi eng omadli qarorlardan biri bo‘ldi. Sababi, u ikki bor APL chempioni va bir necha bor kubok sohibiga aylanadi.

Futbolchi bilan «Malaga»da birga ishagan Manuel Pellegrini uni «shaharliklar» safiga chorlaydi va futbolchi bu chaqiruvni qabul qiladi. Voqealarning rivoji bunday ko‘rinish olishidan «Atletiko Madrid» ham manfaatdor bo‘ladi va futbolchini sotish ortidan 5 million yevro ishlab oladi.  Shunday qilib Martin Demichelis «Atletiko Madrid»ning 51 kunlik futbolchisi sifatida tarixda qoldi.

Roberto Ayyala

«Valensiya» klubi safidagi ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab muxlislarning e’tiborini qozongan himoyachi 21-asr boshida dunyoning eng kuchli himoyachilardan biri edi. «Valensiya» safida 2 bor «La Liga»da g‘alaba qozongan futbolchi 2007-yilda «ko‘rshapalaklar» bilan shartnoma borasida kelisha olmaydi va «Vilyareal» klubi safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi. Afasuski, u yangi jamoasida birorta uchrashuvda maydonga tushmaydi va iyun oyida Ispaniyaning boshqa bir klubi «Saragosa» tarkibiga 6 million yevro evaziga o‘tib ketadi.
Eng achinarlisi shundaki, bu transfer himoyachining hayotida qora kunlarning boshlanishiga sabab bo‘ladi. Qahramonimiz 45 kungina to‘p surgan «Vilyareal» chempionatda kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, «Saragosa» 18-o‘rin bilan pastki ligaga tushib ketadi.

Aleksandr Kokorin

Moskvaning «Dinamo» klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin 2013-yilning  10-iyul sanasida  Rossiyaning «Anji» klubi safiga o‘sha davr uchun rekord summa 19 million yevro evaziga borib qo‘shiladi.
«Anji» klubi egasi sanaladigan Sulaymon Karimov tomonidan harid qilingan futbolchi ham birorta uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Gap shundaki, maydondagi qo‘pol harakati uchun futboldan bir necha oyga chetlatilgan futbolchi yangi klubi safidagi ilk mashg‘ulotlaridayoq kichik jarohat oladi va klubi uchun birorta uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Oradan 37 kun o‘tib 16-avgust sanasida esa, Sulaymon Karimovning rejalari o‘zgaradi va u  katta maosh oluvchi futbolchilarni birin-ketin sotib yuborishni boshlaydi. Qahramonimiz ham aynan o‘sha sanada sobiq jamoasi tomonidan qayta xarid qilinadi. Albatta, sotilgan summasidan anchagina kattaroq narx evaziga.

Hakan Yakin

Shvetsariyaning «Bazel» klubi hujumchisi Hakan Yakin 1,6 million yevro evaziga «PSJ» klubiga o‘tadi. U yangi jamoasida Ronaldinoning o‘rnini bosishi talab etilgan edi. Afsuski, «PSJ» klubi futbolchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida jarohat bor ekanligini qayd etadi va futbolchi jarrohlik stoliga jo‘natiladi. Bu voqea «PSJ» klubining g‘azabini qo‘zg‘atadi. Gap shundaki, futbolchi jarrohlik stolidan chiqqach, bir necha oy mobaynida futboldan chetda qolishi talab etilar edi. Bunday futbolchini o‘z tarkibida ko‘rishni istamgan «PSJ» futbolchi bilan shartnomani bekor qiladi va o‘z pullarini ortga qaytarib oladi. Yakin esa 30 kun davomida «PSJ» futbolchisi sifatida ommaga tanishtirligan bo‘lsada, ortga qaytishga majbur bo‘ladi.

Kristian Viyeri

O‘z faoliyati davomida 14 bor klubini o‘zgartirgan qahramonimiz faqatgina «Inter» klubidagina bir mavsumdan ortiqroq to‘p surgani bilan ko‘pchilikning yodida qilgan bo‘lsa, ajab emas. 2006-yilda futbolchi «Monako» safiga borib qo‘shiladi. Fransiyada yarim mavsum to‘p surgan futbolchi erkin agent sifatida «Sampdoria» klubiga o‘tib ketadi. Afsuski, Kristian  yangi jamoasida ilk mashg‘ulot kuniyoq janjal ko‘taradi va futbolchilarni dangasalikda ayblaydi. Oradan 30 kun o‘tib u Italiyaning boshqa bir klubi «Atalanta» safiga borib qo‘shiladi. U yangi  jamoasi bilan bir mavsum uchun shartnoma imzolgan bo‘lsada, atigi 7 ta uchrashuvda maydonga tushadi va 2 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qiladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:38, 09.07.2019. O'qildi: 6054 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик