Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston ramziy terma jamoasi (Hamma davrlarning eng kuchli futbolchilari)

Baho:
+2 | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Darhaqiqat, O‘zbeksiton terma jamoasi ham qariyb 30 yillik tarixga ega. Bu yillar davomida ko‘tarilishlardan tortib, pastga sho‘ng‘ishlar ham kuzatildi. Bu yillar davomida terma jamaomiz sharafini himoya qilgan futbolchilarni yodga olish maqsadida saytimiz hodimlari bilan ramziy terma jamoa tuzishga qaror qildik.

Darvozabon : Ignatiy Nesterov

Mana bir necha yillardan beri terma jamoamiz darvozasini ishonch bilan qo‘riqlab kelayotgan Nesterov so‘zsiz futbolimiz tarixidagi eng nomdor va ishonchli kipperlardan biri sifatida tarixda qoladi.

Himoyachilar

Vitaliy Denisov

O‘z faoliyatini Rossiya va Ukrainada o‘tkazgan qanot yarim himoyachimiz chinakam jangchi edi. Uning ko‘zlarida yonib turgan o‘t, muxlislarni yanada ruhlantirar, raqiblar uning qanotidan o‘ylanib hujumga o‘tishlariga to‘g‘ri kelar edi. Afsuski, Denisov hozirda terma jamoaga chaqirilmayapti, lekin uning termamiz uchun maydonda ter to‘kanini muxslislar unutganicha yo‘q.

Sahob Jo‘rayev

«Bunyodkor» jamoasidagi o‘yinlari bilan terma jamoaga chaqiruv olgan Sahob Jo‘rayevni ko‘pchilik unutmagan bo‘lsa, kerak.
O‘z davrida Sahob yurtimizning eng kuchli qanot himoyachilaridan biri edi. Uning qanotdagi chaqqon harakatlari, hujumkorligi terma jamoamiz uchun ham foydali edi. Ming afsuski, Sahob Jo‘rayev yuqori formada uzoq muddat o‘ynay olmadi. Shunday bo‘lsada, muxlislar uni tez-tez xotirlab turishlari aniq.

Andrey Fyodorov

«Neftchi» tarkibida o‘zining gullagan davrlarini o‘tkazgan himoyachi o‘z vaqtida Osiyodagi eng kuchli markaziy himoyachilardan biri sifatida qayd etilar edi. Hozirda murabbiy sifatida ish olib borayotgan qahramonimiz o‘z imidjini biroz tushirib qo‘ygan bo‘lsada, uning o‘yinlari ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilganicha yo‘q.

Baxtiyor Ashurmatov

Bu pozisiyaga bir yo‘la ikki futbolchi da’vogarlik qilgan bo‘lsada, biz uni Baxtiyor Ashurmatovga loyiq ko‘rdik. To‘p uchun kurashlarda o‘zini ayamaydigan sobiq futbolchi muxlislarning yodida ishonchli o‘yinlari bilan qolgan bo‘lsa, ajab emas. Shunindek Anzur Ismoilov va Asror Aliqulov ham termamiz uchun ko‘p mehnati singgan futbolchilar bo‘lsada, biz aynan Ashurmatovni tanladik.

Yarim himoyachilar

Odil Ahmedov

Bu futbolchi haqida so‘z borar ekan, uning so‘nggi yillarda termamizning haloskori deb atasak, adashamagan bo‘lamiz. Odil terma jamoa uchun juda muhim gollarni kiritadi va kerakli soniyalarda ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olib, millat jamoasini ortidan yetaklay oladi.

Server Jeparov

Bu ismni biroz unutgan bo‘lsangiz kerak?! Bundan 10 yil muqqadam bu yigitsiz terma jamoamizning yarim himoyasini tasavvur qilib bo‘lmas, terma jamoamizning har bir hujumi aynan shu futbolchi tomonidan boshlanar edi. Osiyoning ikki kara eng yaxshi futbolchisi sifatida futbolimiz tarixidan joy olgan yigit bu ramziy terma jamoaga loyiqligi borasida hech kimda shubha bo‘lmasa kerak.

«Vaqt oliy hakam» deganlaridek, Jeparov o‘z vaqtida terma jamoadagi o‘rnini yosh futbolchilarga bo‘shatib berishga qaror qildi. Umid qilamizki, uning o‘rnini egallaydigan futbolchilarimiz bu pozisiyada undan avval kimlar o‘ynaganini yodidan chiqarishmaydi.

Mirjalol Qosimov (Jamoa sardori)

O‘zbek futbolining hamma zamonlardagi eng kuchli futbolchisi! Bu insonga bundan ortiq ta’rifni berib bo‘lmaydi.

Hujumchilar

Maksim Shatskih

«Dinamo Kiyev» safida Madridning «Real» darvozasini ishg‘ol qilgan Vatandoshimiz Osiyoda ham millionlab muxlislarning qalbidan joy egallagani hech kimga sir emas. Maks terma jamoamizning sha’nini  dunyo arenalarida munosob himoya qilgan futbolchilarimiz orasida peshqadamlardan sanaladi.

Aleksandr Geynrih

Muxlislarning yoqimtoyi bu ro‘yhatdan joy olishga haqli. To‘g‘ri, u va’da qilganidek, terma jamoani Mundialga olib chiqa olmadi, biroq uning bu maqsad yo‘lida qanchalar katta mehnat qilganini hammamiz ko‘rganmiz. Sasha so‘zsiz bu tarkibda bo‘lishga haqli

Eldor Shomurodov

Eldorning o‘yinlariga ko‘z tegib qolishidan cho‘chib uni tarkibga qo‘shish borasida rosa bosh qotirdik. Shunday bo‘lsada, ushbu ro‘yxatga qo‘shdik. Kuper va Karpin tomonidan qayta kashf etilgan futbolchimiz o‘sib bormoqda. Umid qilamizki, Shomurodov o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolmaydi va kelajakda terma jamoamizni JCHga olib chiqa oladigan darajadagi yetakchi futbolchiga aylanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:07, 28.08.2019. O'qildi: 11068 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик