Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Darvozabon o‘rnini egallagan futbolchilar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbolda qiziqarli holatlar juda ko‘p sodir bo‘lishi hech kimga sir emas. Ba’zan darvozabonlarning o‘rnini boshqa o‘yinchilar egallashga majbur bo‘lishadi. Bugun ana shunday voqealarning eng mashhurlarini e’tiboringizga taqdim etamiz.

Jon Terri

2006 – yilda APL doirasidagi «Reading» va «Chelsi»  bahsi ikkita voqea bilan muxlislar yodida abadiy qolsa, ajab emas. Birinchidan, o‘sha uchrashuvda Piter Chex boshidan jarohat oladi va o‘z kariyerasining so‘nggiga qadar shlemda to‘p surgan bo‘lsa, ikkinchidan, aynan o‘sha uchrashuvda Chexning o‘rniga maydonga tushgan Kudichinich ham jarohat oladi va Jon Terri o‘yin oxirigacha darvozani qo‘riqlaydi. Eng qizig‘I shundaki, Jon o‘yin davomida bir necha bor seyvlarni amalga oshiradi va jamoasi uchun juda muhim bo‘lgan g‘alabaga ulkan hissa qo‘shadi. O‘yin 0 : 1 hisobida «Chelsi»ning g‘alabasi bilan yakunlanadi.

Mladen Petrich

2006 – yilda Uefa kubogi doirasida kechgan   «Bazel» va «Nansi» uchrashuvida xorvatiyalik Mladen Petrich chinakam qahramonlik ko‘rsatadi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga oz fursat qolgan bir paytda hisob 2 : 2 bo‘lib turganida Fransiya klubi qarshi hujumga o‘tadi va darvozabon jarima maydonchasi ichida fol ishlatadi. Hakam «Bazel» darvozasiga penaltiy belgilaydi va darvozabonga qizil kartochka ko‘rsatadi. Ana shunday og‘ir pallada mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olgan Petrich darvozabon sifatida o‘yinni davom ettiradi. Eng qizig‘I shundaki, Petrich penaltini qaytaradi va o‘sha bahsda jamoasi uchun juda muhim bo‘lan natijaga o‘z hissasini qo‘shadi.

Daniyel Panko

Yer yuzidagi eng qaynoq derbilardan biri sanaladigan Istanbul derbisida bo‘lib o‘tgan voqea hali – hamon turk muxlisalrning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. Gap shundaki, o‘yin tugashiga 25 daqiqa qolganida «Beshiktosh» o‘z uyida 3 : 2 hisobida  oldinda borayotgan edi. Ayni o‘sha daqiqada hakam «Beshiktosh» darvozabonini maydondan chetlatadi va penaltiy nuqtasini ko‘rsatadi.
Eng qiyin pallada mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olgan hujumchi Daniyel Panko penaltini qaytara olmagan bo‘lsda, o‘yin yakuniga qadar naqt 5 bor seyv amalga oshiradi va bir necha bor  muqarrar goldan «Beshiktosh»ni qutqarib qoladi. Eng qizig‘I shundaki, maydon egalari bir kishi kam bo‘lib to‘p surayotganlariga qaramasdan, raqib darvozasiga  gol kiritib g‘alabani ilib ketishadi. O‘sha uchrashuv Istanbul derbilari orasidage eng murosasizi sifatida tan olingan. Ruminiyalik futbolchi esa, muxlislar orasida pantera laqabi bilan yanada mashhur bo‘lib ketadi…

Andrey Tixonov

1996/97 yilgi mavsumdagi UEFA kubogi doriasidagi uchrashuvda «Spartak» o‘z uyida Daniyaning kamtarin «Silkibor» jamoasini qabul qiladi. Qahramonimiz jamoasi uchun 2 ta gol kiritibgina qolmay, o‘yin so‘ngida qizil kartochka olgan Ruslan Nigmatulinning o‘rniga darvozani qo‘riqlashiga to‘g‘ri keladi. Eng qizig‘I shundaki, futbolchi bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan Daniya klubi futbolchilarning shturmi davomida bir necha bor fantastik seyvlarni amalga oshiradi va o‘sha uchrashuv sababli «Spartak» jamoasida yil o‘yinchisi nomiga loyiq topiladi.

Fil Jagelka

2006 – yilda «Sheffild Yunayted» jamoasi o‘z uyida «Arsenal»ni qabul qiladi va kutilmaganda hisobni ochadi. Uchrashuvning 59 – daqiqasiga kelib jamoa darvozaboni jarohat oladi maydonni tark etadi. Eng qizig‘i shundaki, kamtarona jamoa ikkinchi darvozabonini ro‘yxatdan o‘tkazishni unutgan edi. Oqibatda, bor mas’uliyatni Fil Jagelka o‘z zimmasiga oladi va 30 daqiqa mobaynida o‘sha davrlardagi eng qudratli klublardan biri bo‘lgan «Arsenal»ga qarshi jamoa matonat bilan turib beradi. Qahramonimiz esa, 30 daqiqa davomida 9 bor seyv qilib jamoasi uchun sensasion natijani qayt etadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:41, 04.08.2019. O'qildi: 6178 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик