Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ser Aleks Fergussoning ramziy terma jamoasi

Baho:
+2 | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Fergussoning ketishiga qaramasdan, uning qo‘l ostidagi jamoadan hech kim sovrin yutish borasida o‘tib keta olmadi. Yangi asrning o‘zida bu jamoa 7 bor chempionlikni nishonlagan bo‘lsa, bir necha bor kuboklarda zafar quchdi. Bundan tashqari YECHL va klublar o‘rtasidagi JCHda ham g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Bu g‘alabalarning zamirida Fergussonning kuchli taktikasi va to‘g‘ri strategiyasi yotishi hech kimga sir emas. Bugun e’tiboringizga Ser Aleks Fergussoning ramziy terma jamoasini taqdim etamiz.

Darvozabon: Edvin van Der Sar

Afsonaviy darvozabon o‘zining fantastik seyvlari yordamida «qizil iblislar» uchun ko‘plab sovrinlar yutib bergani hech kimga sir emas. Ayniqsa APL poygasida gollandiyalikning ajoyib reaksiyasi juda ko‘p xollarda «Manchester Yunated»ni muqarrar gollardan qutqarib qolgan

Himoychilar : Patris Evra

Fransiyalik himoyachi kichik jussasiga qaramasdan maydonda juda katta hajmdagi ishni amalga oshirgani hayratlanarli xolat.
Fergussonning shaxsan iltimosi bilan 2006 – yilning qishida 5, 5 million yevro xarid qilingan futbolchi jamoasining g‘alabalari uchun maydonda jang qiladigan chinakam mehnatkash futbolchi edi.

Rio Ferdinand

Yana bir Fergussoning kashfiyotlaridan biri. Rio 12 yil mobaynida jamoaning chinakam yetakchisiga aylandi. U yosh futbolchilar uchun qattiq qol aka vazifasini bajarar, Fergussondan so‘ng klubdagi ikkinchi inson edi.

Nemaniya Vidich

«Qizil iblislar» futbolchini Moskvaning «Spartak» jamoasidan harid qilishganini ko‘pchilik unutib ham yuborgan bo‘lsa, ajab emas. Sababi u hamaning ko‘z o‘ngida «Manchester Yunayted» libosida paydo bo‘ladi!

Garri Nevill

Hozirda Garri britaniyadagi eng mashxur teleboshlovchilardan biri sanalsada, uning chinakam mashhurlik onlari «Manchester Yunayted» safida o‘tgan yillariga to‘g‘ri keladi. Futbolchi o‘z ustida shu qadar tinimsiz ishlar ediki, u 1995 – yildan 2007/8 – yillar oralig‘ida birorta mavsumda asosiy tarkibdagi joyini berib qo‘ymagan. Haqiqiy jangchi!

Maykl Karrik

Sovuqqon va o‘z ishining ustasi. Qiziqqon va o‘z hislarini jilovlay olmaydigan Roy Kinning o‘rnini egalagan futbolchi jamoaning o‘yinini yangi darajaga olib chiqa oldi.

Rayan Giggz

Uels futbolining chinakam afsonasi, 13 karra APL g‘olibi, 2 bor YECHL musobaqasida mutloq g‘olibligini qo‘lga kirtgan tirik afsonasi!

Pol Skloulz

U kabi afsonaviy futbolchilarning qadri faqat  ketgandan so‘nggina bilinadi. Shaxsan Teri Anri uni APL tarixidagi eng kuchli yarim himoyachi deb e’tirof etgan edi. U maydonda hamma ishni bajaribgina qolmay, Fergusson uni doimmo muommoli pozisiyaga tushirar, futbolchi esa, jamoasi uchun o‘sha zonadagi barcha kamchiliklarni to‘ldirib ketar edi.

Ronaldu

Biz uni bejizga qanot yarim himoyasiga joylashtirmadik. U bu jamoada qanot yarim himoyachisi sifatida to‘p surar, shunga qaramasdan, ilk «Oltin to‘p» sovrinini shu klubda qo‘lga kiritgan edi. Ronaldu bu jamoaga kelganida o‘spirin bola edi. «Manchester Yunayted»ning tirik afsonalari va qattiq qo‘l murabbiy tarbiyasini olgan futbolchi qanday yutuqlarga erishgani borasida ortiqcha so‘zlashning xojati yo‘q chamamda…

Ueyn Runiy

O‘z vaqtida klub sardori bo‘lgan ingliz jamoaning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgan desak, adashamgan bo‘lamiz. 18 yoshida jamoaga kelgan yigitcha, bu klubni yoshi o‘tib qolgandagina rekord natijalar bilan tark etdi. U biror marotaba «oltin butsa»ni qo‘lga kiritmagan bo‘lsada, jamoasi uchun eng muhim gollarni kiritgani bilan abadiy yodda qoladi.

Robin van Persi

Bu futbolchining o‘rnini Rud van Nistelroy egallashini kutgan bo‘lsangiz ajab emas, lekin biz aynan boshqa bir gollandiyalikka tarkibdan joy berdik. Gap shundaki, Fergusson o‘zining so‘nggi mavsum oldidan Robinni harid qiladi va aynan uning atrofida jamoa tuzadi. O‘sha yili van Persi mavsumning eng yaxshi jamoasidan biri  va APL to‘purari bo‘ladi. Fergussoning so‘nggi mavsumida APLda g‘olib chiqish uchun ulkan hissa qo‘shgan futbolchi Ser Aleksning yuzi yorug‘ holda o‘z postini tark etishi uchun zamin yaratdi. Aynan shu sababli biz bu futbolchini tanladik.

Manba: Goal 24
Kiritildi: 18:52, 04.08.2019. O'qildi: 12091 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик