Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasi doirasida Ispaniyaning "Atletiko" va Meksikaning "Gvadalaxara" klublari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘lim o‘rtalarida "matraschilar" futbolchisi Lyorente maydondan chetlatilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Vilyanueva maydonni erta tark etdi. Shunga qaramay, uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad madridliklarga kulib boqdi.