«Komo» prezidenti Mirvan Suvarso klub tarkibidagi italyan futbolchilari sonini oshirmoqchi ekanligi va «Sinigalya» stadionini modernizasiya qilishi haqida bayonot berdi. Hozirda jamoa arenasi yevrokubok o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha UEFA talablariga javob bermaydi.
«Ishlarni yozning oxirigacha yakunlashga umid qilamiz. Ta’mirlash ishlari yakshanba kungi o‘yindan so‘ng darhol boshlanadi», — dedi klub prezidenti La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Suvarso klubning muvaffaqiyati faqat pul bilan bog‘liq degan fikrlarni rad etdi: «Futbolda katta xarajatlar hech qanday natija bermagan misollar juda ko‘p. Shu sababli shunchaki pul sarflash emas, balki barqaror va daromad keltiradigan klub qurish muhim».
Shuningdek, prezident jamoada italyan futbolchilari deyarli yo‘qligi mavzusiga ham to‘xtaldi: «Biz doimiy ravishda italyanlarni qidiramiz. Ammo ular juda qimmat va ularni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olib bo‘lmaydi. Bizga Orsolini, Bastoni, Dimarko, Kambyagi, Pellegrini kabi o‘yinchilar yoqadi, lekin hozircha ular biz uchun juda qimmatlik qiladi».
«Komo» ayni damda turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda va Konferensiyalar Ligasida ishtirok etishini naqd qilgan. Jamoa to‘rtinchi o‘rindan 2 ochko orqada qolgan holda, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olish imkoniyatini ham saqlab turibdi.