Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real Madrid»ning omadsiz transferlari

Baho:
+ | -2
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Qirollik klubi» o‘zining katta transferlari bilan har doim omma e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Bu jamoa safida kimlar to‘p surmadi deysiz?! Shunday bo‘lsada, jamoa harid qilgan o‘yinchilarning hammasi ham klubga omad olib kelavermagan. Bugun e’tiboringizga «Real Madrid» tomonidan amalga oshirilgan omadsiz transferlarni taqdim etamiz.

Tomas Graveson

2005 – yilning yanvar oyida «Everton» jamoasidan 3,5 million yevro evaziga harid qilingan daniyalik yarim himoyachidan jamoaning umidi  katta edi. Gap shundaki, Tomas Makaleledan so‘ng bo‘shab qolgan markaziy zonani to‘liq yopishi va jamoaning o‘yinini kuchaytirishi kutilgan edi. Baxtga qarshi Graverson «Everton»dagi kabi «qirollik klubi»da ham o‘ynab keta olmadi. U markazda tinimsiz fol ishlatgani yetmaganidek, mega yulduz jamoadoshlarini tinimsiz tanqid qilar edi. Bundan chachab ketgan Fabio Kapelloning shaxsan o‘zi uni sotib yuborishlarini iltimos qiladi va Graveson Shotlandiyaning «Seltik» jamoasiga ravona bo‘ladi.

Uesli Snayder

2007 – yilda 27 million yevro evaziga ( O‘sha davr uchun katta summa) «Ayaks» safidan «Real Madrid»ga ko‘chib o‘tgan futbolchining keljagi borasida hech kimda shubxa yo‘q edi desak, adashamagan bo‘lamiz. Juda ham iqtidorli va yosh Uesli «Real Madrid»ning yuragi bo‘lishi tahmin qiligan edi. Snayder ilk mavsumda o‘rtacha o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa, keyingi mavsumda to‘liq zahira o‘yinchisiga aylana boshlaydi. Uning o‘yinidagi pasayishni noto‘g‘ri baholagan Florentina Perez futbolchini vaqt borida pullashga shoshiladi va qo‘pol xatoga yo‘ld qo‘yadi. Snayder 15 million yevro evaziga «Inter» safiga o‘tadi va o‘sha yilning o‘zidayoq YECHL g‘olibi bo‘ladi. Mundialda esa 5 ta gol kiritib jamoasini yelkasida finalga qadar olib chiqadi. O‘sha mavsum so‘nggi «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar bo‘lgan futbolchi bu sovrinni qo‘lga kiritmagan bo‘lsada, muxlislarning olqishiga sazovar bo‘ldi. «Real Madrid» muxlislari esa, uning o‘yinlarini alam bilan kuzatishgan bo‘lsa, ajab emas.

Emerson

«Yuventus» jamoasi quyil ligaga tushib ketgach, futbolchilar jamoani tashlab keta boshlaganidan xabaringiz bor. O‘sha «Yuventus»ni birinchilardan bo‘lib tark etgan Emerson ushbu ro‘yxatimizda mavjud ekanligini taxmin qilgan bo‘lsangiz ajab emas. «Real Madrid» futbolchini «keksa seniora»dan 16 million yevro evaziga harid qiladi. Ilk mavsumda 36 ta uchrashuvda maydonga tushgan Emerson aytarli hech qanday ta’surot qoldirmagani yetmaganidek, maydon markazida bir necha bor qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi. Oqibatda, bir mavsumning o‘zidayoq «qirollik klubi»ga keraksiz deb e’tirof etiladi va 5 million yevro evaziga «Milan» jamoasiga sotib yuboriladi.

Royston Drente

2007 – yilda (U21) yoshlar o‘rtasidagi “Evropa chempionligini “ qo‘lga kiritgan Gollandiya terma jamoasi yulduzi Royston Drente musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etiladi. Ana shu kundan boshlab futbolchi uchun «Barselona» va «Real Madrid» o‘rtasida ayovsiz kurash boshlanadi. Ikki tomon o‘z shartnomalari bilan futbolchini o‘ziga og‘dirishga urunushadi. Yakunda «Real Madrid» asosiy raqibini ortda qoldirib iqtidorli futbolchini 14 million yevro o‘z safiga qo‘shib oladi. 2007/08 –yilgi mavsumda Drente asosiy tarkibda harakat qilgan bo‘lsada, Marsello uni sekin astalik bilan asosiy tarkibdan siqib chiqara boshlaydi. Hujumdagi faolligi tufayli himoyani unutib qo‘yuvchi Drente bora – bora zahiraga mixlanib qoladi. Shunday bo‘lsada, «Real Madrid» bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan futbolchi boshqa klub safida o‘ynab ketishni emas, «qirollik klubi» tomonidan to‘lanadigan maoshni tanlaydi va qariyb 4 yil ijara asosida turli jamoalarda to‘p suradi. Oxiroqibat shartnoma so‘ngida hech kimga kerak emas o‘yinchiga aylanadi va 6 oyga qadar jamoasiz qolib ketadi.

Kaka

2009 – yilda «Milan» jamoasi super yulduzi Kaka o‘zi istamasada  klubi foydasini ko‘zlab 65 million yevro evaziga «qirollik klubi»ga o‘tib ketadi. O‘z davri uchun bu juda katta pul bo‘lib, o‘rtamiyona jamoalarning butun boshli tarkibi ham 65 million yevroga baholanmas edi. 2010 – yilning yozida jarohat olgan braziliyalik futbolchi 8 oy davomida futboldan chetda qolib ketadi. Keyinchalik o‘zini tiklab olishga qanchalar urunmasin hamma urunishlar befoyda ketadi. 2013 – yilga kelib «Real Madrid» o‘z futbolchisini tekinga «Milan»ga qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi. O‘z jamoasiga qaytgan  Kaka qanchalar urunmasin avvalgi darjasiga chiqa olmaydi.  Gap shundaki, 2007 – yilda «oltin to‘p» sovriniga ega chiqqan Kakaning eng zo‘r yillari ortda qolib ketgan edi…

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:44, 31.07.2019. O'qildi: 15834 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик