Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Osasuna 24 30
10 Xetafe 24 29
11 Atletik Bilbao 23 28
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mayk Tayson hayotidagi eng muhim jang kimga qarshi bo‘lganini aytdi

Baho:
+1 | -
SPORT
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Boks afsonasi Mayk Tayson shu kunlarda Ukrainaning Kiyev shahrida bo‘lib turidbi. Afsonaviy bokschi muxlislar bilan uchrashdi va ularning savollariga javob qaytardi. Bu suhbatning eng qiziq joylarini sizlar uchun ilindik.

Siz uchun  kariyerangizdagi eng muhim jang qachon va kimga qarshi bo‘lib o‘tgan?

1988-yilda Lari Holmsga qarshi bahs men uchun eng muhimi bo‘lgan desam, ko‘pchilik ishonmasa kerak. Gap shundaki, men yosh bola paytimda u Muhammad Alini nakautga uchratgan edi. O‘sha mag‘lubiyatdan so‘ng men bir necha kun ko‘z yoshlarimni tiya olmagan edim. Oradan 3 kun o‘tib men katta bo‘lsam, albatta Lari Holmsni nakautga uchrataman deb o‘zimga va’da berdim va yuqorida aytilganidek 1988-yilda so‘zimning ustidan chiqdim. Eng quvonarlisi, jangni tomosha qilgani shaxsan Muhammad Ali ham tashrif buyurgan edi.

Hozir ham mashg‘ulotlarda faolmisiz?

Albatta, men mashg‘ulotlarsiz yashay olmayman. Bu mening qonimga singib ketgan desam ham bo‘ladi. Agarda men mashq qilishdan to‘xtasam, ertasi kuniyoq semirishni boshlayman va to‘shakka mixlanib qolaman. Keyin esa, kasallik meni o‘zi bilan olib ketadi.

Siz qaysidir futbol klubiga muxlislik qilasizmi?

Umuman olganda yo‘q, lekin «Arsenal» va «Chelsi» klublarining o‘yinlarini ko‘rib turaman. Argentina terma jamoasining o‘yinlaridan zavq olsamda, Braziliya birinchi raqamli terma jamoa!

Siz dunyodagi eng yomon sportchilar ro‘yxatida 3-pog‘onadasiz. Shu haqida nima deya olasiz?

Aslida o‘sha ro‘yxatda men birinchi o‘rindaman (kuladi). Bu nimasi? Qanday qilib men 3-o‘ringa tushib qoldim. Ro‘yxatda kim peshqadam?
 
«Barselona» klubi hujumchisi Luis Suarez

U nima ish qilganki, mendan ilgarilab keta olishni uddalabti. Menga qarshi yakkama-yakka qolgan ham shunday «yomon» sportchiga aylana oladimi? Meni shu savol qiziqtirib qoldi!

Gap shundaki, Suarez o‘yin chog‘ida futbolchilarni ko‘p bor tishlab olgan

Nima bor yo‘gi shungami? Men bir bokschining butun boshli qulog‘ini tishlab yulib olganman. Bu ishim uchun meni 3 million dollarga jarimaga tortishgan. U ham shunday katta jarima to‘laganmi? Shunday ekan, mendan birinchi o‘rinni tortib olishdi deb hisoblayman!

Lomachenko va Usik borasida nimalar deya olasiz? Ularning imkoniyatlari haqida?

Lomachenkoni qancha maqtsam ham shuncha kam, biroq Usik haqida eshitmaganman ham! Eshitgan bo‘lsamda, u Lomachenko kabi iqtidorli emasligiga shubham yo‘q! Aks xolda, men u haqida albatta eshitgan bo‘lar edim.

Hozirgi kunga kelib eng kuchli og‘ir vazndagi bokschi sizning nazlingizda kim?

Bu so‘ssiz Deontey Uaylder! Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas!

Sizni filmlarda tez-tez ko‘rishga o‘rganib qoldik. Katta rollarni ijro etish borasida bosh qotirib ko‘rmadingizmi?
 
Kino juda daromadli kasb. Meni hamma biladi. Filmlarda rol ijro etishni qoyillatmayman. Shunday bo‘lsada, bu ishim uchun yaxshi to‘lashadi. Bu ayni muddao aslida! Agarda to‘liq ro‘l ijro etadigan bo‘lsam, buning asl sababi unga to‘lanadigan katta pullar bo‘ladi.

Sobiq bokschi va sportchilar ko‘pincha kariyeralari yakunida o‘zlarini siyosatga urushadi. Sizda ham bu borada rejalar mavjudmi?

Bilasizmi, men istalgan gubernator yoki shahar Merini tanqid qilishim mumkin, biroq bu siyosatga aralashaman deganim emas. Men o‘zi kimman? Mening onamning onasi kim bo‘lgan? Buvimning buvisichi? Balki u xitoylik bo‘lgandir, balki Fransuz? Bu savollarga kim javob bera oladi? Yer yuzida ilk Tayson familiyasi bilan tug‘ulgan chaqaloqni taniysizmi? Yo‘q! Men o‘zim haqimda aytarli hech narsa bilmayman! Shunday ekan, qolganlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish uchun menga yo‘l bo‘lsin!

Hayotingizdan asosiy maqsad nima?

Avvalari mendan qo‘rqishlarini juda istar edim. Shu narsa uchun tinimsiz mashq qilar, hayolimda faqat shu fikr charx urar edi. Keyin esa tushunib qoldim. Ular mendan qo‘rqishdi, biroq hurmat qilishmadi. Yomon ko‘rishdi. lekin yordam berishmadi. O‘sha chog‘larimda qanchalar mashxur bo‘lsamda, atrofimda hech kim yo‘q edi. Hamma mendan qo‘rqqani uchun o‘zini olib qochishga urunar edi…
Oradan biroz vaqt o‘tib hammasini tushundim va hayotdagi maqsadimni keskin o‘zgartirdim. Endilikda meni faqat va faqat insonlarning mehri, iliq so‘zlari hayotga bo‘lgan ishonchimni yanada oshishiga sabab bo‘lmoqda. Endi hammasi o‘zgardi va meni hurmat qilishmoqda.

Konor Makgregor va Xabib borasida fikringiz bilan o‘rtoqlashing. Siz ikki sportchi bilan ham uchrashgansiz

Bilasizmi, Konor bu reklama dahosi! U ishtirokidagi janglar juda katta shouga aylanib ketadi. Agar Xabib va Konor 10 bor jang qilishsa, hammasida Xabibning qo‘li baland keladi. Bunga hech kimda shubha bo‘lmasada, bu jangni tomosha qilish uchun ular pul sarflayverishadi! Sababi, Konor bu jangni shunday reklama qiladiki, uning ortidan milliardlab pul ishlab oladi. Jangni tomosha qilayotganlarning hammasi Konor yenga olmasligini bilsada, ajoyib reklama dahosining chiqishlaridan zavqlanib o‘z pullarini ayamay ishlatishadi!

Intervyuning davomini tez kunda saytimizda  o‘qishingiz mumkin.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:01, 14.07.2019. O'qildi: 12262 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.