Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Kristal Pelas - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Luis Suarez hammani qiziqtirgan savollarga javob berdi

Baho:
+ | -1
JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suarez bilan  qiziqarli suhbatni e’tiboringizga taqdim etamiz. Bu suhbat davomida futbolchi haqida bilmagan bir nechta yangiliklarni kashf etishingiz turgan gap.

Terma jamoangdagi debyut uchrashuving haqida so‘zlab ber?!

- Men «Groningen» klubidagi ilk mavsumim chog‘ida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a birinchiligiga olib ketishmagan edi. Keyinchalik gollar urishni boshlaganimdan so‘ng o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilishdi. O‘rtoqlik uchrashuvi oldidan menga faqat 10 raqamli futbolka qolganini aytishdi. Shunda futboldagi otam Abreu bu raqam omadsizlik keltirishini aytdi va uni olmasligimni maslahat berdi. Menda boshqa imkon qolmagan edi. Eng qizig‘I shundaki, birinchi uchrashuvimning o‘zidayoq qizil kartochka oldim (kuladi). So‘ngra meni yana yoshlar terma jamoasiga chaqira boshlashdi.

Ko‘p o‘tmay Urugvay uchun JCH 2010 saralash uchrashuvlari boshlandi. Eng qizig‘i murabbiy meni asosiy tarkibda maydonga tushura boshladi. Bilasanmi, har bir mundialda bitta ajoyib jamoa bo‘ladi. 2002-yilda Janubiy Korea, 1998-yilda Xorvatiya singari hech kim kutmagan pallada kurashga qo‘shila oladigan jamoalardek Urugvay ham 2010-yildagi JCHda porlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha musobaqada biz chorak finalda ham g‘alaba qozonib kuchli to‘rtlikka kirdik va yangi tarixni yaratdik. O‘sha mundialda Forlan daxshatli o‘yin ko‘rsatdi. U bizning yulduzimizga aylangan edi.

Gollandiyaga qarshi yarim final uchrashuvi haqida so‘zlab bersang. O‘sha bahsda Urugvay hujumkor futbol namoyish etgan edi…

Darhaqiqat, biz Gollandiyaga qarshi bahsda ulardan qolishmadik. Afsuski, o‘sha uchrashuv oldidan bizda katta yo‘qotishlar mavjud edi. Diyego Lugano sardorimiz bo‘lsa, Fusillia turnirning eng yaxshi qanot yarim himoyachisi sifatida qayd etilgan edi. Bundan tashqari men ham jamoamga yordam bera olmadim. Agarda shu 3 ta futbolchi tarkibda bo‘lganida, vaziyat boshqacharoq bo‘lishi mumkin edi. O‘sha uchrashuvda Gollandiyaga omad kelgan edi.

Sen Ganaga qarshi bahsda to‘pni qo‘ling bilan urib yuborgan eding. So‘ngra maydonni tark etaturib raqib penaltini amalga oshira olmaganini ko‘rding va xursandchiligingni yashirib o‘tirmading. Shu haqida

-To‘g‘risini aytsam, qizil kartochkadan so‘ng, birdan ruhan cho‘kib qoldim. Maydonni tark etar ekanman, hammasiga o‘zim aybdorligimni sezsamda, tavvakal qilganimga achinmadim. Shu payt raqib penaltini amalga oshira olmadi va hammasi o‘z iziga tushib ketdi. Men hayotimdagi eng katta tavakkal qilgan vaziyatimdan foyda bilan chiqdim. Men gol urgan paytimda ham bunchalar quvonmas edim. Xatto zahirada o‘tirgan futbolchilardan biri Xuan Kastillio amalga oshmagan penaltidan so‘ng hushidan ketib qoldi. (kuladi) Men kiyinish xonasida o‘yinni tomosha qildim va Abreuning golidan so‘ng bir daqiqa o‘zimga kela olmay qoldim. E’tibor berib qarasam, bizning yigitlar maydonda yugurib yurishibdi. Keyin men ham ularga qo‘shilib oldim.
Qo‘l bilan o‘ynagan vaziyatim uchun meni ko‘p tanqid qilishdi. Kechirasizlaru, Gana terma jamoasi penaltini aniq amalga oshira olmagani uchun meni ayblash noo‘rin. Bunda mening sira aybim yo‘q!

Oradan ko‘p o‘tmay «Kopa Amerika» musobaqasida g‘olib chiqding va turnirning eng yaxshi futbolchisiga aylanding…

Ha, biz uchun bu g‘alaba millatimizning bayramiga sabab bo‘ldi. O‘sha musobaqada chorak final o‘yinida mezbonlar Argentina ustidan g‘alaba qozonganimiz biz uchun turtki bo‘lgani shundoqqina yodimda. Keyinchalik bizni to‘xtatib qolishning iloji bo‘lmagan va biz finalda ham yirik hisobda g‘alaba qozongan edik. Boz ustiga meni musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb e’tirof etishgan edi.

2014-yilda bo‘lib o‘tgan JCH saralashida sen eng yaxshi to‘purarga aylanding va Urugvayningyulduzi sifatida jamoani musobaqaga boshlab bording. O‘sha yili seni APLning eng yaxshi o‘yinchisi deb  ham topishgan edi.

Ha o‘sha sarlash bosqichida men Messidan bita gol ko‘proq kiritib birinchi o‘rinni ilib ketgan edim (kuladi)

Musobaqa strartidan avval senda jarohat bor edi va shu sababdan birinchi turda Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgan eding. Ilk turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng  Urugvay Italiya va Angiliya ustidan g‘alaba qozonishga majbur bo‘lib qolgan edi. Eng qizig‘I sen Angilyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushib ikkita gol kiritgan eding!

- Aslida, bu uchrashuvga qadar ruhan katta bosimni bosib o‘tganman. Yodimda bor, APLni allaqachon «Man Siti» yutib bo‘lgan edi. Biz «Nyukasl» bilan mehmonda o‘ynadik va men himoyachi bilan to‘qnashib ketdim. Keyin 1 hafta kasalxonada yotdim va Urugvay terma jamoasi bazasiga yetib keldim. Hammasi joyidadek ko‘ringani bilan ilk mashg‘ulotlardayoq tizzamda og‘riq sezdim. So‘ngra  meni jarrohlik stoliga yotkizshlarini aytishdi. To‘g‘risi, juda ikkilandim. Sababi JCH boshlanishiga atigi  1 oy qolgan edi. Bundan tashqari, tiklanishim uchun vaqt yetmasligi xafvi ham mavjud. Shunda doktorimiz Valter Fereyra meni ruhlantirdi va hammasi yaxshi bo‘lishiga ishontirdi. So‘ng oilam ko‘magi bilan yana safga qaytdim. Men JCHdan qolib ketishimga ishonchim komil edi. Sababi, eng yaxshi vaziyatda ham 3 –turda maydonga tushishim mumkinligini aytishgan edi. Murabbiyimiz Oskar Tabarez tavakkal qildi va meni o‘zi bilan olib ketdi.

Italiya terma jamosiga qarshi uchrashuv va himoyachini tishlab olganing haqida to‘xtalib o‘tsang?

Intervyuning davomini saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:44, 14.07.2019. O'qildi: 12715 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик