Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sodiq futbolchilar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Zamonaviy futbol borgan sari katta shou biznesga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Hozirda istalgan futbolchini katta maosh ko‘rsatilgan uzoq muddatli shartnoma bilan o‘z jamoangizga qo‘shib olishingiz mumkin. Shunday bo‘lsada, ayrim futbolchilar borki, ularni klubga va muxlislarga bo‘lgan sodiqliklari oldida so‘z ojiz. Bugun ana shunday yigitlar haqida so‘z boradi

Marko Roys

Germaniyalik futbolchi Yurgen Klopp qo‘l ostida o‘rtamiyona futbolchidan super yulduz darajasigacha ko‘tarila oldi. Uning ishtirokidagi o‘yinlar ko‘plab grandlar e’tiborini tortgach, futbolchi uchun birin-ketin xaridorlar ko‘paya boshladi. Klopp davrida Gyozte, Hummels, Levandovskiy singari futbolchilar qulay shartnoma ilinjida «Bavariya»ga o‘tib ketishgan bo‘lsada, Marko o‘z so‘zida qati’y turdi va jamoasini o‘zartirmadi. «Bavariya» futbolchi uchun 25 million yevro taklif bilan chiqqanida ham, «Barselona» 35 million yevro va ajoyib maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif qilganida ham futbolchi o‘z jamoasiga sodiq qoldi. Uning klub va uning ravnaqi yo‘lida jamoada qolgani bois «Borussiya Dortmund» rahbarlari uni jamoa sardori etib tayinlashdi.

Frank Riberi

2007 – yilda «Bavariya» safiga o‘tgan Frank chinakam shu jamoa farzandiga aylanib qoldi desak, adashmagan bo‘lamiz. O‘zining qanot bo‘ylab reydlari orqali millionlab muxlislar orttirgan kamtarin futbolchi o‘z kariyerasi davomida biror marotaba maosh borasida Myunhen klubi mutasaddilari bilan tortishmagani bilan emas, bir necha bor katta takliflarni rad etgani bilan «Bavariya» klubi muxlislari xotirasida uzoq muddat qolishi aniq. Futbolchi uchun o‘z vaqtida «Barselona» 25 million yevro va bir futbolchi taklif qilgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay «Chelsi» 65 million yevro  va super shartnoma taklif qilgan chog‘ida ham o‘z so‘zida mahkam qoldi. Raman Abramovichning pullariga ham uchmagan futbolchi o‘zining yoshligini klub uchun sarf qildi. Kariyerasi davomida 22 ta sovrinni boshi uzra ko‘targan futbolchi tantanali ravishda o‘tgan mavsum so‘nggida kuzatib qo‘yildi.

Edin Djeko

«Manchester Siti» jamoasi safida o‘zini to‘liq ko‘rsata olmagan futbolchi «Roma»ga ijaraga berib yuboriladi. Bosniyalik futbolchi kutilmaganda o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkazishni boshlaydi va «Roma» safida «A seriya»ning to‘purari bo‘lishga muvaffaq bo‘ladi. Oradan 2 yil o‘tgach, «shaharliklar» uni ortga qaytarib olishga urungan, «Yuventus» futbolchi uchun ikki hissa kattaroq maosh taklif etgan bo‘lsada, futbolchi Rim klubida qolish uchun barcha takliflarni rad etdi.
Hozir ham uning hizmatlari bilan shaxsan Kontening o‘zi qiziqayotgan bo‘lsada, futbolchi jamoada qolishni istamoqda. Bundan tashqari 33 yoshlik futbolchining hizmatlari uchun Xitoy klublari yiliga 13 million yevrolik shartnoma taklif qilishgan bo‘lsada, Djeko sodda hayot tarzini tanladi.

Edinson Kavani

«Napoli» jamoasidagi ajoyib o‘yinlari sababli «PSJ» e’tiborini tortgan hujumchi Parij klubi safiga borib qo‘shildi va 7 mavsum davomida jamoaning chinakam yetakchsiga aylana oldi. Futbolchi o‘z vaqtida «Chelsi», «Atletiko Madrid» «Real Madrid» singari super klublarga rad javobini berishni uddasidan chiqqani uning muxlislar oldida hurmati oshishiga sabab bo‘ldi. To‘g‘ri, keyinchalik jamoaga Neymar kelgach Kavani ikkinchi planda qolib ketgandek tuyulishi mumkin, biroq Edinson jamoasi uchun yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda. Hozirda Kavani uchun bir nechta Xitoy klublari fantastik shartnoma taklif qilgan bo‘lsada, futbolchi «ko‘hna qit’a»da to‘p surishni afzal bilmoqda. Uning bir so‘zli ekanligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:52, 26.07.2019. O'qildi: 2633 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.