Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aaron Remzi va uning gollari bilan bog‘liq g‘ayrioddiy hodisalar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Arsenal» klubi safidagi ajoyib o‘yinlari bilan ko‘plab muxlislar orttirgan uelslik Aaron Remzi bilan bog‘liq noxush an’ana haqida eshitganmisiz? Agarda futbolchining gollari bilan bog‘liq g‘ayritabiiy hodisadan bexabar bo‘lsangiz bu maqola sizni hayratda qoldirishi aniq. Qiziqarlisi shundaki, futbolchi ko‘pincha gol kiritgan kuni albatta mashxur insonlardan biri olamdan o‘tmoqda. Bugun futbolchining gol kiritgan kuni olamdan o‘tgan mashxur insonlar haqida so‘z boradi. Eshitilishi g‘alatiroq bo‘lsada, bu fakt va noxush tasodif!

Uelslik futbolchi 2009-yilning 22-avgust sanasida APL doirasidagi «Portsmunt»ga qarshi bahsda o‘zining chempionatdagi ilk golini kiritadi. Buni qarangki, o‘sha oqshom dunyoga mashxur siyosatchi va AQSH senatori Ted Kennediy og‘ir ahvolda shifoxonaga tushib qoladi va ertasi kuni olamdan o‘tadi. Jon Kennediyning o‘limiga saraton kasalligi sabab qilib ko‘rsatilgan bo‘lsada, bu voqea futbolchining gollariga bo‘lgan e’tiborni oshiradi.

2011-yilning may oyida «Manchester Yunayted» darvozasini ishg‘ol qilgan futolchi ertasi kuni OAV nishoniga aylanadi.
Gap shundaki, o‘sha oqshom AQSH qurolli kuchlari dunyoning  1-raqamli terrorchisi -  Usama Binladdenning yo‘q qilish operasiyasini muvaffaqiyatli yakunlashadi. Bu tasodif futbolchini ta’qib qilayotgan noxush an’anaga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.

O‘sha yilning oktyabrida «Arsenal» «Tottenhem»ga 2 : 1 hisobida imkoniyatni boy beradi. Sezganingizdek uchrashuvda «konanirlar»ning yagona golini Aaron Remzi kiritadi va oradan ko‘p o‘tmay Stiv Jobsning olamdan o‘tgani haqidagi xabar butun dunyoga tarqab ketadi. Oradan 2 hafta o‘tib futbolchi YECHL doirasidagi bahsda «Marsel» darvozasiga uchrashuvda yagona bo‘lib qolgan golni kiritadi va qo‘shtirnoq ichida mashxur diktator Muammar Kadaffining o‘limiga sabab bo‘ladi. O‘sha oqshom mashxur davlat arbobi fuqarolar urushi oqibatida olamdan o‘tgan edi…

Futbolchining noxush an’anasi shu bilan o‘z yakuniga yetgani yo‘q.  2012-yilning noyabr oyida «Sanderlend» klubi bilan bo‘lgan bahsda irodali g‘alaba qozongan «Arsenal»ning gollaridan biriga qahramonimiz mualliflik qiladi. Oradan bir necha soat o‘tib esa, mashhur qo‘shiqchi Uitni Hyuston bu olamni tark etadi.

Ushbu voqeadan so‘ng «dam olishga» qaror qilgan Aaron 2013 yilning mart oyida «Shotlandiya» darvozasiga gol kiritadi va o‘sha kuni Rossiyalik mashhur ishbilarmon Boris Berezovskiyning o‘limi haqidagi xabar butun dunyoni hayratda qoldiradi.  Bu tasodif futbolchining gollariga bo‘lgan qiziqishni ikki xissa oshirib yuborgani tabiiy xol.

Aaron 2013-yilning noyabr oyida «Kardif» darvozasini ikki bor ishg‘ol qiladi va o‘zi istamagan tarzda yana OAV nishoniga aylanadi. Gap shundaki, u dubl qayt etgan oqshom «Forsaj» filmidagi roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Pol Uoker dunyodan ko‘z yumadi.SHunindek, o‘sha oqshom sobiq ittifoq davlatlarida «Ipolid» nomi bilan mashhur aktyor Yuri Yakovlev ham oramizdan ketgan edi. Ikkita gol va ikkita mashhur aktyor! Qiziq tasodif, shunday emasmi?

2014-yilning avgust oyida «Super kubok» bahsida «Manchester Siti»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan «Arsenal» sovringa ega chiqadi. Qahramonimiz esa, uchrashuvdagi so‘nggi golini kiritadi. O‘yin tugashi bilan butun internetda «jumanji» filmidagi roli bilan bizga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Robin Uilyamsning o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabar internetni portlatib yuboradi…

Qiziquvchan ingiliz jurnalistlarining hisob-kitobi bo‘yicha futbolchi umumiy hisobda 18 ta mashhur insonning o‘limi kuni raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan ekan. Hozirda futbolchi «Arsenal»ni tart etgan va «Yuventus» a’zosi sanaladi. Umid qilamizki, uning noxush an’anasi tarixda qoladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:37, 28.08.2019. O'qildi: 6253 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик