Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 18.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • 1:0
      • Yuventus
      • 18.01.2026 16:30
      • Parma
      • 0:0
      • Jenoa
      • 18.01.2026 19:00
      • Bolonya
      • 1:2
      • Fiorentina
      • 18.01.2026 22:00
      • Torino
      • 0:2
      • Roma
      • 19.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Lechche
      • 19.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Verona
      • 20.01.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Komo
  • La-liga
      • 18.01.2026 01:00
      • Betis
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 18.01.2026 18:00
      • Xetafe
      • 0:1
      • Valensiya
      • 18.01.2026 20:15
      • Atletiko
      • 1:0
      • Alaves
      • 18.01.2026 22:30
      • Selta
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 19.01.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 2:1
      • Barselona
      • 20.01.2026 01:00
      • Elche
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 18.01.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:0
      • Nyukasl
      • 18.01.2026 21:30
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Everton
      • 20.01.2026 01:00
      • Brayton
      • -:-
      • Bornmut
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 20 49
2 Real Madrid 20 48
3 Vilyarreal 19 41
4 Atletiko 20 41
5 Espanyol 20 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Real Sosyedad 20 24
9 Atletik Bilbao 20 24
10 Jirona 20 24
11 Elche 19 23
12 Osasuna 20 22
13 Rayo Valyekano 20 22
14 Malyorka 20 21
15 Xetafe 20 21
16 Sevilya 19 20
17 Valensiya 20 20
18 Alaves 20 19
19 Levante 19 14
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Espanyol 0-2 Jirona
20-тур Real Madrid 2-0 Levante
20-тур Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
20-тур Osasuna 3-2 Real Ovyedo
20-тур Betis 2-0 Vilyarreal
20-тур Xetafe 0-1 Valensiya
20-тур Atletiko 1-0 Alaves
20-тур Selta 3-0 Rayo Valyekano
20-тур Real Sosyedad 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yangi Bekxem» «yangi Ronaldinyo»lar yoxud «Tottenxem»ning eng omadsiz 7ta transferi

Baho:
+1 | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Daniel Levining muvaffaqiyatsizliklari

Ishoning, “Tottenxem”ning rahbari bahsli odam. Bazan muxlislar unga ajoyib transferlar uchun minnatdorchiliklar bildirishadi (Kevin Vimmer 18 million yevroga ”Stok Siti”ga sotdi). Ammo teskarisi ham bo‘lib turadi. Masalan, “shporlar” murabbiyi Maurisio Pochettinoga transferlar uchun deyarli mablag‘ ajratmaydi.

E’tiboringizga  foyda bermagan “shporlar”ning “shov shuvli” trasferlarini taqdim etamiz.

Elder Poshtiga

“Portu” safidan 2003 yil “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tadi. O‘sha vaqtda portugaliyalik futbolchi uchun bir qator grand jamoalar qiziqayotgan edi. Futbolchi “Tottenxem”ga o‘tgani katta muvaffaqiyatga o‘xshardi.

“U bizga hujumda katta yordam beradi. U allaqachon o‘z iste’dodini namoyon qilgan yosh futbolchi”,- degandi futbolchining tanishtiruv marosimida Glenn Xoddl.

“Umid qilaman, muxlislar uning o‘yinlaridan bir necha mavsum rohatlanadi”.

Afsuski, Elder Poshtiga londonliklar safida bor yo‘g‘i bir mavsum o‘ynadi. U 24ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va vataniga qaytib ketdi.

Roberto Soldado

Roberto Soldado 2013 yil 26 mln. funt evaziga “shporlar” safiga kelib qo‘shildi. Soldado haqli ravishda muxlislar e’tiborini tortgandi. Sababi u La Ligada “Valensiya” tarkibida 109ta o‘yinda 59ta gol urishga erishgandi.

Hammasi yaxshi boshlangandi. Robertoning penaltidan urgan goli “Tottenxem”ga “Kristal Pelas” ustidan g‘alaba olib kelgandi. Ammo, undan so‘ng u gol urishni “esidan chiqarib” qo‘ydi.

Soldadonining faoliyatini bir daqiqa bilan eslash mumkin: “Fiorentina”ga qarshi o‘yinda unda gol urishga 100 foizlik imkoniyat bor edi. U gol urishi yoki Shadliga pas berishi mumkin edi. Uning o‘rniga futbolchi to‘pni raqib darvozaboniga topshirib qo‘ygandi.

Lekin keling optimist bo‘laylik. Soldado va Adebayorlarning omadsizliklari Pochettinoni Xarri Keynga ishonch bildirishiga majbur qildi.

Paulinyo

Paulinyoning ajoyib faoliyati uchun qarsak cholsangiz arziydi.  U barchasini  Litvaning “Vilnyuse” klubida boshladi, u yerdan Polshaning “Lodz” klubiga o‘tdi, keyin yana Braziliyaga qaytdi va terma jamoadan taklif oldi. U “Korintians” safida 3 mavsumni o‘tkazdi, Ltbertadores Kubogini yutgach, yana Yevropaga qaytdi va “Tottenxem” bilan shartnoma imzoladi.

Konfederasiyalar Kubogida Paulinyo musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi va kelajagi porloq yulduzlar safidan joy olgandi. Ammo braziliyalik iqtidor egasi hatto “Tottenxem”da ham o‘ynab keta olmadi.

Londondan ketgach, u Xitoyda o‘ynadi va mo‘maygina pul ishlab oldi. Shuningdek, u “Barselona”da ham o‘ynashga ulgurdi. Ajoyib-a.

Devid Bentli

So‘nggi yillarda “shporlar” transferlarga kam mablag‘ ajratishmoqda. Ammo 2008 yilda bunday bo‘lmagan. Jamoa o‘shanda 11nafar futbolchini qo‘yib yuborgan va 8ta yangi futbolchi sotib olgandi. Shu yilgina Xuand Ramosning yodidan chiqmasligi mumkin.

Yangi futbolchilar orasida eng qimmati (17 million yevro) “yangi Bekxem” deya nom olgan “Arsenal” tarbiyalanuvchisi Devid Bentli edi. Jamoa undan ko‘p narsa kutgandi.

Ammo, mo‘jiza sodir bo‘lmadi. U shunchaki kundalik xazillar bilan esda qoldi. Masalan, u Garri Rednappga bir chelak suv quyvorgandi.

Jovani dos Santos

Yana 2008 yil. Iste’dodli futbolchi, “Barselona”  tarbiyalanuvchisi dos Santosa “Tottenxem”ga 4,7 mln. funtga ko‘chib o‘tdi. Bu “yangi Ronaldunyo” uchun anchagina kam. Ha aytagncha, u vaqtda uni “yangi Ronaldinyo” deb atashardi. Aslida, biz yangi Ronaldinyo desa Leo Messini tushunamiz, ammo hozir gap La Masiyaning eng yaxshi bitiruvchisi haqida ketyapti.

Shunday bo‘lsada, Levi bunday futbolchini arzimagan pulga sotib olganini tahlil qilishi kerak edi. Natijada Jovani dos Santos  bir yonib o‘chgan yulduzlardan bo‘lib chiqdi. U londonliklar safida 16ta o‘yinda maydonga tushgan va birorta gol ura olmagan.

Darren Bent

Daniel Levi haqida har narsa deyishingiz mumkin, ammo uni isrofchi deya olmaysiz.Lekin, “shporlar” tarkibida Dimitar Berbatov, Robbi Kin vaJermeyn Defo kabi hujumchilar bo‘la turib, 16 million Darren Bentni sotib olinishi juda g‘alati ko‘rinardi.

To‘g‘ri, u vaqtda Bent bilan ko‘plab jamoalar shartnoma imzolashni xohlagan. Ikki yil ichida u 31ta gol urgan va terma jamoa safida ham harakat qilishga ulgurgan. Ammo u ham “shporlar” o‘yin uslubiga mos kelmagan.

U Berbatov kabi aqlli emas, Kin bilan o‘ynab ketolmas va Defo singari tirishqoq emas edi.

2009 yilda u jamoaning eng yaxshi hujumchilaridan biri edi. Ammo u murabbiyning ishonchiga kira olmadi. “Portsmun”ga qarshi bahsda Bent qulay imkoniyatdan foydalana olmaganda, Rednapp uni “hatto bunday vaziyatdan uning xotini ham gol urgan bo‘lardi”, deb mashara qilgan edi.

Sergey Rebrov

Bu transfer Levi davridan oldin sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, muxlislar haligacha jamoa oddiy bo‘lishiga qaramay Yevropaning eng havfli hujumchilaridan biri kelib qo‘shilgandi deb eslashadi.

To‘g‘ri, hozir transfer bozorida 11 million funt hech narsama, ammo o‘sha davrda bu jiddiy pul edi. Klubni to‘g‘ri tushunish mumkin edi: Andrey Shevchenkoning jamoadoshini  ham iste’dodli deb o‘ylashagan. 

Ammo, Rebrov ham murabbiylar ishonchini oqlay olmadi. Futbolchi 4 mavusm “shporlar” safida 59ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi. So‘ngra yana u “Dinamo Kiyev”ga qaytib ketdi.

Jaloliddin QOBILJONOV tayyorladi

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:03, 15.07.2019. O'qildi: 11002 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 19
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Вильярреал Alberto Moleyro 8
6 Бетис Kucho Ernandes 8
7 Осасуна Ante Budimir 8
8 Барселона Rafinya 7
9 Атлетико Xulian Alvares 7
10 Сельта Borxa Iglesias 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.